Aндижoн машинасозлик институти




Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/19
Sana12.05.2023
Hajmi1.22 Mb.
#59005
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Aндижoн машинасозлик институти

3. ADABIYOTLAR SHARXI 
 
Ushbu bitiruv malakaviy ishimni yozishda Prezidentimiz I.A.Karimovning
asarlari to’plamlaridan, o’zbek va rus olimlarining ilmiy adabiyotlaridan, gazeta va 
jurnallardan hamda internet ma’lumotlaridan keng foydalandim.
Avtomobillar detallari va ularni ishlab chiqaruvchi texnologik jihozlarga 
texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash, ularning kundalik vazifalarini o’z vaqtida 
bajarilishi ularning ishlash davrini uzaytirilishini va uning ishonchliligini oshishini 
ta’minlaydi. Buning uchun yuqori sifat bilan ishlaydigan ta’mirlovchi va qayta 
tayyorlovchi korxonalar, shohobchalar va avtoservislar ichida avtomobillar 
qismlarini tayyorlaydigan bo’limlar barpo etish lozim. 
Quyida eng asosiy adabiyotlar, ma’lumotlar hamda ulardan olingan ilmiy 
ma’lumotlar sharxi keltirilgan. 
Karimov I.A. “Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni 
bartaraf etishning yo’llari va choralari”. O’zbekistonda qabul qilingan o’ziga xos 
islohot va modemizatsiya modeli orqali biz o’z oldimizga uzoq va davomli milliy 
manfaatlarimizni amalga oshirish vazifasini qo’yar ekanmiz, eng avvalo “shok 
terapiyasi” deb atalgan usullarni bizga chetdan turib joriy etishga qaratilgan 
urinishlardan, bozor iqtisodiyoti o’zini o’zi tartibga soladi, degan o’sha jo’n va 
aldamchi tasavvurlardan voz kechdik [1]. Shubxa yo’q jahon moliyaviy inqirozining 
ta’sirini kamaytirish va uning oqibatlarini bartaraf etish uchun bizda barcha zarur 
shart-sharoitlar mavjud. Bir so’z bilan aytganda, mamlakatimizda global inqirozning 
oqibatlarini, bugungi va ertangi kutiladigan ta’sirini hisobga olgan holda qat’iy, har 
tomonlama o’ylangan keng ko’lamli loyihalar bugun amalga oshirilmoqda [1]. 
Xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish bo’yicha xududiy dasturlarni tubdan 
qayta ko’rib chiqish va qishloq joylarda ularni aholi ayniqsa, yoshlarning 
bandligining, qishloqda xayot darajasini oshirishning muhim omili sifatida jadal 
rivojlantirishga doir qo’shimcha chora tadbirlar ko’rish zarur [2-4]. 
Karimov I.A. “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida xavfsizlikka tahdid, 
barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida hozirgi kunda davlatimiz 


- 12 - 
rivojlanish bosqichlarini bosib o’tmoqda. Iqtisodiy ijtimoiy rivojlangan davlatlar 
qatoriga kirish uchun O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni tez fursatda imkon 
boricha yuqori darajalarga olib chiqishi kerak. Energetika, kommunikatsiya, 
transport va ishlab chiqarish tizimlari shular jumlasidandir [5]. 
Xamroqulov O., Magdiev Sh. “Avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi” 
darsligida amaliy faoliyatidagi avtomobillar texnik ekspluatatsiyasining holati, ya’ni 
avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va joriy ta’mirlash, texnologiyasi, hamda 
avtotransport korxonalarda ishlab chiqarishda qo’llaniladigan texnologik jihozlar, 
harakatdagi tarkibga moddiy texnik ta’minotni tashkil qilish va resurslarni tejash 
usullari, avtomobil transportini turli ekstrimal tabiiy-iqlim va yo’l sharoitlaridagi, 
asosiy ishlab chiqarish bazalaridan ajralgan holdagi, hamda mahsuslashtirilgan 
harakatdagi tarkibning ekspluatatsiyasi, avtomobil transportining atrof muhitga 
zararli ta’sirining yo’nalishlari va ularni kamaytirish yo’llari keltirilgan [6]. 
Asatov E.A., Tojiboev A.A. “Ishonchlilik nazariyasi va diagnostika asoslari” 
o’quv qo’llanmasida transport vositalarining texnik holati, ishlash qobiliyati, qismi 
va birikmalarning har xil omillar ta’sirida eskirishi, eyilishi haqida tushuncha 
paytida ularga sarflanadigan ehtiyot qismlar uchun me’yorlar keltirilgan [7]. 
Xo’jaev B.A. “Avtomobillarda yuk va passajir tashish asoslari”. 
Mamlakatimizda turli avtomobil transport vositalari yordamida yuk va passajir 
tashish asoslari keltirilgan [8]. 
Xo’jaev B.A “YAgona transport tizimi va har xil transportlar o’zaro 
yondashuvi”. Darslikda respublikamizdagi barcha transport turlarining ahamiyati
ularning o’rni va istiqbollari, texnik-iqtisodiy xususiyatlari hamda ulardan maqsadga 
muvofiq foydalanish masalalari yoritilgan [9]. 
Qosimov G’.M. “Transport korxonalarida menejment”. Darsligida ishchi 
joylarida oshib borayotgan raqobat, xizmat vazifasi bo’yicha siljish, yangi bilimlarni 
egallash, yangi malakalarni paydo bo’lishi ishbilarmonlarning ortib borishi, yirik 
korxonalarda yangi tafakkur va g’oyalarni paydo bo’lishi va shu kabilar menejment, 
menejer, marketing va boshqa iqtisodiy-muhandislar oldiga qo’ygan murakkab, 
dolzarb masalalar yoritilgan [10]. 


