• Cho‘l zonasining o‘ziga xos xususiyatlari
  • O‘zbekiston hududining mintaqalarga bo‘linishi




    Download 0,54 Mb.
    bet5/24
    Sana26.06.2021
    Hajmi0,54 Mb.
    #15197
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
    O‘zbekiston hududining mintaqalarga bo‘linishi

    (Q.Z. Zokirov bo‘yicha, 1955)



    t/r

    Mintaqalar

    Ming ga

    %

    1

    Cho‘l

    27594,8

    61,16

    2

    Adir

    2479,7

    9,5

    3

    Tog‘

    961,9

    2,13

    4

    Yaylov

    701,8

    1,55

    5

    Ekin ekiladigan yerlar (antropogen landshaftlar)

    11577,7

    25,66

    Jami

    45115,9

    100,0

    O‘zbekiston hududida mo’tadil va subtropik cho‘llar zonasi tarkib topgan. Mo’tadil mintaqa cho‘llariga Ustyurt platosi, Amudaryo etagining shimoli, subtropik cho‘llarga esa, Amudaryo deltasi, Qizilqum, Quyi Zarafshon, Qashqadaryo etagidagi tekisliklar kiradi. Ular orasidagi chegara Amudaryo deltasining shimoliy chekkasi orqali Qizilqumga va undan taxminan Janadaryo quruq o‘zani yo‘nalishi bo‘yicha o‘tadi. Shimoliy va janubiy cho‘llar tabiatida qator o‘xshashliklar bilan birga kattagina tafovutlar ham mavjud. Bu tafovutlar yilning iliq va sovuq davrlarida ko‘zga yaqqol tashlanadi. O‘z navbatida, mutaxassislar cho‘llarni mutloq balandligiga ko‘ra 2 guruhga-250 m gacha bo‘lgan pastki cho‘l va 250-400 metrli yuqori cho‘llarga ajratadilar. Yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston hududining 61,16 foizini cho‘llar tashkil etadi. Agar bunga arid mintaqadagi ekin maydonlarini qo‘shib hisoblasak, cho‘llar maydoni 70 foizdan ortadi. Z.M. Akramov, A. Abdulqosimov, I.Q. Nazarov ham respublikaning 70 foizdan ortig‘ini cho‘llar egallagan, deb e’tirof etishgan. Cho‘l sharoitiga ega hududlar respublikaning g‘arbiy va markaziy qismlarini egallab, ularga Ustyurt, Qizilqum, Quyi Zarafshon, Qarshi cho‘li, Mirzacho‘l va boshqalar kiradi. CHo‘l zonasi mamlakatimizni boshqa tabiiy geografik zonalaridan (adir, tog‘, yaylov) ajralib turadi. Cho‘llarning quyidagi xususiyatlarini ko‘pchilik cho‘lshunos olimlar-D.N. Kashkarov, E.P. Korovin, A.G. Boboev, M.P. Petrov, B.A. Fedorovich, Z.G. Freykin, V.A. Kovda, A.A. Abdulqosimov, L.A. Alibekov, I.Q. Nazarov, I.A. Hasanov, S.B. Abbosov va boshqalar e’tirof etishgan. Arid o‘lkalarning ushbu xususiyatlari undagi xo‘jalik tarmoqlari va hududiy tarkibiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.






    1-rasm. Cho‘l zonasining o‘ziga xos xususiyatlari

    D.N. Kashkarov va E.P. Korovinlar cho‘llarni o‘ziga xos tabiat kompleksi sifatida tushinib, ularni o‘rganishda kompleks yondashuv zarurligini aytgan, ya’ni cho‘llarni o‘rganishda tabiiy geografik sharoitni va bu sharoitning cho‘ldagi hayot faoliyatiga ta’sirini o‘rganish lozimligini ta’kidlagan.

