• Yadrolarni tuzilishi va hajmi
  • Andijan State Medical Institute Andijon Davlat Tibbiyot Instituti Cellular pathology. Dystrophies. Lecture-2 Cellular pathology. Mitosis pathology. Lecturer. Mamataliyev Avazbek Ro’zuvaevich., Docent, Candidatus Medicinae




    Download 2,79 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/8
    Sana25.05.2024
    Hajmi2,79 Mb.
    #254037
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Cellular pathology. Dystrophies. Lecture-2

    Hujayra yadrosining patologiyasi
    Morfologik jihatdan, u yadro va 
    yadrolarni tuzilishi, hajmi, shakli 
    va sonini o’zgarishi bilan har xil 
    yadro kiritmalarni paydo bo’lishi 
    va yadro qobig’idagi 
    o’zgarishlarida namoyon bo’ladi. 
    Yadro patologiyasini maxsus shakli 
    yadro xromosomalarini 
    patologiyasi bilan bog’liq mitoz 
    patologiyasidir (xromosoma 
    sindromlari va xromosoma 
    kasalliklari).
    8


    Yadroning tuzilishi va hajmi (interfaza, intermitotik yadro) 
    birinchi navbatda - yadrodagi DNK miqdoriga va yadroni 
    funkstional holatiga bog’liq. 
    Proliferastiyalanayotgan hujayralarda, DNK sintezi (G -
    faza davrida), yadrodagi DNK tarkibi ikki baravar 
    ko’payadi, postmitotik davrda esa aksincha pasayadi. 
    Agar DNK sintezidan keyin diploid hujayrada normal 
    mitoz yuzaga kelmasa, tetraploid yadrolari paydo bo’ladi. 
    Hujayralar yadrosidagi xromosoma to’plamlari sonini 
    ko’payishi yoki tetraploidiya va undan yuqoridagi ploidlik 
    xolatida poliploidiya sodir bo’ladi
    Poliploid hujayralarda yadro kattaligiga, interfazada 
    yadrodagi DNK miqdorini oshishi yoki mitotik 
    hujayradagi xromosomalar sonini ko’payishi bilan 
    namoyon bo’ladi. Qarilikda ko’pgina a’zolarda poliploid 
    yadrolar sonini ko’payishi qayd etiladi. Reparativ 
    regenerastiya (jigar), kompensator (regenerativ) 
    gipertrofiya (miokard) va o’smalarni o’sishida 
    poliploidiya yorqin namoyon bo’ladi.
    Yadrolarni tuzilishi 
    va hajmi


    • Aneuploidiyada hujayra yadrosini tuzilishi va hajmi 
    o’zgarib, xromosomalarini to’liq bo’lmagan to’plami 
    shaklidagi o’zgarishlari kuzatiladi. Aneuploidiya -
    xromosoma mutastiyalari bilan bog’liq. Uning namoyon 
    bo’lishi (gipertetraploid, psevdoploid, diploid, triploid 
    yadrolar) ko’pincha xavfli o’smalarda uchraydi.
    • Yadro va yadro tuzilmalarini o’lchamlari, ploidligidan 
    qatiy nazar, asosan hujayrani funkstional holati bilan 
    belgilanadi. Yadroning funkstional holati undagi
    xromatinni tabiati va tarqalishida aks etadi. Oddiy
    to’qimalarni diploid yadrolarini tashqi qismlarida
    kondensastiyalangan xromatin - teroxromatin, qolgan
    qismlarida kondensastiyalanmagan xromatin - evromatin
    mavjud. Getero va evromatin yadro faoliyatni turli xil
    holatini aks ettiradi; ular "faol bo’lmagan", "faol" deb 
    hisoblanadi

    Transkripstiya - faol joylarini inaktivastiyasini aks ettiruvchi 
    euxromatin tuzilmalarini kondensastiyasi (hujayra devorining 
    giperxromatozi) patologik hodisa bo’lib, hujayra o’limini 
    dastlabki belgisidir. Yadrodagi patologik o’zgarishlar hujayralarni 
    shikastlanishlaridagi disfunkstional (toksik) shishida hujayra 
    membranasi orqali moddalarni tashilishini sekinlashishi natijasida 
    yadro va sitoplazmani kolloid-osmotik holatini o’zgarishlari yuz 
    beradi.



    Download 2,79 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 2,79 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Andijan State Medical Institute Andijon Davlat Tibbiyot Instituti Cellular pathology. Dystrophies. Lecture-2 Cellular pathology. Mitosis pathology. Lecturer. Mamataliyev Avazbek Ro’zuvaevich., Docent, Candidatus Medicinae

    Download 2,79 Mb.
    Pdf ko'rish