|
Andijon Mashinasozlik Instituti ib va kt fakulteti at va t yo'nalishi
|
bet | 3/5 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 0,97 Mb. | | #118557 |
Bog'liq magnit maydoniTokli o'tkazgichlarning magnit maydoni cheksizlikkacha yoyiladi, biroq masofa ortishi bilan magnit kuchlari juda tez zaiflashadi. Shu sababli amalda magnit kuchlarining ta'sirini tokli o'tkazgichga yaqin masafalardagina sezish mumkin. Tinch turgan elektr zaryadlari atrofidagi fazoda elektr maydon hosil bo'lgani kabi, toklar atrofidagi fazoda tokli o'tkazgichga ta'sir etuvchi, materiyaning maxsus ko'rinishi bo'lgan magnit maydon hosil bo'ladi. Mana shu magnit maydon kuchlarining manbayidir. Magnit maydonni harakatdagi zaryad yoki elektr toki hosil qiladi. Magnit maydoni harakalanayotgan zaryadli Zarraga yoki tokli o`tkazgichga ta`sir qiladi. Magnit maydonning elektr maydoni bilan bog`liqligini birinchi bo`lib tajribada Daniyalik fizik X.Erasted aniqlagan. U tokli o`tkazgich magnit maydoning magnit strelkasiga ta`sirini o`rgangan. Magnit maydon xarakatsiz zarraga ta`sir qilmaydi. Magitning magnit eng kuchli bo`lgan joylari magnit qutblari deb ataladi. Har qanday magnitda ikkta: Shimoliy(N) va Janubiy (S) qutublari bo`ladi. Magnit induksiya chiziqlari magnit ichida janubdan (S dan) shimolga (N ga) tomon yo`nalgan bo`ladi. Agar doimiy magnit ikkiga bo`linsa har bir bo`lagi alohida magnit aylanadi.
Har qanday elektr toki, ya`ni harakatlanuvchi elektr zaryadi atrofida magnit maydoni mavjud bo`ladi. Uni mavjudligini 1820 – yilda daniyalik fizik Ersted aniqlagan.
Parallel ingichka o`tkazgichlardan qarama – qarshi yo`nalishda tok o`tsa o`tkazgichlar bir biridan qochadi. O`tkazgichlardan bir xil yo`nalishda toklar o`tkazilganda ular ozaro tortishadi.
Parallel toklarning o`zaro ta`siri.
Bu tasirni Amper aniqlagan: Parallel toklarning o`zaro ta`sir kuchi o`tkazgichlardan o`tayotgan tok kuchlar ga, o`tkazgichning uzunligi l ga to`g`ri proporsional va ular orasidagi masofa r ga teskari proporsional, ya`ni:
F = l
Tokli kontur. Magnit maydonini organishda tokli kontur tushunchasidan foydaniladi. Tokli konturning
olchamlari magnit maydoni hosil qilgan tokkacha bolgan masofaga nisbatan juda kichik va uning maydoni o`rganilayotganda maydonni ozgartira olmaydi deb hisoblanadi.Tokli konturning fazodagi yo`nalishi uning normali bilan aniqlanadi. Normalning musbat yo`nalishi o`ng parma qoidasi bilan aniqlanadi.
Normalning yonalishi parmaning ilgarilanma harakati bilan mos kelsa konturdagi tokning yo`nalishi parma dastasining harakati bilan mos kelishi kerak.
O`ng parma qoidasi.
Parma dastasining aylanma harakati magnit induksiya yo`nalishi bilan mos tushsa, parma uchining ilgarilanma harakat yonalishi tokning yo`nalishini ko`rsatadi.
|
| |