§1.5. Elektr montaj ishlarini mexanizatsiyalashtirish va
industrializatsiyalashtirish
Obyektlarning ishga tushirilish muddatini qisqartirish maqsadida va
elektr montaj ishlarining bajarilish sifatini orttirish uchun bu ishlarni
maksimal mexanizatsiyalashtirish va industriyalizatsiyalashga intilinadi, va
ishlab chiqarish korxonalarining yuqori klassifikatsiyali mutaxassislari
murakkab elekr qurilmalar montajiga jalb qilinadi.
Industriyalizatsiya deganda montajga tayyorgarlikni oshirish
maqsadida, avvalo elektr qurilmani to‗plamlash va yig‗ish tushiniladi. Bu
mumkin qadar ko‗proq operatsiyalarni elektr qurilmalar elementlari
montajini montaj mintaqasidan, yuqori ishlab chiqarish mexanizmlar bilan
qurillangan montaj korxonalari va ustaxonalarida bajarilishiga o‗tkazish
yo‗li bilan eruvchaniladi. Industriyalizatsiya darajasi elektr montaj ishlar
sig‗imining, mintaqasidan tashqarida bajarilgan ishlar nisbatining umumiy
elektromontaj ishlar sig‗imi bilan aniqlanadi.
Yirik montaj tashkilotlari industriyalizatsiya darajasini oshirish
uchun, odatdagi dek,
o‗z qaramog‗idagi bo‗linmalarda, sanoat
korxonalarida seriyali ishlab chiqarilmaydigan maxsulotlar, konstruksiya
va mexnizmlarni ishlab chiqarish bilan shug‗illanuvchilarga ega.
Industriyali montaj qilish ikki bosqichdan tashkil topgan:
birinchi bosqich o‗z zimmasiga dastlab elektr qurilmalarni
to‗plamlash, zavodlarda va montaj ustaxonalariga keltirilgan har xil
qurilmalarning to‗plamli bloklarini va to‗la montaj qilish holatiga
keltirilgan yirik qismlarni yig‗ish;
ikkinchi bosqichda to‗plamli bloklar va qurilmalarning yirik qismlari
13
o‗rnatiladi, kuch va yoritgichlar tarmoqlari va erlash tarmoqlari
joylashtiriladi, montaj to‗g‗ri bajarilganligi tekshiriladi, sozlab ishga
tushirish va elektr qurilmalarni topshirish-qabul qilish sinash ishlari.
Eng yuqori industriyalizasiyalashgan ishlar taqsimlovchi qurilmalar
montajida, ularni to‗plamli yacheykalar va bloklar ko‗rinishida
respublikamiz sanoat korxonalarida tayyorlanadi: TTQ-6/10, TTQB-35,
TTQB-110, TTQE-110 kV va yuqori kuchlanishlarga.
Elektr montaj ishlari bajarilishida industriyalizatsiya usullarining
yuksalib borishi ularning mexanizatsiyalashtirilishi yuqori darajaga
ko‗tarilishi
bilan
chambarchas
bog‗liq.
Elektr
montaj
ishlarini
mexanizatsiyalashtirish ikki asosiy y‗nalishga ega:o
Og‗ir mehnat talab qiluvchi jarayonlarni mexanizatsiyalashtirish
uchun, ko‗tarish-tashish mexanizmlar va universal mexanizmlardan
foydalanish;
parmalovchi-kranli yuritmalar, teleskopli ko‗targichlar va gidravlik
ko‗targichlar; alohida operatsiyalarni bajarishda umumiy qurilish
asboblarini qo‗llash, yaratish va har xil moslamalar qo‗llanilishi; har xil
elektr asboblar, qurilish-montaj to‗ponchalari, kuchma bosimlagichlar
simlarni va kabel tolalarini ulash, biriktirish uchun, bo‗lar ayirim hollarda
qo‗llaniladi.
Obyektlarni o‗z vaqtida ishga topshirishrni bajarilishi elektr montaj
ishlarini texnikaviy-matyeriallar bilan ta‘minlanishiga sezilarli darajada
bog‗liq.
Yirik montaj tashkilotlari tizimida maxsus ta‘minlovchi-boshqarma
(bo‗lim), texnik matyeriallar bilan ta‘minlash va ishlab-chiqarishni texnik
matyeriallarni to‗plamlash ishlarini olib boradi.
Bu boshqarma o‗z kuchi va vositalari bilan montaj mintaqasiga
zaro‗riy qurilmalarni, matyeriyallarni va mexanizmlarni yitkazib beradi.
Bo‗limning
muvafiqiyatli
ishlashi
ombor
xo‗jaligini
mexanizatsiyalash- tirilishini talab qiladi, mexanizatsiyalashtirilgan usulda
matyeriallarni to‗plamlash va keyin matyeriallarni maxsus konteynyerlarda
montaj mintaqalariga yitkazish uchun zarur.
Elektr montaj ishlarini bajarish (EMB), texnika xavfsizligini va
mehnatni himoyalash bo‗yicha tashkiliy ishlarni EMB olib borishi
amaldagi davlat standartlari QM va Q maxsus hududiy qoidalariga itoat
qilgan holda bajariladi.
Qurilishlarda texnika xavfsizligi bajarilish tartibi olib borilishini
tashkil qilinishi va mehnat muhofazasi umumiy holati montaj tashkilotlari
boshlig‗i va bosh muxandisi trest yoki boshqarma bir xil javobgarlika
ma‘suldir.
14
EMBda xavf oshib borsa, barcha montaj ishlari bajarilishi
ta‗qiqlanadi, elektr qurilmalar va elektr uzatish, ish bajarilish loyihasi-
(IBL) bo‗lmaganida, elektr montaj tashkiloti IBLni talabini qoniqtirishi
kerak.
Elektr montaj tashkilot ishchi va xizmatchilari ishni bajarishiga,
faqat kiritish (umumiy) ko‗rsatma va qo‗llanma texnik xavfsizligi bo‗yicha
ish joyida (ishlab chiqarishga) ko‗rsatmalardan o‗tkazilgach ish joyiga
kiritilishi mumkin.
Barcha ishchilar texnika xavfsizligi va maxsus texnik o‗rganish
kurslardan o‗tishi shart. Trest boshlig‗i, boshqarma, montaj bo‗lim
boshliqlari texnika xavfizligiga ishchilarning, o‗z vaqtida to‗la
o‗rganishiga ma‘suldirlar.
Texnika xavfsizligini o‗rganish hamma uchun tashkil qilinadi va
barcha ishlar shu joyda ko‗rsatma va qo‗llanmadan o‗tganlar, 3 oydan kam
bo‗lmagan muddatda bilimi qabul qilishdan o‗tkazilgan bo‗lishi kerak.
O‗qitish ma‘muriyat tomonidan odatdagi dastur bo‗yicha olib boriladi.
Elektr qurilmalar
-
deb mashinalar, apparatlar, liniyalar va
yordamchi jihozlar (ularda o‗rnatilgan, xonalar avto inshoatlar birgalikda),
o‗zgartirish, transformatsiyalash, uzatish, elektr energiyani taqsimlash va
uni
boshqa
turdagi
energiyaga
o‗zgartirishda ishlatish uchun
mo‗ljallangan.
Elektr qurilmalar elektr xavsizlik sharti bo‗yicha 1 kVgacha
kuchlanishli va 1 kVdan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarga ajraladi.
Insonlarni
elektr
tokdan
jaroxatlanish
xavfligiga
nisbatan
quyidagicha ajriladi:
yuqori xavfli xonalar, quyidagi shartlardan birortasi mavjudligi bilan,
yuqori xavflilikni tashkil qiluvchi;
a)
namlik yoki tok o‗tkazuvchan changlar;
b)
tok o‗tkazuvchi polli (metalli, yaaminlangan, temirbetonli, g‗ishtli
va bosh);
v) yuqori haroratli;
g) bir vaqtning o‗zida odamning zaminlangan bino metall
konstruksiyalariga, texnologik apparatlarga, mexanizmlarga bir tamondan,
boshqa tomondan - elektr qurilma metalli tanasiga tegishi;
alohida xavfli xona, quyidagilardan birortasi mavjudligi shartini
tavsiflaydi, Asosan xavfni tashkil qiluvchi: O‗ta namlik; kimyoviy aktiv
yoki organik muhitlar; bir vaqtning o‗zida ikki yoki undan ko‗p yuqori
xavflilikning shartlari;
Elektr qurilma va xonalar tavsifga ko‗ra, ularda mashinalarni,
apparatlarni, asboblarni, Bundan tashqari elektr simlarnijoylashtirishni
15
tanlash va elektr sim va kabellarni joylashtirishni tanlash uchun xarxil
talablar qsho‗zyiladi,ularni bajarishelektr qurilmalarga xizmat kursatish va
xavsiz ishlatish ishonchligini taminlaydi.
Elektr qurilmalar (E) va elektr texnikaiy tuzilma (EU) xizmatchini
himoyalash bo‗yicha tok o‗zatuvchi va xarakatdagi qismlarda va jihoz
ichiga begona narsa, suyuqliklar va chang tushib ketishidan himoyalanish
bo‗yicha quyidagi as osiy turlarga ajratiladi: namga bardoshli, ochiq,
himoyalangan, suvdan himoyalangan, sachrashlardan himoyalangan,
tomchidan himoyalangan, changdan himoyalangan, yopiq, zichlangan,
portlashdan himoyalangan.
GOST 14254-95 da elektr qurilmalarning qobig‗i ichida suv kirib
qolishidan, himoyalash joylashtirilgan darajasi, bularning tavsif belgilanish
tavsifi o‗rnatilgan.
Himoyalanish shartiningning tegibketishdan va elektr qurilmaning
qobig‗iga suvning tasir etishi yoki pasport ma‘lumotlari va ular
quyidagilarni to‗liq belgilanish darajasi keltirilgan:
a)
IP shartli xarflar (International Protection), xalqora belgilanish
tizimini ko‗rsatadi:
b)
sonli shartli belgilanishi tok o‗tkazgichga ishchining tegib
ketishida va jihozning xaraktlanadigan qisimlari va qobiq ichiga qattiq
begona jism kirib qolishi dan himoya darajasi;
v) shartli sonli belgilanishi jihozning qobiqqa suv kirishidan
himoyalanish darajasini belgilaydi.
Masalan, elektr jihozning qobig‗i, ishchini tegib ketishi mumkin
bo‗lishidan
barmoqlarnitok
o‗zatuvchi
yoki
eleektr
jihozning
xarakatlanuvchi qismlariddan saqlashi, jihozni qattiq jisimlar diametri 12,5
mm dan kam bo‗lmagan va yomg‗irdan, qobiqqa 600 dan ko‗p bo‗lmagan
burchak ostida vertikalga nisbatan, tishuvchilarning kirib qolishidan
himoyalash, IP23 deb belgilanadi.
Agar buyum uchun himoyaning biror bir turi shart bo‗lmasa, shartli
belgilanishda, himoyaning shu turi urniga —X‖ belgi o‗rnatiladi, u bu
buyumda talab qilinmaydi yoki ni sinasholib borilmaydi, misol IPXZ.
GOST 18411-95 ayrim elektr jihozlar va elektr tuzilmalar bo‗yicha
himoya darajasi quyidagi GOST 14254-95ga mos keladigan himoyalar
darajasi keltirilgan:
ochiq - IP00;
himoyalangan - barcha himoya darajalirida, IP00 dan tashqari;
suvdan himoyalangan - IP55, IP65, IP56, IP66;
sachramadan himoyalangan - IP34, IP44, IP54;
tomchidan himoyalangan - IP01, IP11, IP21, IP31, IP41, IP51, IP12,
16
IP22, IP32, IP42, IP13, IP23, IP33, IP43;
changdan himoyalangan - IP50, IP51, IP55, IP65, IP66, IP67, IP68;
berk - IP60, IP65, IP67, IP68.
Yuqorida keltirilganlarga loyihalashda va montaj qilishda elektr
qurilmalar to‗g‗ri tanlanib sifatli montaj, sozlash ishlari va ularni ishlatish
maqsadga muvvofiq olib borilganida ishlab chiqarish unumdorligi yuqori
bo‗lishiga eruvchaniladi va elektr qurilmalarning halokatli buzilishi va
ishdan chiqishiga chek quyiladi.
