O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETINING PEDAGOGIKA INSTITUTI
REPUBLIC OF UZBEKISTAN MINISTRY OF HIGNER AND SECONDARY SPECIAL EDUCATION
PEDAGOGICAL INSTITUTE OF ANDIJAN STATE UNIVERSITY
170100, Andijon shahri, Taxtako‘prik MFY, Do‘stlik ko‘chasi, 4-uy. Tel.: (374) 224-01-70, faks: (374) 224-20-08, e-mail: anddupi@edu.uz
2022 yil “____” __________
№_____________________
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta
maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy
taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʼor
texnologiyalarni tatbiq etish markazi
direktori Sh.U.Yakubovga
Hurmatli Shuxrat Ummataliyevich!
Аndijon davlat universiteti “Rus tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti,
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Dmitriy Vladimirovich Popov
tomonidan filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun “Olamning
lisoniy manzarasiga chet tillarning taʼsiri: kognitiv, pragmativ, kommunikativ
jihatlar” mavzuidagi dissertatsiya ishi yozib tugallandi. Olamning lisoniy
manzarasiga chet tillarning ta’sirini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
1. Olamning lisoniy manzarasini ikki tillilik sharoitida o‘rganish bilan bog‘liq
ilmiy hulosalardan “Hozirgi rus tilida faol jarayonlar (Активные процессы в
современном русском языке)” nomli o‘quv qo‘llanmaning “Внутренние законы
развития языка и социальные причины языковых изменений”, “Современная
языковая политика и прогнозы развития нормы” nomli birinchi hamda uchinchi
paragraflarini yaratishda foydalanilgan. Natijada ikki tillilik, til siyosati, davlat tiliga
oid fikr-mulohazalar o‘quv qo‘llanma materiallarining ilmiy dalillar bilan boyishiga
hizmat qilgan;
2. “Ona tili fenomeni”, “til tashuvchisi fenomeni”, “til siyosati”, “til vaziyati”,
“til aloqalari va tillarning o‘zaro ta’siri”, “ikki tillik”, “tilning ijtimoiy va lingvistik
jihatlari”, “bir tilliklarning olam lisoniy manzarasi”, “ikki tilliklarning olam lisoniy
manzarasi” kategoriyalari bilan bog‘liq ilmiy hulosa va natijalardan “70111701 –
O‘zga tilli guruhlarda rus tili” magistratura mutahassisligi uchun “O‘zga madaniy
muhitda rus tili” fani o‘quv dasturi mazmuniga kiritilgan. Natijada OTMning o‘quv
jarayoniga joriy qilingan tadqiqot natijalari ta’lim uzluksizligi g‘oyasini amalga
01-298
06 iyun
oshirishga hizmat qilgan, shuningdek, nazariy tilshunoslik sohasida ilmiy izlanish
olib borish uchun zamin yaratgan.
Shu munosabat bilan, Andijon Davlat universitetining Pedagogika instituti
rahbariyati tadqiqotchi D.V.Popovning 10.00.11 – Til nazariyasi. Аmaliy va
kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “Olamning lisoniy
manzarasiga chet tillarning taʼsiri: kognitiv, pragmativ, kommunikativ jihatlar”
mavzuidagi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozgan
dissertatsiya ishidan olingan natijalar asosida tayyorlangan “Активные процессы в
современном русском языке” nomli o‘quv qo‘llanma xamda “70111701 – O‘zga
tilli guruhlarda rus tili” magistratura mutahassisligi uchun “O‘zga madaniy muhitda
rus tili” fani o‘quv dasturi Оliy taʼlim tizimining o‘quv jarayonida amaliyotga joriy
etilgani xususida maʼlumotnoma berilishiga amaliy yordam berishingizni so‘raydi.
Ilova: 36 varaq.
|