II bob. O’zbekistonda urbanizatsiya jarayonlari




Download 0,54 Mb.
bet8/24
Sana26.06.2021
Hajmi0,54 Mb.
#15197
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
II bob. O’zbekistonda urbanizatsiya jarayonlari

2.1. Urbolandshaftlar haqida umumiy ma’lumot

«Urban»-shahar, «zatsiya»-jarayon demakdir. Shu ma’noda urbanizatsiya mamlakat yoki boshqa hududlarning shaharlashuvini anglatadi. U o‘ta murakkab, ijtimoiy-iqtisodiy va butun dunyoga xos global jarayondir. Biroq uning geografik jihatlariham kam emas, chunki urbanizatsiya turli mamlakat va rayonlarda o‘zgacha sodir bo‘lmoqda.

Urbanizatsiya murakkab hodisa ekanligi tufayli uni faqat bitta mezon, ko‘rsatkich bilan ifodalash, o‘lchash mumkin emas. Ammo, shunday bo‘lsada, barcha uchun qulay bir o‘lchov kerak. U ham bo‘lsa mamlakat va boshqa hududlar aholisining qanchasi, qancha qismi shahar joylarda yashashi, ulushi, nisbiy hissasidir. Masalan, O‘zbekiston Respublikasida bu ko‘rsatkich 38%,Tojikistonda-32%, Afg‘onistonda-19%, Turkmanistonda-48% va x.k. Rivojlangan mamlakatlarda urbanizatsiya koeffitsienti 90 va undan ortiq foizni tashkil etadi.

Urbanizatsiyaning umumiy ko‘rsatkichi bilan mamlakat iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasi va uning tarkibiy tuzilishi orasida ma’lum aloqadorlik bor. Chunonchi, agar urbanizatsiya koeffitsienti taxminan 70-75 va undan ortiq bo‘lsa, u holda mamlakat sanoat jihatidan yuksak darajada rivojlangan industrial mamlakat hisoblanadi; 50-70%-bu ham rivojlangan, milliy iqtisodiyoti industrial-agrar; 30-50%-rivojlanayotgan agrar-industrial va 30 foizdan past bo‘lsa, sust rivojlangan agrar mamlakat holatida bo‘ladi.

Ammo, shuni alohida ta’kidlash joizki, urbanizatsiyaning yuqoridagi ko‘rsatkichi hamma vaqt va hamma joylarda ham real hududiy-iqtisodiy vaziyatni aks ettirmaydi. Masalan, Rossiya Federatsiyasining Chukotka o‘lkasida yoki Kamchatka, Magadan viloyatlarida, o‘zimizning Qoraqalpog‘istonda urbanizatsiya ko‘rsatkichi nisbatan yuqori. Biroq, bu hududlar iqtisodiy jihatidan uncha rivojlanmagan.

O‘zbekiston bilan Turkmanistonni olaylik: urbanizatsiyaning demografik ko‘rsatkichi Turkmanistonda biznikidan ko‘ra ancha yuqori. Vaholanki, iqtisodiyotda bunday xulosa chiqarish notug‘ri bo‘lardi.

Demak, u yoki bu mamlakat urbanizatsiya darajasini boshqa mamlakat bilan qiyoslaganda quyidagilarga e’tibor berish lozim:

-shahar tashkil qilish mezonlari (masalan, Turkmanistonda buning uchun 5 ming kerak, O‘zbekistonda-7 ming);

-shaharlarning umumiy soni va zichligi;

-yirik shaharlarning mavjudligi;

-shahar aglomeratsiyalarining rivojlanganligi;

-qishloq-shahar va mayatniksimon migratsiya;

-aholining bandlik darajasi va tarkibi;

-qishloq joylar urbanizatsiyasi, qishloqliklarda shaharchasiga yashash tarzining mavjudligi va x.k.