Quyidagi elektr qurilmalar himoyasi bo‗yicha GOST 14254-80 va
iqlim sharoitiga qarab GOST 15150-97 va EQTQ- 5; 5.1 - 5.3 da elektr
kuch qurilmalar, xonalari va elektr qurilmalarni tasniflanishi keltirilgan.
EQTQ (ПУЭ) ko‗rsatmasiga ko‗ra xonalar va elektr qurilmalar
(qurilmalar) tasniflanishi.
Elektr qurilmalar motorlar, aparatlar, liniyalar va yordamchi
qurilmalar (barcha qurilgan xonalar bilan ularda o‗rnatilgan), ishlab
chiqarish, o‗zgartirish, taqsimlash va elektr energiyani iste‘mol qilish
uchun mo‗ljallangan elektr qurilmalar 1 kV gacha va undan yuqori
kuchlanishlilarga ajratiladi.
-
Ochiq yoki tashqi elektr qurilmalar - ochiq havoda o‗rnatiladigan
qurilmalar. Ochiq elektr qurilmalar, faqat osmali turli to‗siqlar bilan
himoyalangan va boshqa shunga o‗xshash va tashqarida o‗rnatilganidek
qaraladi.
-
Yopiq yoki ichki elektr qurilmalar atrof-muhit ta‘siridan
himoyalangan va bino ichida o‗rnatiladigan qurilmalar.
-
Elektrxona - xona yoki xonaning bir qismi misol, turli to‗siq bilan
ajratilgan, bu yerda elektr qurilmalar o‗rnatilgan faqat malakali texnik
xizmat ko‗rsatuvchi xodimlar kirishi mumkin.
-
Quruq xona - xonada solishtirma namlik 60% dan oshmaydi.
Quruq xonalarni maromli deb ataladi, agar u yerdagi sharoit, issiq xonalar
tavsifiga to‗g‗ri kelsa changli, kimyoviy zaxarli muhit yoki portlashga
xavflilik yuq bo‗lsa.
-
Nam xona - agar xonada bug‗ yoki kondensatsiya namlik ajralishi
qisqa vaqtli va kam miqdorlarda ajralsa, solishtirma namlik 60% dan
yuqori lekin 75% dan oshmaydiganlarida.
-
Juda namxona - xonada solishtirma namlik 100% ga yaqin (ship,
devorlar, pol va narsalar, nam bilan qoplangan holda turadi.)
-
Issiq xona - xonada doimo yoki davriy ravishda harorat (bir
sutkadan kunida) 35°C dan oshadi.
-
Changli xona - ishlab chiqarish sharoitiga ko‗ra xonada texnologik
chang shunday miqdorda ajralib chiqadiki va u simlarda o‗rnashishi,
17
motorlar, aparatlar ichiga kirishi mumkin va boshqalar. Changli xonalar
changni o‗tkazadigan va chang o‗tkazmaydigan xonalarga bo‗linadi.
-
Xavflilik yuqori xonalar - ularda quyidagilarning birortasi yuqori
xavf tashkil qiluvchi sharoit borligi bilan tavsiflanadi:
a) tok o‗tkazuvchi changlar yoki namlik - tok o‗tkazuvchi pollar
(tagliklar, metalli, erli, temir betonli, g‗ishtli va bosh.); b) yuqori
haroratlar; v) bir vaqtning o‗zida odam erlangan metalli binoning
(konstruksiyasiga)
tuzilish
qismlariga,
texnologik
apparatlarga,
mexanizmlarga va boshqa tomondan elektr qurilmalarning metalli
tuzilishiga (yuzasiga) tegishi.
-
O‗ta xavfli xona - quyidagilarning birortasi borligi o‗ta xavflilikni
tashkil etuvchi sharoitlarni tavsiflaydi:
-
O‗ta namli;
-
Organikli muhitlar yoki kimyoviy aktivli;
-
O‗ta yuqori havflilikning bir vaqtda ikkitasi yoki ko‗pi borligi;
-
Yuqori havfli bo‗lmagan xonalar - bunday xonalarda - yuqori havf
tug‗diruvchi‖ va ―o‗ta xavflilik‖ sharoiti yo‗q.
|