- 13 - 
Xamraqulov O., Xamraqulov X., “Avtomobil detallari ishlash qobiliyatini 
qayta tiklash” o’quv qo’llanmasida avtomobillarni to’liq ta’mirlash jarayonida 
defektoskopiya asosida ajratilgan, ta’mirlanish kerak bo’lgan detallarni ishlash 
qobiliyatini tiklash uslublari va texnologiyalari hamda qo’llaniladigan jihozlar va 
materiallar bo’yicha ma’lumotlar mujassamlangan [11]. 
Fayzullaev E. va boshqalar “Transport vositasining tuzilishi va nazariyasi” 
darsligida avtomobil mexanizmi va tizimlarining vazifasi umumiy tuzilishi, ishlash 
printsipi va turlari keltirilgan [12]. 
Qodirov S.M. “Ichki yonuv dvigatellari” darsligida avtomobil, traktor, 
qismlariga bog’liq va yo’l qurish mashinalarining IYoDda sodir bo’ladigan 
jarayonlarning nazariyasi hamda ularning ish tsikli, vaqti va yonilg’i sarfiga ta’sir 
ko’rsatuvchi omillar tahlili jarayonlari ko’rsatilgan. Dvigatellarni sinash usullari 
hamda dvigatellarni tuzilishi keltirilgan [13]. 
Maxmudov G’.N. “Avtomobillarni elektr va elektron jihozlari” zamonaviy 
avtomobillarning elektr va elektron jihozlarini tuzilishi, ishlash printsiplari, ularda 
mumkin bo’lgan buzuqliklar hamda ularga TXK asoslari berilgan [14-16]. 
Gurin F.V., Klenikov V.D., Reyn V.V., “Avtomobilsozlik texnologiyasi”. 
Zavodlarda avtomobil ishlab chiqarish texnologiyasi asoslari va ularni qo’llash va 
takomollashtirish yo’llari berilgan [17]. 
Balbos M.M. “Osnovы texnologicheskiy ekspluatatsii avtomobiley”. 
Avtomobillarni ekspluatatsiya qilish, ularga TXK va ta’mir ishlarini o’tkazish 
bo’yicha yo’riqnomalar berilgan [18]. 
Shestopalov S.K. “Ustroystvo texnicheskoe obslujivaniya i remont legkovix 
avtomobiley”. YAngi avtomobillarning tuzulishi ularga TXK va remont ishlari 
bajarish texnologiyasi, zamonaviy ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish 
bo’yicha ko’rsatmalar berilgan [19]. 
Yu.Qirg’izboev, Z.Inog’omova, T.Rixsiboev “Texnik chizmachilik kursi” 
darsligida chizmalar haqida umumiy ma’lumotlar, chiziq turlari, shriftlarning 
yozilish tartiboti, masshtablar, chizmalarga qirqim berish usullari, burchak 


- 14 - 
shtamplarining ko’rinishi, chizmalarga o’lchamlar qo’yish usullari va shu kabi 
ma’lumotlar berilgan [20]. 
Babusenko S.M. “Traktor va avtomobillar remonti”. Dasrlikda traktor va 
avtomobillarni ishlatish va remont qilish holatlarida ularning ishonchliligini 
belgilovchi omillar belgilangan. 
Yo’ldoshev Sh.U. “Mashinalar ishonchliligi va ularni ta’mirlash asolari”. 
Darslikda mashinalar detallarining eyilishi asoslari to’g’risida fikr yuritilib 
mashinalar ishonchliligi va ta’mirlash jarayonlari bayon etilgan. 
G’.Yo.Yormatov, O.R.Yuldashev, A.L.Hamraev “Hayotiy faoliyati 
xavfsizligi“ darsligida ob-havo sharoiti va inson faoliyati, ishlab chiqarish 
muhitining ob-havo sharoiti, sanoat korxonalarida shamollatish qurilmalariga 
qo’yiladigan asosiy talablar, changlangan havoni tozalash qurilmalari, shovqindan 
saqlanish, texnika vositalarida xavf-xatarlar va ulardan muhofazalanish, elektr 
xavfsizligi, mehnatni muxofaza qilish qonunlari va tashkiliy asoslari va yong’inni 
oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlari to’risida kerakli ma’lumotlar berilgan [21]. 
Saidov D.M. Solid Edge V20 programma kompleksida avtomatik loyihalash 
asoslari. Ushbu darslikda mashinasozlikda va avtomobilsozlikda qo’llaniladigan 
detallar, uzellarning chizish ketma-ketliklari, detallarni bikrlikka hisoblash usullari, 
chekli elementlar usulidan foydalanib detalni ishonchlikka baholash yo’llari haqida 
ma’lumotlar keltirilgan [22]. 
O’quv adabiyotlardan tashqari internet ma’lumotlaridan ham keng 
foydalanildi [25-35]. 


- 15 - 

Download 1.22 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Aндижoн машинасозлик институти

Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish