O‘zbekiston hududlari tiplari




Download 0,54 Mb.
bet10/24
Sana26.06.2021
Hajmi0,54 Mb.
#15197
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
O‘zbekiston hududlari tiplari

Hududlar turlarini baholash sinfi

Hududlar turlari



Hududlar turlarining

sifatiy tavsifi



I

II

III

I

II

III

Juda kam yaroqli

Dengiz va ko‘l tekisliklari

Grunt suvlari yaqin joylashgan, tuz konsentratsiyasi ko‘p miqdorda, qumli va gilli jinslar kuchli sho‘rlangan



Chink va oqimsiz botiqlar

Kuchli parchalangan tik yonbag‘irli, mustahkam bo‘lmagan jinslar, suvda eruvchan, kuchli sho‘rlangan sho‘rxoklar mavjud

Past qoldiq tog‘ va past tog‘lar

Relefi kuchli parchalangan, tog‘ jinslari mustahkam

O‘rtacha balandlikdagi tog‘lar

Relefi kuchli parchalangan, tog‘ jinslari

mustahkam



Baland tog‘lar

Relefi kuchli parchalangan, tog‘ jinslari mustahkam

Kam yaroqli

Skulpturali-denudatsion tekisliklar

Qumli relef shakllari

O‘rtacha

Strukturali-denudatsion

Yupqa ellyuviyli va karstlanuvchi jinslar

Yaroqlidan past

tekisliklar

mavjud


O‘rtacha yaroqli

Allyuvial-delta tekisliklari, tog‘lardagi tekis yuzalar

Nisbatan grunt suvlari yaqin, deflyasiya hodisalari keng rivojlangan, tog‘li o‘lka

O‘rtacha yaroqlidan yuqori

Allyuvial-delta tekisligi, dellyuvial-prolyuvial tekislik

Tekis va grunt suvlari nisbatan yaqin, chuchuk suvlar yetishmaydi

Eng yuqori darajada yaroqli

Allyuvial-prolyuvial tekisliklar

Relef tekis, grunt suvlari chuqur

Shunday qilib, mintaqalar tabiiy sharoiti shaharlar qurilishi uchun baholayotganda tabiiy komponentlarning barchasiga e’tibor berish kerak. Bu borada V.V. Vladimirov “hududlar tabiiy resurslarini shaharsozlik uchun o‘zlashtiriyotganda tabiiy landshaftning barcha elementlarini: tog‘ jinslari, yer usti va yer osti suvlari, havo qobig‘i, tuproq, o‘simlik va hayvonot dunyosini baholash kerak deb aytgan edi. Bular orasida esa tog‘ jinslari asosiy mavqega ega. Unga hududning injener-geologik sharoiti va mineral xom ashyo resurslarining qay holatda tarqalganligi bog‘liq. Tog‘ jinslarining holati mintaqalarning seysmik faolligiga, qurilish ishlarini tashkil qilishga, hatto qurilishlarning narxlariga ta’sir qiladi. Aholi manzilgohlari tarkibi va ularning joylashuvida relef asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Hududlarni qishloq xo‘jaligi maqsadlarida o‘zlashtirish va qurilishlar olib borish ham relefga bog‘liq. Relef shaharlarning estetik ko‘rinishlarini yaxshilashda munosib “ulush” qo‘shadi. Masalan, tekisliklarda, yassi va qoldiq tog‘larda, tog‘ oldida, tog‘ oralig‘i vodiylarida, baland tog‘larda shaharlarning tashqi qiyofasi bir-biridan keskin farq qiladi. Tekis maydonlarda shaharlarni joylashuvidan ko‘ra, ularni tog‘ oldida zinapoyasimon holatda yoki daryo va dengiz sohillari bo‘ylab cho‘zinchoq shaklda joylashganligi ajoyib manzara kasb etadi. Shu bilan birga tog‘li o‘lkalar iqlim va suv rejimining yaxshiligi shaharlarni ko‘kalamzorlashtirishni osonlashtiradi.

Demak, shaharlarning tabiiy asosi (ya’ni u joylashgan yer) o‘ziga xos bo‘lib, u manzilgohning tashqi ko‘rinishi, arxitekturasi va dizaynida yaqqol namoyon bo‘ladi. Shunga ko‘ra V.V. Vladimirov O‘zbekistondagi ba’zi shaharlarni relefi bo‘yicha quyidagilarga ajratgan. Guliston, Urganch, Xiva, Nukus-yassi tekislikda, Toshkent, Farg‘ona, Samarqand, Andijon, Buxoro-baland tekislikda, Qo‘qon-ushbu ikki tip to‘qnashgan joyda, Chirchiq, Namangan-adir tipli relefda joylashgan. Mazkur bo‘linishda faqat Buxoro shahrining relef tipi biroz e’tirozli. Bizning fikrimizcha, Buxoroi sharif birinchi tipli relefga ega. Chunki shahar hududi deyarli tekislikdan iborat bo‘lib, uning ichida va atrofida balandliklar uchramaydi. Mineral xom ashyo resurslari shahar va hatto rayonlar hosil qilishda asosiy omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. Shaharlarning katta-kichikligi mineral resurslarning tarkibi va zahirasiga bog‘liq. Odatda, yoqilg‘i-energetika sanoati asosida yirik shaharlar vujudga kelmaydi. Chunonchi, Muborak, Qorovulbozor, Nurek, To‘qtog‘ul, Nebitdog‘, Ali-Bayramli (Ozarbayjon), Janao‘zen (Qozog‘iston) shunday markazlar sanaladi. Ko‘mir bazasida shakllangan shaharlarning katta-kichikligi kon zahirasini ko‘lami bilan o‘lchanadi. Havzasining maydoni yirik bo‘lgan konlar asosida-Donetsk, Fushun (Xitoy), Kemerovo, Qarag‘anda kabi katta shaharlar, kichik konlarda esa Toshko‘mir, Qizilqiya (Qirg‘iziston), Sharg‘un singari mayda shaharlar tashkil topgan.

Rudali foydali qazilmalarni shahar hosil qilish darajasi yuqori. Ayniqsa, ularni qayta ishlash yirik sanoat tugunlarini paydo bo‘lishiga asos bo‘ladi. Pittsburg, Baltimor, Taranto (Italiya), Marsel, Krakov (Polsha), Magnitogorsk, Dnepropetrovsk va boshqa industrial markazlarning rivojlanishida metallurgiya sanoati hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatgan. O‘zbekistonning Olmaliq, Bekobod va Zarafshon shaharlari ham metallurgiya markazlaridir.

Qazilma boyliklarni ishga tushirish orqali vujudga kelgan manzilgohlarni ilmiy adabiyotlarda “resurs shaharlar” deb aytiladi. Bunday shaharlarning aksariyatida bir xil ma’dan ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Ya’ni resurs shaharlar tor darajadagi ixtisoslashuvga ega. Bunga ularning ekstremal tabiiy sharoitga egaligi, transport magistrallaridan uzoqligi, ekologik holatining noqulayligi sababchi bo‘lgan. Noqulay iqlim va ekologik vaziyat tufayli cho‘l zonasida shaharlar va shaharliklar sonining o‘sishi nohoyatda sekin kechadi. Arid o‘lkalarda yangi manzilgohlar asosan foydala qazilmalar negizida, shahar tipidagi posyolkalar (SHTP) tarzida vujudga keladi. Juda katta maydonni egallagan O‘rta Osiyo cho‘llarida ham SHTP soni uncha ko‘p emas. Jumladan, Qoraqumda-18, Qizilqumda-5 ta bo‘lib, ularning aksariyatida aholi soni 1-3 ming kishini, ba’zan undan ortiqroqni tashkil etadi. Bundan tashqari gaz quvurlari bo‘ylab kam sonli aholiga ega (100-300 kishi) yangi manzilgoh tipi-gaz kompressor stansiyalari hosil bo‘lgan. Umuman olganda, resurs shaharlar mamlakatlar va mintaqalar iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadi. Garchi ular aholi soniga ko‘ra yirik bo‘lmasada, shaharlar to‘rida o‘z o‘rniga ega. Resurs shaharlar soni Rossiyada taxminan 300 taga, O‘rta Osiyoda 161, O‘zbekistonda 63 taga teng.



Download 0,54 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Download 0,54 Mb.