• E’tiboringiz uchun rahmat
  • Analog va sxematexnologiya fani Mavzu: maydoniy tranzistorlar




    Download 209.66 Kb.
    Sana22.04.2024
    Hajmi209.66 Kb.
    #204558
    Bog'liq
    9-mavzu pre
    16-Mavzu Yarimo’tkazgichlarni elektrofizik xususiyatlari (1-qis-fayllar.org, test, Metinov

    Analog va sxematexnologiya fani

    Mavzu: MAYDONIY TRANZISTORLAR

    MAYDONIY TRANZISTORLAR


    Umumiy ma’lumotlar.
    p – n o’tish bilan boshqariluvchi maydoniy tranzistorlar.
    MDYA – tuzilma va maydon effekti.
    Elektrod toklari asosiy zaryad tashuvchilarning kristall hajmidagi elektr maydon ta’sirida dreyf harakatlanishiga asoslangan uch elektrodli,
    kuchlanish bilan boshqariladigan yarimo’tkazgich asbob maydoniy tranzistor (MT) deyiladi.
    MTlarda tok hosil bo„lishida faqat bir turli –
    asosiy zaryad tashuvchilar (elektronlar yoki kovaklar) qatnashgani
    sababli ular ba‟zan unipolar tranzistorlar deb ataladi. MTlarda, Btlar-dagi kabi tezkorlikka ta‟sir etuvchi injeksiya va ekstraksiya natijasida
    noasosiy zaryad tashuvchilarning to„planish jarayonlari mavjud emas.
    MTlarda tok bo„ylama elektr maydon ta‟sirida erkin zaryad
    tashuvchilarning dreyf harakati tufayli hosil bo„ladi. Tok hosil qiluvchi
    o„tkazgich qatlam kanal deb ataladi va u n – kanalli va p – kanalli
    bo„lishi mumkin. Kanal chekkalariga elektrodlar o„rnatilgan bo„lib,
    ularning biri istok, ikkinchisi esa stok deb ataladi.
    Elektrodlardan qay
    biri istok, qaysinisi stok deb olinishining ahamiyati yo„q. Zaryad tashuv-chilar qaysi elektroddan kanalga oqsa, o„sha elektrod istok deb, zaryad
    tashuvchilarni kanaldan o„ziga qabul qiluvchi elektrod esa stok deb
    belgilanadi. Uchinchi elektrod – zatvor yordamida kanaldagi tok
    qiymati ko„ndalang elektr maydon bilan boshqariladi.
    Tuzilmasi va kanal sohasi o„tkazuvchanligini boshqarish usuliga
    ko„ra MTlarning bir-biridan farqlanuvchi uchta turi bor.
    1. Zatvori izolatsiyalangan MTlarda metall zatvor va kanal
    orasida yupqa dielektrik qatlam mavjud. Bunday MT metall – dielektrik
    – yarimo„tkazgich (MDYA) tuzilmaga egaligi sababli MDYA –
    tranzistor deb ham ataladi. Uning kanali qurilgan va kanali
    induksiyalangan turlari mavjud bo„lib: birinchi turdagi tranzistorlarda
    kanal sohasi texnologik usul bilan hosil qilinadi, ikkinchisida esa – kanal
    sohasi zatvorga ma‟lum qutbli va qiymatli kuchlanish berilganda hosil
    bo„ladi (induksiyalanadi).
    2. Shottki barerli MTlarda metall bilan yarimo„tkazgichning
    bevosita kontakti zatvor sifatida ishlatiladi. Ishchi rejimda to„g„rilovchi
    kontaktga teskari siljituvchi kuchlanish beriladi. U kontakt ostidagi
    yarimo„tkazgichning kambag„allashgan sohasi qalinligini o„zgartirib, tok
    o„tkazuvchi kanal kengligi, kanaldagi zaryad tashuvchilar soni va undan
    oqadigan tok qiymatini boshqaradi.
    3. p–n o„tish bilan boshqariluvchi MTlarda zatvor sifatida kanal
    o„tkazuvchanligiga nisbatan teskari o„tkazuvchanlikka ega yarimo„tkaz-gichdan foydalaniladi. Natijada ular orasida p–n o„tish hosil bo„lib,
    ishchi rejimda ushbu p–n o„tish teskari siljitiladi.
    Tuzilishi va ishlash prinsipi. p–n o„tish bilan boshqariluvchi n –
    kanalli MT tuzilmasining ko„ndalang kesimi va uning shartli belgilanishi
    6.1-rasmda keltirilgan.
    Ikkita simmetrik zatvorli MTning ishlash prinsipini ko„rib chi-qamiz (6.1-d rasm).
    n – kanali p–n o„tish bilan boshqariluvchi MT tuzilmasining
    ko„ndalang kesimi (a), tranzistorlarni shartli belgilanishi (b) va
    ikkita simmetrik zatvorli MT tuzilmasi (c).
    MTlarning ulanish sxemalari 6.3-rasmda ko„rsatilgan: umumiy
    istok (UI), umumiy stok (US) va umumiy zatvor (UZ) ulanish. Asosiy
    ulanish sxemasi bo„lib UI ulanish xizmat qiladi.
    MDYA – tranzistorlarda metall zatvor yarimo„tkazgichdan yupqa
    dielektrik qatlam bilan izolatsiyalangan bo„ladi. Bunday tuzilma o„ziga
    xos kondensatorni tashkil etadi. Kondensatorning bitta qoplamasi
    yarimo„tkazgichdan iborat. Kondensator qoplamalariga perpendikular
    yo„nalgan tashqi elektr maydon ta‟sirida yarimo„tkazgichning sirtqi
    qatlamida erkin zaryad tashuvchilar konsentratsiyasi o„zgaradi. Bu hodi-sa maydon effekti deb ataladi.
    Maydon yo„nalishi va uning kuchlangan-ligiga bog„liq holda yarimo„tkazgichning sirtqi qatlami asosiy zaryad
    tashuvchilar bilan boyishi yoki kambag„allashishi hamda o„tkazuv-chanlik turi o„zgarishi (inversiyalanishi) mumkin.
    Agar yarimo„tkazgich hajmida potensial nolga teng deb qabul
    qilinsa, sirtida zaryadlar bo„lganligi sababli uning potensiali noldan farq
    qiladi. Sirt bilan hajm orasidagi potensiallar farqi sirt potensiali deb
    ataladi va
    SIRТ

    deb belgilanadi. MDYA – tuzilmada potensial taqsim-lanishi 6.5b-rasmda ko„rsatilgan. Sirt potensiali
    va kambag„allashgan qatlam qalinligi
    nafaqat yarimo„tkazgich material xususiyatiga, balki qo„yilgan kuchlanish U
    qiymatiga ham bog„liq. Uning qiyma ti
    SIRТ

    sirt potentsialini belgilaydi (
    Ya

    -yarimo„tkazgichning dielektrik singdiruvchanligi).
    Odatda, elektronlarning issiqlikdan generatsiyalanish toki juda
    kichik, shuning uchun istoksiz MDYA – tuzilmada invers qatlam
    shakllanishi juda sekin (1 mks dan 10 s gacha) sodir bo„ladi.
    Ortib boruvchi elektronlar zaryadi qolgan kovaklar zaryadidan
    ortganda sirtqi qatlamda o„tkazuvchanlik turi o„zgaradi (inversiy-alanadi).
    Tahlil ko„rsatishiga qaraganda, invers qatlamda elektronlar
    konsentratsiyasi va maydon kuchlanganligi sirtdan ichkariga kirgan sari
    keskin kamayadi. Maydon kuchlanganligi, u bilan birga elektronlar
    konsentratsiyasi e marta kamayuvchi masofa

    E’tiboringiz uchun rahmat


    Download 209.66 Kb.




    Download 209.66 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Analog va sxematexnologiya fani Mavzu: maydoniy tranzistorlar

    Download 209.66 Kb.