    Har qanday tabiiy sharoit undagi iqlim, suv, tuproq, o‘simlik va hayvonot dunyosining shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga tabiiy sharoit insonlar va ularning turmush tarziga, joyning xo‘jalik tarmoqlari (sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport), manzilgohlarni tashqi qiyofasini (ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirishni) yaxshilashda ham munosib ulush qo‘shadi. Chunonchi, ishlab chiqarish kuchlarini joylanishi va rivojlanishida tabiiy muhitni o‘rni beqiyos. Arid hududlarda “iqtisodiy landshaft” notekis, ya’ni vohalarda zich, cho‘llarda esa siyrak joylashuv xosdir. Masalan, O‘zbekiston iqtisodiy kartasiga nazar solsak, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Jizzax vohalarida ishlab chiqarish kuchlari zich, Ustyurt, Qizilqum, Mirzacho‘l, Qarnob, Markaziy Farg‘ona, Malikcho‘l, Qarshi cho‘li kabi mintaqalarda esa siyrak joylashganligini ko‘ramiz. Aholi joylashuvida ham katta tafovutlar bor. Agar aholi yashashi uchun qulay bo‘lgan vohalarda aholi zichligi yuqori bo‘lsa, cho‘l-yaylov hududlarda aksincha past. Masalan, Buxoro viloyatida aholining o‘rtacha zichligi 39,4 kishi bo‘lgani holda, u vohalarda 337,6 kishini, cho‘llarda esa atigi bir kishiga teng.

    Maydoni asosan cho‘l va chalacho‘llardan iborat bo‘lgan mamlakat va hududlarda ham aholi zichligi yuqori emas. Jumladan, Qozog‘istonda 6,0, Turkmanistonda 11,0, Chad Respublikasida 8,0, Namibiyada 3,0, Mongoliyada 2,0, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 9,6, Navoiy viloyatida 7,5 kishiga teng. Dunyoning arid rayonlari ichida aholisi eng zich yashaydigan joy Hindistonning Radjastxan shtatidir. Asosan Tar cho‘lida joylashgan bu shtat aholisining o‘rtacha zichligi 1 km2 ga 100 kishiga etadi.

    O‘zbekiston hududini tabiiy geografik sharoiti nuqtai nazaridan ikki qismga: cho‘l hamda tog‘ va tog‘oldi zonasiga bo‘lish mumkin. Cho‘l zonasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo, Sirdaryo, Jizzax, Xorazm viloyatlari kiradi.

    Cho‘l sharoitida shaharlarning vujudga kelishi va rivojlanishi, eng avvalo suv resurslariga bog‘liq. Shu bois, suv manbalari yetarlicha bo‘lgan arid hududlarda ham yirik shaharlar tashkil topgan. Bunga misol qilib Nil deltasida joylashgan-Qohira, Mesapatamiyadagi-Bog‘dod shaharlarini keltirish mumkin. Aksincha, suv resurslari cheklangan Arabiston, Turkmaniston, Mug‘uliston singari davlatlarda hanuzgacha yirik shaharlar shakllanmagan. O‘zbekistonning ham cho‘l zonasidagi daryo bo‘ylarida Qarshi, Nukus, Navoiy kabi kattaroq shaharlar shakllangan bo‘lsa, suv manbalaridan uzoqlashgan sari manzilgohlar soni va aholisi kamayib boradi.

    Cho‘l zonasida shaharlarning shakllanishi va rivojlanishiga uch omil-suv, geografik o‘rin va tabiiy resurslarning roli benihoyat katta. Buxoro shahrining vujudga kelishida Zarafshon daryosi va uning tarmoqlarining muhim ahamiyat kasb etgan. Mashhur tarixchi Narshaxiy Buxoroning hozirgi o‘rnida suv mo‘l bo‘lganligini, botqoqlik va ko‘l-to‘qay landshaftlaridan iboratligini ta’kidlaydi. Keyinchalik Zarafshon daryosi suvining kamayib borishi tufayli ko‘llar sayozlanib, qisqarib boradi va ulardagi to‘qayzorlarda qurg‘oqlashuv ro‘y beradi. Ushbu erlarni insonlar tomonidan o‘zlashtirilishi va ularning dehqonchilik o‘chog‘iga aylantirilishi oqibatida madaniy qatlamlar vujudga kelgan. Buxoro obod hududga aylanishi bilan geografik o‘rni qulaylashib, u o‘z atroflari uchun markaz vazifasini bajara boshladi. Shundan so‘ng bir necha hukmdorlar davlat poytaxti qilib Buxoroni tanlagan.




    Download 0,54 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




    Download 0,54 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston hududining mintaqalarga bo‘linishi

    Download 0,54 Mb.