Andijon mashinasozlik instituti mualliflar: Maxsudov Moxirbek Tolibjonovich Abdurashidov Eldorbek Ergashboy o‘g‘li




Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/199
Sana16.02.2024
Hajmi5,59 Mb.
#157767
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   199
Bog'liq
DARSLIK ETT montaj va ishlatish (6)

 
Bob bo‗yicha nazorat savollari. 
1.  Transformatorlarni ishlatishga qabul qilish bosqichlari qanday? 
2. Transformatorlarni nazorat qilishning vazifalanishi qanday? 
3.  Transformatorlar ishini qanday davrlarda nazoratdan oʻtkazib 
turiladi? 
4.  Tansformatorlarni 
tarmoqdan 
ajratish 
va 
tarmoqqa 
ulash 
operatsiyalarining bajarilishini tushuntirib bering. 
5.  Transformatorlarning ish rejimini tekshirish deganda nimani 
tushunasiz? 
6.  Transformatorlar ishonchli ishlashini ta‘minlash qay tartibda 
bajariladi? 
7.  Tansformatorlar moyining asosiy vazifalari qanday? 
8.  Moy holatini sinash natijalari orqali baholanganda, sig‗imiga qarab 
qaysi turlarga bo‗linadi? 
9.  Tansformatorlar moyining harorati necha gradusdan oshmasligi 
kerak? 
10. 
Tansformator kuchlanishi qay tartibda me‘yoridan ortiqcha 
bo‗lishi mumkin? 
16-BOB. PODSTANTSIYA KOMMUTATSION 
APPARATLARINI ISHLATISH 
§16.1 Ajratgichni ishlatish. Bo‗lgich va qisqa tutashtirgichlarni 
nazorat qilish. 
Elektr qurilmalarini ishlatishda, texnika xavfsizligi ta‘minlanishi 


189 
asosiy talablardan biri hisoblanadi. 
Ajratgich - bu kontaktli kommutatsion apparat, elektr zanjirlarini 
toksiz yoki kam tok bilan, o‗chirilgan holatda izolyatsiyalangan masofa, 
kontaktlar oralig‗ida xavfsizlikni ta‘minlash uchun ajratish va ulashga 
mo‗ljallangan. 
Ta‘mirlash davrida ajratgichlar bilan bo‗limlar orasida ko‗rinishli 
oraliq hosil qilinadi. Bu kuchlanish ostida qolgan va ta‘mirlashga 
chiqariladigan apparatlarni bir-biridan ajratib turadi. Ajratgichlar bilan tok 
ostida ajratish mumkin emas, ular yoyni o‗chirish moslamasiga ega emas, 
sho‗nga ko‗ra kontaktlar orasida elektr yoyi hosil bo‗ladi, shu sababli 
ajratgichlar, uzgichlar oldindan o‗chirilgan qurilmalar bo‗limlarini ulash va 
ajratish uchun foydalaniladi. Ajratgichlarni yuklama ostida ajratish o‗z-
o‗zidan katta nosozliklarga olib kelishiga sabab bo‗ladi. Statistik 
ma‘lumotlarga 
ko‗ra 
elektr 
tarmoqlarida 
sodir 
bo‗layotgan 
nosozlikliklarning 20-30% ajratgichlarni yuklama ostida qayta ulab- 
ajratishlar bilan bog‗liq. 
Ajratgichlarning tokni o‗chirish miqdoriga o‗ning konstruktiv 
tuzilishi (pichoqlarning gorizontal, vertikal joylashishi), qutblar orasidagi 
masofa, qurilma nominal kuchlanishi, shu sababli ruxsat etilish 
operatsiyasi qo‗llanma va direktiv ko‗rsatmalar orqali o‗rnatiladi. Misol 
uchun tansformatorlar, kuchlanishii yuklama ostida rostlash YuOR (РПН) 
li bo‗lganida, ularni oldin uyg‗onmagan (yuklanishsiz) holatga keltirish 
kerak, chunki magnitlanish tez kamayadi. Magnito‗tkazgichda induksiya 
kamayganida, bu keltirilgan kuchlanishga bog‗liq (16.1.1 - rasm). 
Bundan tashqari, yuklanishsiz tansformatorlami o‗chirishda avvalo 
oldin neytralini ishonchli erlash kerak, agar tansformator nominal ishlagan 
holatida neytrali erlanmagan bo‗lsa. Agar tansformator neytrali reaktor 
orqali еrga ulangan bo‗lsa, oldin o‗ni ajratish zarur. 

Download 5,59 Mb.
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   199




Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Andijon mashinasozlik instituti mualliflar: Maxsudov Moxirbek Tolibjonovich Abdurashidov Eldorbek Ergashboy o‘g‘li

Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish