Andijon mashinasozlik instituti mualliflar: Maxsudov Moxirbek Tolibjonovich Abdurashidov Eldorbek Ergashboy o‘g‘li




Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/199
Sana16.02.2024
Hajmi5,59 Mb.
#157767
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   199
Bog'liq
DARSLIK ETT montaj va ishlatish (6)

Betonli reaktorlar 
Reaktorlar yirik quvvatli elektr qurilmalarini Q.T. toklaridan 
chegaralash, 
bundan 
tashqari 
shinalarda, 
reaktor 
orqasidagi 
jaroxatlanishlarda kuchlanishni ma‗lim bir me‗yorda ushlash uchun xizmat 
qiladiadi. 
Hozirgi vaqtda alyuminiy o‗tkazgich chulg‗amli betonli reaktorlar 
keng tarqalishga ega bo‗ldi, reaktorolar bir necha qatlamli kabel qog‗ozi 


100 
bilan va paxta qog‗ozli to‗qima bilan qoplanadi. Chulg‗am maxsus qafasga 
o‗raladi, keyinchalik esa ma‘lum bir joylariga beton qo‗yiladi. Beton 
ustunlarni tashkil toptiradi, ular chulg‗amlar o‗ramlarini mahkamlaydi, 
ularni o‗z og‗irligi va elektr dinamik kuchlanishlar Q.T. toki natijsaida 
siljib ketishiga yo‗l qo‗ymaydi. 
Erlangan konstruksiyalarda reaktor izolyatsiyasi, vertikl o‗rnatilganda 
esa, va yana qushni fazalar tayanchlari izolyatorlar yordamida amalga 
oshiriladi. 
Reaktorlarni montajdan oldin tekshirishdan o‗tkaziladi. Izolyatsiya va 
ustunlarida nuqsonlar (yoriq va singan еrlari) laklangan ustun yuzalarida 
buzilish bo‗lmasligi kerak; atrof-muhit harorati 15-20 С da izolyatsiya 
qarshiligi 50 MOm RB-6 va 100 MOm RB-10 turli reaktorlar uchun 
ko‗satilganidan kam bo‗lmasligi kerak. Agar o‗lchangan izolyatsiya 
qarshiliklari ko‗rsatilganidan kam bo‗lsa, u holda ularni ishlab chiqargan 
korxona pasport ma‘lumotlari bilan taqqoslash zarur; o‗lchangan 
izolyatsiya qarshiligi ishlab chiqargan korxona o‗lchagan haroratdagi 
izolyatsiya qarshiligini 70% dan kam bo‗lmasligi talab qilinadi. 
Reaktor kuchli magnit maydonini tashkil qilishi mumkin, shu sababli 
bir necha turdagi himoya usullari qo‗llaniladi: 
Reaktorning eng chetki bo‗linmasi xona ichidagi po‗lat tuzilishgacha 
bo‗lgan oraliq (konstruksiyagacha) reaktor diametrining yarmidan kam 
bo‗lmasligi kerak; po‗lat tizimi va o‗tkazgichlar yopiq zanjirni tashkil 
qilmasligini nazorat qilish zarur; tayanch izolyatorlari nomagnit 
matyeriallar bilan suvoq qilinadi (armirovkalanadi), kontaktlar bolti 
nomagnit po‗lat va latundan tayyorlanadi va mahkamlanadi. 
Reaktor izolyatsiya qarshiligi qiymati kam bo‗lganida issiq havo 
purkovich yordamida olovbardosh kamerada quritilishi kerak. 
Kabel qog‗ozi mato-qog‗ozli tasma bilan o‗rab qoplanadi. Chulg‗am 
o‗ramlarini maxsus ustunlarda yuqori sifatli beton qo‗yib mahkamlanadi. 
Beton qo‗rigach ustunlarni namga chidamli izolyatsiyalovchi laklarga 
shimitib to‗la quritiladi. 
Betonli reaktorlarning ishlashi ishonchli va barqoror, lekin doimo 
ko‗zatuv ostida bo‗lishini talab qilinadi, chunki nosozlik, halokat (avariya) 
reaktorlarni tiklab bo‗lmaydigan og‗ir oqibatlarga olib keladi. 
Quritish jarayonida issiq havoni to‗g‗ridan-to‗g‗ri beton ustunlarga 
yo‗naltirilmasligi kerak, qizdirish harorati 90 С dan ko‗p bo‗lmasligi zarur. 
Reaktor In tokining 75% maromli tok ostida samarali quritish ishlari 
bajariladi. Kameraga kiruvchi havo harorati 110-120С bo‗lganida 
chulg‗amlar izolyatsiya qarshiligi 6 M Om dan kam bo‗lmasa 6-8 soat 
oralig‗ida bir tekis bo‗lsa, quritish tamomlangan deyiladi. 


101 
Quritish tugatilgach beton ustunlarni tabiiy olif bilan qoplash kerak, 
havo 65 С ga pasayganida ikkinchi marta laklanadi. Har bir laklashdan 
keyin 5-6 soat pishiriladi, yana havo haroratini 110-120 С ga ko‗tarish 
zarur. Reaktorni quritish jarayonida yong‗indan himoya tadbirlari 
bajarilishi kerak. Reaktorlarni montaj qilishda beton ustunlar holati 
izolyatorlar va g‗altaklar tekshiriladi. Betondagi lak qoplamalar butun va 
uzluksiz bo‗lishi zarur. O‗ramlar pachoqlanmagan bo‗lishi kerak. 
Chulg‗am va tayanch izolyatorlari tilchalari (shtbirlar) oraliq o‗lchovlari, 
beton ustunlar izolyatsiya qarshiligi, 6 kV reaktorlar uchun 50 M Om va 10 
kV lar uchun 100 M Om dan kam bo‗lmasligi kerak. Reaktorlarni montaj 
qilishda, o‗rnatilish ko‗rinishiga qarab maxsus moslamalar yordamida 
ko‗tariladi.
6.3.1 va 6.3.2-rasmlarda reaktorlarni montaj oldi va montajdagi 
ko‗tarish usuli keltirilgan. 
Avvalo poydevorga yuqori fazasi ko‗tarib o‗rnatiladi, uni yuqoriga 
ko‗taradi. Keyin poydevorga o‗rta faza o‗rnatiladi, yuqorigini tushirib, uni 
o‗rta fazaga tushirib, o‗rta faza izolyatoriga mahkamlanadi, ikkala faza 
yuqoriga ko‗tariladi va pastki faza ustiga o‗rnatib mahkamlanadi. Faza 
reaktorlari ustma-ust joylashishini to‗g‗rilaganda qattiq kartondan 
qistirmalar qo‗yiladi. Ustma-ust (vertikal) montajda korxona fazalar 
tamg‗alariga oid bajariladi: (V- yuqorigi; C- o‗rta va N- pastki), gorizontal 
yoki pog‗onali montajdagi 6.3.2, 6.3.3-rasmlardagi,kabi bajariladi, oraliq 
masofalar ruxsat etilgan, loyihadagi kabi minimal bo‗lishi kerak. 

Download 5,59 Mb.
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   199




Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Andijon mashinasozlik instituti mualliflar: Maxsudov Moxirbek Tolibjonovich Abdurashidov Eldorbek Ergashboy o‘g‘li

Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish