Aндижoн машинасозлик институти




Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/19
Sana12.05.2023
Hajmi1.22 Mb.
#59005
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Aндижoн машинасозлик институти

4. ASOSIY QISM 
Transmissiya dvigateldan yetakchi g’ildiraklarga burovchi moment uzatadi. 
Bu jarayonda burovchi moment qiymati o’zgaradi. 
Dvigatel bilan yetakchi g’ildiraklar o‘rtasidagi bog‘lanishga ko‘ra 
transmissiya mexanik, gidrohajmli, elektrik, kombinatsiyalashgan (gidromexanik, 
elektromexanik) turlarga bo‘linadi. 
Zamonaviy avtomobillarda, asosan, mexanik transmissiya qo'llaniladi (4.1- 
rasm). 
4.1-rasm. Avtomobillar transmissiyalarining sxemalari. a-orqayuritmali; b-
oldyuritmali; d-to’layuritmali; e-elektrik (gidroxajmli); 1-dvigatel; 2-ilashish 
muftasi; 3-uzatmalar qutisi; 4-kardanli uzatma; 5-yetakchi ko’prik; 6-burchak 
tezliklari teng sharnirlar; 7-taqsimlash qutisi; 8-generator (gidronasos); 9-
elektrodvigatel (gidromotor). 


- 16 - 
Orqayuritmali avtomobillarda (4.1a-rasm) burovchi moment ilashish muftasi 
(2), uzatmalar qutisi (3), kardanli uzatma (4), yetakchi ko’prik (5) orqali uzatiladi. 
Yetakchi ko’prikda asosiy uzatma, differensial va yarimo’qlar joylashgan. 
Old yuritmali avtomobillarda dvigatel ko’ndalang joylashtiriladi (4.1b-rasm). 
Bu holda dvigatel, ilashish muftasi, uzatmalar qutisi, asosiy uzatma va differensial 
bitta blokda joylashtiriladi. Unda yetakchi g’ildiraklarga burovchi moment kardanli 
uzarma 4 orqali uzatiladi. 
To’la yuritmali avtomobillarda (4.1d-rasm) taqsimlash qutisi (7) qo’llaniladi. 
Elektrik va gidroxajmli transmissiya sxemalari o’xshashdir (4.1e-rasm). 
Elektrik transmissiyada dvigatel (1) generatorni (8) harakatga keltiradi. Elektr toki 
yetakchi g’ildiraklarning elektrodvigatellariga (9) uzatiladi. Ichiga elektrodvigatel 
o’rnatilgan g’ildirak “electromotor g’ildirak” deb ataladi. 
Gidroxajmli transmissiyada (4.1e-rasm) dvigatel (1) gidronasosni (8) 
harakatlantiradi. Gidronasos trubalar orqali gidromotorlar (9) bilan ulangan. 
Gidromotor vali yetakchi g’ildirak bilan ulangan. Suyuqlik bosimi yetakchi 
g’ildirakda mexanik energiyaga aylanadi. 
Zamonaviy avtomobillarda o’lchamlari va massasi nisbatan katta bo’lmagan, 
tezyurarligi hisobiga yuqori quvvat hosil qiladigan dvigatellar qo’llanilmoqda. Biroq 
shunga qaramay, bu dvigatellar vallarida hosil bo’ladigan burovchi moment (agar 
bu momentni o’zgartirmasdan to’g’ridan-to’g’ri avtomobilning yetakchi 
g’ildiraklariga uzatilsa) avtomobilning turli yo’l sharoitlarida yura olishiga yetarli 
emas. Avtomobilning harakatlanishi uchun uning yetakchi g’ildiraklaridagi 
burovchi momentni oshirish qisman uzatmalar qutisi yordamida bajarilishini 
yuqorida aytib o’tilgan. Lekin avtomobil ish mobaynida ko’p vaqt nisbatan katta 
tezlik bilan to’g’ri uzatmada harakatlanadi. Demak, to’g’ri uzatmada, dvigatel 
validagi burovchi moment o’zgarmasdan, ya’ni avtomobilning yura olishga yetarli 
bo’lmagan holda yetakchi g’ildiraklarga uzatilgan bo’lar edi. Shu sababli 
avtomobilning yetakchi g’ildiraklaridagi burovchi momentni (aylanishlar 
chastotasini kamaytirish hisobiga) zarur miqdorga oshirish uchun transmissiyaga 

Download 1.22 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Aндижoн машинасозлик институти

Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish