O’zbekiston hududi yaylov mintaqasi landshafti va uning ekologik asoslari:Respublikamiz territoriyasining dengiz sathidan 2700-2800 m va undan baland bo’lgan barcha yerlari yaylov mintaqasiga kiradi. Yaylov mintaqasi Alp va Subalp o’tloqlaridan iborat. Uning xarakterli belgisi shuki, bu mintaqada buta va daraxtlarning o’sishi uchun sharoitning yo’qligidir. Yaylov deb atalishiga sabab shuki, bu yerlarda faqat yozda mol boqib foydalanishdir.
Yaylov mintaqasining tuprog’i och va to’q qo’ng’ir rangli bo’lib, qattiq tog’ jinslaridan hosil bo’lgan, o’simliklardan ayniqsa mayin o’tlar ancha qalin qoplam hosil qiladi. Katta xarsang toshlar, qiyaliklar, quruq toshlardan iborat maydon ko’p uchraydi.
Yaylov mintaqasi tog’ning yuqori qismi bo’lib, uning yuqori qismi doimiy muzliklar ayrim joylardan tirik mavjudotlar yashamaydigan, o’smaydigan tog’ qoyalari bilan chegaralangan.
Yaylovning umumiy iqlim sharoitini tinimsiz sovuq, shamollarning bir tomondan ikkinchi tomonga esishini, haroratning past darajada bo’lishi tuproqning ayrim joylarda kambag’al bo’lishi, yorug’likning qisqa bo’lishi uni “arktika”ga o’xshatadi. Lekin ayrim butalarning mavjudligi uni “arktika”dan farqlantiradi.
Lekin, bu yerdagi noqulay omillar ta’siri o’sha joydagi tirik mavjudotlarning hayotiy jarayonlarida o’zining aksini topgan. Masalan, Tyanshan qarag’ayi Farg’ona tog’ tizmasida daraxt shaklida, yaylovda esa pakana bo’yli buta. Ko’pgina olimlar Turkiston archasini yaylovning birinchi bosqichi deb hisoblaydilar. Bizningcha yaylovning Turkiston archasi birinchi bosqichi bo’la olmaydi. Balki, tog’ning yuqori qismi asosiy landshaft hisoblanadi.
O’rta Osiyo yaylovlarida, shu jumladan Farg’ona vodiysi, Oloy tog’ tizmasida manzara hosil qilb usuvchi o’simliklardan chala buta shaklidagi sug’uro’tlar, dorivor Farg’ona lolasi, karidaris tugunak ildiz boychechaklari, yovvoyi piyoz, qo’ng’irbosh.
Yaylov mintaqasi o’simliklar qoplamiga boy bo’lishiga qaramay, hanuzgacha undan qishloq xo’jaligida ham, sanoatda ham, shuningdek, boshqa sohalarda ham juda kam foydalaniladi.
Yaylov o’simliklari qoplami, ekologik sharoiti, iqlimi va boshqa belgilariga ko’ra pastki va yuqorigi yaylovlarga bo’linadi.
Pastki yaylov maydonining xarakterli tomoni mezofit-o’rtacha nam talab qiluvchi o’simliklar ko’pligidir. Bundan tashqari yer bag’irlab o’suvchi o’tlar, past bo’yli buta va chala butalar ko’p o’sadi. Pastki yaylovga dengiz sathidan 2700-2800 m dan to 3000-3200 m balandlikkacha bo’lgan yerlar kiradi. Tuprog’i och jigar rang va och qo’ng’ir rangdan iborat tuproq bo’lib, toshli, qoyali joylar ko’p uchraydi. Yerning yuza qismi ko’pincha boshoqdoshlar va chim hosil qiluvchi o’simliklarning ko’pligi bilan xarakterlanadi. Bu joy yuqori tog’ mintaqasiga yaqin bo’lganligidan o’simliklari, tuprog’i, iqlimi jihatdan unga o’xshab ketadi. Bu yerda sovuq kunlar ko’p bo’ladi. Yoz faslida biroz isiydi, bu davrda o’simliklar o’suv davrini tugata olmaydilar. Yog’ingarchilik kuzda oktyabr oylarida boshlanadi. Asosiy yog’in qish va bahorda bo’ladi. Pastki yaylov mezofit o’simliklar o’sishi uchun eng qulay joydir. Shuning uchun ham bu yer o’simliklar dunyosiga boydir. Masalan, O’rikarcha-sarvidoshlar oilasiga mansub, bo’yi 12-18 m ga yetadigan, ikki uyli daraxt, ba’zilarining bo’yi 2 m dan oshmaydi. May oyida gullaydi. Mevasi iyun,iyul oylarida pishadi. Asosan subalp o’simlik.
Chetan ra’noguldoshlar oilasidan, buyi 3-5 m ga yetadigan buta yoki daraxt. Tanasi qo’ng’ir, yosh novdalari sertuk, ko’m-ko’k yoki qo’ng’ir, mevasi avgust oyida pishadi. Uning yog’ochi chiroyli, mustahkam bo’lib, qurilish materiali sifatida keng foydalaniladi.
