Andijan State Medical Institute Andijon Davlat Tibbiyot Instituti Cellular pathology. Dystrophies. Lecture-2 Cellular pathology. Mitosis pathology. Lecturer. Mamataliyev Avazbek Ro’zuvaevich., Docent, Candidatus Medicinae




Download 2,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana25.05.2024
Hajmi2,79 Mb.
#254037
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Cellular pathology. Dystrophies. Lecture-2

Hujayra tuzilishi
1 - fagostitoz bosqichlari,
2 - lizosomalar, 
3 – mitoxondriyalar,
4 - sekretor vakuolalar, 
5 - hujayra membranasi
(sitomembrana), 
6 - pinostitoz 
pufakchalari, 
7 - sentrosomalar, 
8 - sitoplazma
(gialoplazma), 
9, 10 - endoplazmatik 
retikulum, 
11 - ribosomalar, 
12 - yadro, 
13 - perinuklear bo’shliq, 
14 - yadro tirqishlari, 
15- yadrocha, 
16 - plastinkasimon 
kompleks (Goldji 
kompleksi)


Hujayra ultrastrukturalarini faoliyati qatiy 
muvofiqlashtirilgan va hujayra tomonidan "hujayra 
ichidagi konveyer" tizimiga muvofiq ma’lum bir 
mahsulotni ishlab chiqarishga muvofiqlashtirilgan. 
Autoregulyastiya prinstipiga ko’ra, u hujayrani tarkibiy 
qismlari va unda sodir bo’ladigan metabolik jarayonlar 
o’rtasidagi aloqani amalga oshiradi.
Hujayralar tarkibida muayyan funkstiyalarni
bajaradigan metaplazmatik birikmalar bo’ladi
(hujayralarni tayanch vazifasini bajaradigan
tonofibrillar; hujayralar qisqarishini amalga oshiradigan
va ularni harakatlanishini osonlashtiradigan
miofibrillalar; so’rilishda ishtirok etuvchi
mikrovorsinkalar, hujayra aloqalarini taminlovchi
desmosomalar va b.) 
5


• Hujayralar funkstiyalarini buzilishini aks ettiruvchi tarkibiy o’zgarishlar - yadro
va sitoplazmani, uning organoid va organelalarini, metaplazmatik birikma va
kiritmalarini mumkin bo’lgan tuzilish o’zgarishlari hisobiga bo’ladi.
• Hujayra patologiyasi - bu hujayralarni ixtisoslashgan ultrastrukturalarini
patologiyasi bo’lib, u turli xil ta’sirlarga javoban ultrastrukturadagi stereotipik
o’zgarishlar va xromosoma, reseptorlar, lizosoma, mitoxondriya va boshqa 
tuzilmalarni "kasalliklari" bilan namoyon bo’ladi
• Shikastlanishlarga nisbatan javob reakstiyalariga - hujayralar membranalarini
o’tkazuvchanligi va hujayra ichidagi suyuqlik aylanishini buzilishi, hujayralar
metabolizmini buzilishi, hujayralarni o’limi (nekroz), hujayralar displaziyasi va
metaplaziyasi, gipertrofiyasi va atrofiyasi, hujayralarni xarakatlanishi, uning
yadrosi, yadrochasi va DNK, RNK (irsiyati) buzilishlar va b. patologiyalar kiradi.


Kasallikning morfologik va fiziologik mohiyatini tushunib yetish uchun 
organizmning normal tuzilishi va funksional ko’rinishlari to’g’risida aniq, 
tasavvurga ega bo’lish, ya'ni anatomiya, gistologiya, fiziologiya va biologik 
kimyoni bilish zarur. Xar bir kasallik shu kasallikdan oldin normal tuzilish va 
normal funksiyaga ega bo’lgan organ va to’qimalarda avj oladi. 
Kasallik vaqtida normal struktura buzilib, funksiya uzgaradi, kuchayadi, 
susayadi yoki aynib koladi. Odamda uchraydigan kasalliklarning strukturaviy 
asoslari organizm, organ, toqimalar, hujayralar, hujayra ichidagi strukturalar 
va molekulalar doirasida o'rganiladi.
Struktura bilan funktsiya o’zgarishlari ba’zan tabiatan fiziologik o’zgarishlardan 
iborat bo’lib, yoshga aloqador faktorlar yoki tashqi muhitdan bo’ladigan 
vaqtinchalik ta'sirotlar tufayli ro’y beradi. Biroq, bu xollarda organizm o’zidagi 
asosiy xujayra strukturalarining doimiy tuzilishini, to’qimalarda xayot-faoliyatni 
yuzaga chiqarish uchun zarur ionlarnnng doimiy miqdorlarini, qon shaklli 
elementlarining doimiy sonini va boshkalarni hamisha saqlab qoladi. Organizmning 
o’z ichki muhiti tarkibini shu tariqa doimo bir xilda saqlab turish xususiyati 
gomeostaz deb ataladi.
7



Download 2,79 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 2,79 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Andijan State Medical Institute Andijon Davlat Tibbiyot Instituti Cellular pathology. Dystrophies. Lecture-2 Cellular pathology. Mitosis pathology. Lecturer. Mamataliyev Avazbek Ro’zuvaevich., Docent, Candidatus Medicinae

Download 2,79 Mb.
Pdf ko'rish