Andijon mashinasozlik instituti rustamova feruzaxon mahmudjanovna arxitektura-qurilish yo




Download 426 Kb.
bet9/14
Sana05.12.2023
Hajmi426 Kb.
#111854
TuriReferat
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
автореферат на узбекском

Model 1.Rus tili xorijiytilsifatidao‘qitilishidamaxsuskasbiyfanlararobog‘likligi.
Shunday qilib, "Rus tili kasbiy maqsadlar uchun" o'quv qo'llanmasining og'zaki, yozma materiallarini tanlashda biz fanlararo bog‘likga tayandik (model 1). Kasbiy fanlar bir-biri bilan bog'liq, bir-birini to'ldiradi, arxitektura va qurilish yo'nalishi mutaxassislarini tayyorlash kompleksini ifodalaydi. Ushbu jarayonda biz darslik arxitektura v aqurilish yo'nalishlarining raqobatbardosh kadrlarini tayyorlash bo'yicha professional fanlar majmuasida alohida o'rin tutadi deb hisoblaymiz. Yuqoridagi fikrga aoslanib metodikada yangi yangi termin “ atamalar laboratoryasi” ( ruschada лаборатория терминов; ing.lab of terms) kiritishni taklif qildik. Ta’lim jarayonida maxsus fanlar atamalarini kasbiy faoliyatga yo‘naltirilgan RTXTS bilan o‘zaro bog ‘likligini ko‘rsatib o‘tdik.
Bu esa izlanishlar davomida ilmiy ishda kasbiy leksikani tanlash va mutaxassislik bo'yicha terminologik lug'atlarni yaratish usullarini o'rganishni taqozo etdi.
Hozirgi vaqtda kasbiylik bo'yicha tilni hisobga olgan holda kasbiy leksika materialini tanlash masalasi lingvodidaktikada ma'lum darajada yoritilgan. Ilgari, uzoq vaqt davomida ilmiy munozaralarda leksikani tanlash muammolari muhokama qilingan.
O'sha paytda rus akademigi N. M. Shanskiy asarlarida leksik minimalni tanlash masalasi yoritildi, keyin G. G. Gorodilova, S. G. Barxudarov, N. Z. Bakeeva, E. A. Bystrova, L. N. Novikov, V. I. Zimin va boshqalar munozaraga qo'shilishdi. Tadqiqotchilarning barcha ilmiy tadqiqotlari va maqolalari "Xorijda rus tili","Milliy maktabda rus tili"jurnallari sahifalarida paydo bo'ldi. Binobarin, lug'atlar tipologiyasining ahamiyati to'g'risida L. V. Shcherba shunday deb yozgan edi: "leksikografiyaning birinchi savollaridan biri, albatta, har xil turdagi lug'atlar masalasidir. Bu to'g'ridan-to'g'ri amaliy ahamiyatga ega va har doim qandaydir tarzda emperik tarzda hal qilingan. Ayni paytda, u ochilishi kerak bo'lgan bir qator nazariy qarama-qarshiliklarga asoslanadi6."Olimlar tadqiqotlari bugungi kunda ham dolzarb bo'lgan muammolar doirasini aniqlashga harakat qilishdi. Yevropa mamlakatlari olimlari guruhi E. Torndike, M. Vest, Grin Logman, ko, A. Kilgarif, N. Shmidt, A. Gronika, N. Jeykobson, Bates, Shtaynfeldt va boshqalar ham kasbga yo‘naltilgan leksikani tanlash muammolarini ko'rib chiqdilar. Ular ushbu bosqichda o'quv leksikografiyasining rivojlanishini, o'quv lug'atlarini tuzishini, ularni tuzish nazariyasi va amaliyotini ta'kidladilar, ayniqsa, kommunikativ yo'naltirilgan xarakterdagi minimal lug'atlar muhimroq edi.
Nofilologik OTMida xorijiy tillarni o'qitishni o'rganib chiqib, biz ko'p tilli terminologikl ug'atlarning minimal darajasiga bo'lgan ehtiyoj kasbga yo'naltirilgan OTMlarda chet tillarini o'qitishning muhim va asosiy bo'g'ini degan xulosaga keldik.

Download 426 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 426 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Andijon mashinasozlik instituti rustamova feruzaxon mahmudjanovna arxitektura-qurilish yo

Download 426 Kb.