Aндижoн машинасозлик институти




Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/19
Sana12.05.2023
Hajmi1.22 Mb.
#59005
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Aндижoн машинасозлик институти

asosiy uzatma kiritiladi. 


- 17 - 
Asosiy uzatma – uzatayotgan burivchi momentni doimiy oshiruvchi 
shesternyali mexanizm. Asosiy uzatma uzatish soni uzatmalar qutisini ixcham, 
kardan uzatmani kam yuklanishli qiladi. 
Asosiy uzatmaning uzatish soni asosan dvigatelning quvvatiga va 
tezyurarligiga, 
shuningdek, 
avtomobilning 
massasi 
va 
qanday 
ishga 
mo’ljallanganligiga bog’liq bo’lib, u yuk avtomobillarida 6,5…9,0; yengil 
avtomobillarda esa 3,5…5,5 oralig’ida bo’ladi. 
Asosiy uzatmalar ilashishdagi tishli g’ildiraklarning soniga qarab yakka yoki 
qo’shaloq bo’lishi mumkin. 
Yakka uzatma bir juft tishli g’ildirak (shesternya)dan, qo’shaloq uzatma esa 
ikki juft tishli g’ildirak (shesternya)lardan iborat. 
Yakka asosiy uzatmalar konussimon, gipoidli, chervyakli va silindrik turlarga 
bo’linadi (4.2-rasm). 
Qo’shaloq uzatmalar esa, odatda, bir juft konussimon va bir juft silindrik tishli 
g’ildiraklardan tashkil topib, ular o’z navbatida ko’prik o’rtasida yaxlit joylashgan 
– markaziy uzatma yoki ikki qismga bo’lingan, ajratilgan uzatma bo’lishi mumkin. 
Yakka uzatmalar ko’pincha yengil yoki o’rta yuk avtomobillarida 
qo’llaniladi. Dvigateli oldida va yetakchi ko’prigi orqada joylashgan kompanovkali 
avtomobillarda konusli yoki gipoidli uzatmalar ishlatiladi. Komponovkasi old 
yuridmali bo’lgan yengil avtomobillarda (Nexia, Tico, Matiz) silindrik uzatmalar 
qo’llanilmoqda. 
4.2-rasm. Yakka asosiy uzatmalar sxemasi:


- 18 - 
a-konussimon; b-gipoidli; d-chervyakli; e-silindrik; 1-yetakchi shesternya; 2-
yetaklanuvchi shesternya; 3-chervyak; 4-chervyakli shesternya; 5-yetakchi val; 6-
yetakchi shesternya; 7-yetaklanuvchi shesternya; 8-differensial. 
Yakka asosiy uzatmalar uzatish soni odatda yengil va o’rta yuk 
avtomobillarida qo’llaniladi. Uzatishlarining soni oltigacha bo’ladi. 
Konussimon asosiy uzatmaning yetakchi (1) va yetaklanuvchi (2) 
shesternyalar o’qlari bir tekislikda bo’ladi. 
Gipoidli asosiy uzatma yetakchi (1) va yetaklanuvchi (2) shesternyalar o’qlari 
bir tekislikda yotmaydi. Yetakchi shesternya o’qi yetaklanuvchi shesternya o’qidan 
(4.2e-rasm) masofaga siljigan bo’ladi. Gipoidli asosiy uzatma konussimonga 
nisbatan gabariti kichik, shovqini past bo’ladi. 
Chervyakli asosiy uzatmada katta uzatish sonini olish mumkin. Uning foydali 
ish koeffitsienti nisbatan past. 
Silindrik asosiy uzatma dvigateli ko’ndalang joylashgan old yuritmali yengil 
avtomobillarda qo’llaniladi. Silindrik asosiy uzatma, dvigateli ko’ndalang 
joylashgan old yuritmali yengil avtomobillarda (Nexia, Tico, Matiz, Lasetti) 
qo’llaniladi. 
Qo’shaloq asosiy uzatmaning uzatish sonini ikki juft shesternyalar uzatish 
sonlari ko’paytmasiga teng. Qo’shaloq asosiy uzatma hisobiga gabarit kichik 
bo’ladi. 
Komponovkasiga ko’ra ular markaziy va ajratilgan turlarga bo’linadi. 
4.3-rasm. Qo’shaloq markaziy asosiy uzatmalar sxemasi: 1-yetakchi konussimon 
shesternya; 2-yetaklanuvchi konussimon shesternya; 3-yetakchi silindrik 


- 19 - 
shesternya; 4-oraliq val; 5-yetaklanuvchi silindrik shesternya; 6-defferensial; 7-
yarim o’qlar. 
Qo’shaloq markaziy asosiy uzatmada ikki juft shesternyalar bir karterda 
joylashtiradi. 
Qo’shaloq ajratilgan asosiy uzatmalarda bir juftlik shesternya markazda
ikkinchi juftlik g’ildirakda joylashtiriladi. G’ildirakdagi planetar reduktor shakli 
keng tarqalgan (4.4-rasm). 
4.4-rasm. Qo’shaloq ajratilgan asosiy uzatmalar sxemasi (a) va chizmasi (b). 
1-markaziy konussimon juft; 2-yarim o’q; 3-ko’prik qobig’i; 4-g’ildirak; 5-
toj(koronnaya) shesternya; 6-o’q; 7-satelit; 8-quyosh shesternya. 
Burovchi moment markaziy konussimon juftda (1) yarim o’qqa (2) uzatiladi. 
Uning shesternyasidan (8) burovchi moment ko’prik qobig’iga (3) mahkamlangan 
o’qda (6) erkin o’rnatilgan satelitlar (7) orqali toj shesternyaga (5) va g’ildirakka (4) 
uzatiladi. 
Qo’shaloq ajratilgan asosiy uzatma differensial va yarim o’qlar yuklanishini 
kamaytiradi, yetakchi ko’prik o’rta qism gabaritini kamaytiradi. Ko’prik bilan yo’l 
oralig’i kattalashadi. 

Download 1.22 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Aндижoн машинасозлик институти

Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish