• Yadrolarni shakli va ularni soni
  • Andijan State Medical Institute Andijon Davlat Tibbiyot Instituti Cellular pathology. Dystrophies. Lecture-2 Cellular pathology. Mitosis pathology. Lecturer. Mamataliyev Avazbek Ro’zuvaevich., Docent, Candidatus Medicinae




    Download 2,79 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/8
    Sana25.05.2024
    Hajmi2,79 Mb.
    #254037
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Cellular pathology. Dystrophies. Lecture-2

    Yadrolarni 
    getero 
    va 
    euxromatizastiyasi: 
    a – o’sma hujayralari yadrosini geteroxromatinlari. x 25,000; 
    b – endoteliostit yadrosi xromatini euxromatizastiyasi. 
    Yadro qobig’idagi ko’plab invaginatlar; sitoplazmada - tubulyar kiritmalar va oraliq 
    filamentlarni to’planishi. x 30,000
    Yadrolar shaklini o’zgarishi - yadro yuzasini ortishi natijasida yuzaga kelib, yadrodan 
    sitoplazmaga ko’plab bo’rtmalar chiqishini, yadroni nuklein kislotalar va oqsillarga nisbatan 
    sintetik faolligini bildiradi


    Yadrolarni shakli va ularni soni
    Yadro shaklidagi o’zgarishlar muhim diagnosik xususiyat bo’lib: u 
    distrofik jarayonlarda sitoplazmatik kiritmalar orqali, degenerativ 
    jarayonlar paytida yadrolarni deformasiyalanishi, yallig’lanishi 
    (granulematoz) va o’sma jarayonida (hujayra atipizmi) paytida 
    yadrolarni polimorfizmi bilan namoyon bo’ladi.
    Hujayradagi yadrolar sonini o’zgarishi ko’p yadroli va yadrosiz 
    hujayralarni paydo bo’lishi bilan namoyon bo’ladi. Yadrolari 
    bo’linib, hujayralarni bo’linmasligi, qo’shilishi bilan u ko’p yadroli 
    bo’lishi mumkin. 
    Bunga epiteloid hujayralarni qo’shilishida ulkan ko’p yadroli yot 
    jism hujayralarini, Pirogov – Langxans hujayralarini misol keltirish 
    mumkin. Ba’zan «ko’p yadroli» hujayralar paydo bo’lishini mitozni 
    buzilishida – nurlanishda yoki sitosatiklar kiritilgandan keyin
    yomon sifatli o’smalarda kuzatilishi mumkin.


    "Yadro yo’ldoshi" ((kariomerlar (kichik yadrolar)) - sitoplazmadagi o’zgarmagan, yadro 
    atrofidagi mayda tuzilmalarga aytiladi. Ularni paydo bo’lish sababi xromosomalarni 
    mutasiyalari hisoblanadi. Ko’p miqdorda patologik mitozlari bo’lgan o’sma hujayralarini 
    kariomerlari bunga misol bo’ladi
    A. o’sma hujayralari yadrolari atipizmi. Yadro qobig’ining ko’plab bo’rtmalari.
    B. Piknotik yadroni emirilishi (karioreksis) x 15 500


    Yadrosiz hujayrali tuzilmalar 
    ma’lum darajada yashovchandir 
    (eritrositlar, trombositlar). Lekin 
    patologiyada yadroni bo’lmasligi 
    nekrozda (karioknoz, karioreksis, 
    kariolizis) kuzatiladi.
    Yadrochalardagi o’zgarishlar 
    hujayra holatini morfofunksional 
    baholashda muhim, chunki 
    ribosomal RNK (r-RNK) 
    transkripsiya va transformasiya 
    jarayonlari yadrochalar bilan bog’liq 
    bo’ladi. Yadrochalar hajmi va 
    sonining ko’payishi ularni 
    funksional faolligi oshganligidan 
    dalolat beradi. Yadroda yangi hosil 
    bo’lgan ribosomal RNK 
    sitoplazmaga yadro membranasining 
    ichki tirqishlari orqali tashiladi. 


    Fibrillyar subsansiyalardan granulalari uzun bo’lgan gipergranulyar yadrochalar - yadrocha 
    va hujayralarni har xil funksional holatini aks ettiradi. Aniq lakunar tizim va sitoplazmaning 
    o’tkir bazofiliyasida bunday yadrochalar r-RNKni va transmissiya sintezini 
    kuchayganligidan dalolat beradi.
    Bunday "giperfunksional yadrochalar" yosh plazmatik hujayralarida, faol fibroblastlarda, 
    gepatositlarda va ko’plab o’sma hujayralarida uchraydi. Ushbu kuchsiz bazofil sitoplazmali 
    gipergranulyar yadrochalar kechayotgan r-RNK sintezi jarayonidagi transmissiya buzilishini 
    (granulalarni tashish) aks ettiradi. Ular o’sma hujayralarida uchrab, yirik yadrosi va kuchsiz 
    bazofil sitoplazmasi bilan ajrab turadi.
    Yadrochalar 
    miqdori va 
    sonini ortishi. 
    x12 500


    Ularni gipogranulyasini aks ettiruvchi
    yadrochalarni ilvillab qolishi (dissosiasiyasi) -
    sitoplazmadagi r-RNKni "inkor etish" yoki
    yadrochalar transkripsiyasini sekinlashishi
    bilan bog’liq bo’lishi mumkin. 
    Yadrochalarni dezorganizasiyasi
    (degradasiyasi), yadrochalar transkripsiyasini
    tez va to’liq to’xtatilishini aks ettiradi: yadro
    hajmi kamayadi, yadrochalar xromatini
    kondensasiyalanadi, granulalar va oqsil iplari
    ajraladi. Bu o’zgarishlar hujayrada energiya
    etishmovchiligi bo’lganida kuzatiladi. 


    Yadro kiritmalari uch guruhga 
    bo’linadi: yadro sitoplazmatik, 
    chin yadro va virusga bog’liq 
    yadrodan hosil bo’lgan kiritmalar.
    Yadro sitoplazmatik kiritmalar 
    yadrodagi membrana qismlari 
    sitoplazma tomoniga ajratilgan 
    deyiladi. 
    Ularda hujayraning barcha 
    tarkibiy qismlari (organellalar, 
    pigmentlar, glikogen, yog’ 
    tomchilari va b.) bo’lishi mumkin. 
    Ko’pgina hollarda ularni paydo 
    bo’lishi mitotik bo’linishni 
    buzilishi bilan bog’liq bo’ladi.

    Download 2,79 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 2,79 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Andijan State Medical Institute Andijon Davlat Tibbiyot Instituti Cellular pathology. Dystrophies. Lecture-2 Cellular pathology. Mitosis pathology. Lecturer. Mamataliyev Avazbek Ro’zuvaevich., Docent, Candidatus Medicinae

    Download 2,79 Mb.
    Pdf ko'rish