Yuqoridagilar urbanizatsiyaning naqadar murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisa ekanligidan yana bir bor dalolat beradi. Albatta, urbanizatsiya -bu ob’ektiv va umuman olganda ijobiy jarayon. Ammo uning salbiy tomonlari ham yo‘q emas. Chunonchi, ekologik va sotsial muammolarning keskinlashuvi hozirgi zamon urbanizatsiyasining eng ko‘zga ko‘rinarli salbiy «yo‘ldoshlaridir». O‘rta Osiyo va O‘zbekistondagi urbanizatsiya sharqona xususiyatga ega. Binobarin, bu yerda urbanizatsiya ko‘rsatkichini yaqin kelajakda 70-80 foiz bo‘lishini tasavvur qilish qiyin va bunday aslo bo‘lmaydi ham. Sababi-bizda shaharlar rivojlanishi qishloq xo‘jaligi bilan qadimdan an’anaviy holda bog‘liq.Qolaversa, bunday mamlakatlarda qishloq urbanizatsiyasi ham katta ahamiyatga ega. Boz ustiga, respublikamiz rahbariyati qishloq joylarda ijtimoiy-iqtisodiy tub o‘zgarishlarni amalga oshirish, qishloq industriyasi va infrastrukturasiga jiddiy e’tibor qaratmoqda-ki, bu ham urbanizatsiyani ichkaridan, «yashirincha» rivojlanishidan darak beradi. Demak, urbanizatsiyaning umumiy demografik ko‘rsatkichi garchi ma’lum qulayliklarga ega bo‘lsa-da, uning ayrim nozik jihatlari ham mavjud. Shaharlarning ham tarixi uzoq. Biroq bu tarix insoniyat tarixidan qisqa bo‘lib, bu davr jamiyat tarixiga mos keladi. SHaharlar jamiyatning hudidiy birikmasi (sotsiumi) shaklida sinfiy tuzum, ya’ni quldorlik davrida ko‘proq rivojlana boshladi. Umuman olganda, shaharlarning vujudga kelishini ijtimoiy mehnat taqsimoti bilan bog‘laydilar. Ma’lumki, dastlabki ijtimoiy mehnat taqsimoti dehqonchilikning chorvachilikdan ajralib chiqishidir. Dehqonchilik, xususan sug‘orma dehqonchilikning paydo bo‘lishi muqim, doimiy (statsionar) aholi manzilgohlarining barpo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Dastlabki sug‘orish inshootlari yoki vositalarini ko‘pchilik qurar edi, undan ko‘pchilik foydalanar va ularni ko‘pchilik qo‘riqlardi Shu asosda kishilarning qadimiy jamoasi vujudga keladi. Ammo bu jamoa (jamiyat emas!), kishilarning hududiy birligi u davrda shahar ham qishloq ham deb aytilmasdi. Shaharlar esa ijtimoiy mehnat taqsimotining navbatdagi bosqichi, ya’ni dehqonchilikdan xunarmandchilik va savdoning ajralib chiqishi natijasida paydo bo‘ldi. Ushbu kasbdagi kishilar, bevosita qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanmaydilar va binobarin, ular har xil mehnat qurollari ishlab chiqarish, hamda tovar ayriboshlash (almashtirish) da vositachilik vazifasini bajargan, qulay joyda o‘rnashgan aholi punktlarida yashaganlar. Keyinchalik bunday joylar «shahar» deb atalgan.

Quldorlik davrida shaharlar qul savdosi markazi bo‘lgan. Ayni shu vaqtda, ular davlat markazlari vazifasini ham o‘taganlar. Natijada, shahar-davlat vujudga kelgan. Masalan, Rim, Afina, Vizantiya, Vavilon, Buxoro, Samarqand (Marokand) shular jumlasidandir. Feodalizmda shaharlar rivojlanishining hunarmandchilik va qishloq xo‘jaligi, yerdan foydalanish bilan (feod-er) bog‘liq bo‘lgan. Bu davrda shaharlar katta hududlarning siyosiy, diniy, iqtisodiy va madaniy hamda savdo markazlari funksiyasini bajargan. Shaharlarning jadal taraqqiy etishi, hozirgi zamon urabanizatsiya jarayonining rivojlanishi ko‘p mamlakatlarda kapitalistik ishlab chiqarish, iqtisod, moliya, transport va boshqa soxalarning mujassamlashuvi asosida sodir bo‘lgan. Bizning o‘lkamizda esa shaharlar an’anaviy ravishda (sharq madaniyatiga xos holda) sug‘orma dehqonchilik, savdo va hunarmandchilik negizida rivojlanib kelgan. Shuni alohida ta’kidlash joizki, «shahar» tushunchasi, barcha el va yurtlarda, mamlakat va muzofotlarda aynan bir ma’noda talqin qilinmaydi, ular bunday maqomda turli davlatlarda turlicha belgilanadi. Chunonchi, islom dini mamlakatlarida shaharlar (Qubbalar) avvalombar bozor va masjidlarning soni bilan belgilangan. G‘arb mamlakatlarida shaharlar aholi soni va zichligi, joylarning arxitekturasi va qurilish shakli, manzilgohning bajaradigan vazifasiga o‘xshash mezonlar orqali ajratilgan. O‘zbekistonda 1972 yildan beri aholi manzilgohining shahar maqomini olishi uchun eng kamida 7 ming aholigi ega bo‘lishi hamda ularning ko‘pchiligi qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq bo‘lmagan sohalarda band bo‘lmog‘i shart. Shaharlar murakkab tushuncha. Shu bois ulardan turli fan vakillari har xil talqin qiladilar. Masalan, iqtisod uchun shahar asosan ishlab chiqarish, eng avvalo sanoat markazi, sotsiologiya uchun o‘ziga xos yashash muhiti, tarixchi uchun o‘tmishdan guvohlik beruvchi joydir va x.k. Iqtisodiy geografiyada esa shahar-bu qishloq xo‘jaligi bo‘lmagan sohalar va ular bilan shug‘ullanuvchi aholining hududiy tashkil etish shakllidir; u dinamik ijtimoiy-iqtisodiy tizim (sistema) hisoblanadi




Download 0,54 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Download 0,54 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II bob. O’zbekistonda urbanizatsiya jarayonlari

Download 0,54 Mb.