Yuqori yaylovga dengiz sathidan 3000-3200 m baland bo’lgan joylar kiradi. Bu maydonning o’simliklari boshqa joylardan farq qiladi. Tuprog’i to’q jigarrang, qo’ng’ir, yumshoq tuproqdan iborat. Tuproqning yuza qismi asosan chim hosil qiluvchi o’simliklar bilan qoplangan. Bu joylar ancha sernam bo’ladi. Yillik yog’in-sochin pastki yaylovga nisbatan 2-3 baravar ko’p. Bu yerlarda doimiy muzlik va qorliklarning mavjudligi, havoning nisbiy namligining 80-90 % atrofida turishi, toshlarning doimiy siljib, qulab turishi, bu yerdagi o’simliklar hayotiga o’ziga xos ta’sir etib turadi.
O’zbekiston hududi antropogen landshaftlari va ularning ekologik asoslari:Tabiiy va sun’iy landshaftlarning shakllanishi ma’lum bir davr o’tishi bilan xarakterlanadi. Albatta, tabiiy landshaftlarning hosil bo’lishi antropogen landshaftlarga qaraganda sekin boradi. Uning shakllanishi uchun yillar, davrlar, eralar kerak. Lekin, shu bilan birgalikda uning tarkibi komponentlarga boy, chidamli hisoblanadi.
Landshaft tarkibini boyishi yoki uning keng arealga ega bo’lishini eng avvalo uning tarkibini tashkil qilgan komponentlarning hayotchanligiga bog’liq bo’lsa, ikkinchidan uning mahsuldorligiga bog’liq.
Sun’iy landshaftlarda ham shakllanish davridagi bir qancha qiyinchiliklarni ko’rish mumkin.
Inson ta’sirida Farg’ona vodiysida saqlab qolingan qum zonasining deyarli landshaftlari yo’qoldi. Qayroq suv ombori tashkil qilinishi evaziga Farg’ona vodiysi g’arbiy qismi tabiiy landshafti yo’qolib, uning o’rniga sun’iy to’qayzorlar, botqoqzorlar vujudga keldi. Inson ta’siri natijasida O’rta Osiyoda yagona O’sh oblasti Oloy tog’ tizmasi shimolda Oq buyra daryosi yuqori qirg’og’ida ninabarglilar, teraklar va qayinlardan tashkil topgan sun’iy o’rmon landshaftlari tashkil qilindi. Keyingi vaqtlarda sanoat korxonalari chiqindilariga ma’lum miqdorda bo’lsa ham qarshiligiga chidaydigan daraxt va butalardan tashkil topgan sanoat landshaftlari tashkil qilinmoqda. Afsuski, bu borada mutaxassislar fikrlarini ko’pincha hisobga olmaydilar. Maqsad sanoat va ishlab chiqarish korxonalari va ular atrofidagi hududlarda kislorodga boy muhitni tashkil qilish. Shunday ekan bu hududlarda keng bargli daraxt va butalardan foydalanish zarur.
Antropogen landshaftlarni tasnivlashda ularni qishloq xo’jaligi landshafti, sanoat landshafti, subantropogen landshafti, o’rmon antropogen landshafti, madaniy landshaftlar kabi tiplarga bo’lish maqsadga muvofiq. Bulardan:
1. Qishloq xo’jaligi landshaftlari kishilarning extiyojiga yarasha tez hosil qilingan landshaftlar. Masalan, paxtazorlar, bug’doyzorlar, sabzavot ekinzorlar va ho kazo. Lekin, inson ta’sirida qishloq xo’jaligi landshaftlarini yaratuvchi tuproq nihoyatda eroziyaga uchraydi. Masalan, inson zamonaviy ilmiy texnikaviy qurollangan bo’lib, qishloq xo’jaligiga kirib olgan va har xil noorganik o’g’itlar, zaharli ximikatlar qo’llash evaziga tuproqda zaharli elementlar (qo’rg’oshin, simob, ftor) ko’payib ketdi.
Hisobsiz hosil orqasidan quvish tuproqni ishdan chiqishiga, turlanishiga, yemirilishiga olib keldi.
2. Sanoat landshaftlari, ayniqsa keyingi vaqtda urbanizatsiyaning kuchayishi natijasida keng avj olib ketdi. Bu sohada bir qancha yaxshi ishlar qilgan Farg’ona shahridagi al-Fargoniy tavalludi bilan amalga oshirilgan ishlar buning yaqqol misoli. Lekin, bu sohada quyidagi ma’lumotlarni ham unutmaslik kerak. Hozirgi vaqtda inson yer yuzidagi quruqlikning 55 % idan foydalanadi. Har yili qurulish tog’ ishlar sababli 50-70 kv km. Yer yalang’och bo’lib turlanib kelmoqda.
Hozir 500.000 kimyoviy birikmalar qo’llaninmoqda. Shulardan 12 ming tasi esa zaharli gazsimon, suyuq va qattiq moddalar bo’lib Atmosfera, Gidrosfera, Litosferani ifloslantiradi.
3. Suv har xil sohalarda ishlatiladi. Masalan,
1 t bug’doy yetishtirish uchun 1,5 t suv sarflanadi;
1 t sholi yetishtirish uchun 12000 t suv sarflanadi;
1 t paxta yetishtirish uchun 5000-6000 t suv sarflanadi;
Hozirgi vaqtda aholi har yili taxminan 3000 km3 ichimlik suvini iste’mol qiladi.
4. Madaniy landshaftlar. Ular ham ikki xil:
1. Madaniy-tabiiy antropogen landshaftlar; 2. Madaniy antropogen landshaftlar;
2-rasm. O’zbekiston landshaftlari xaritasi
|