|
-Rasm. Kyunyoning bug’ dvigateli bilan jixozlangan ekipaji
|
bet | 2/6 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 2,94 Mb. | | #243649 |
1-Rasm. Kyunyoning bug’ dvigateli bilan jixozlangan ekipaji
Mexanik I.P.Kulibin 1791-yilda Shamshurenkovning «o'ziyurar kolyaska» g'oyasini rivojlantirib, inson muskuli yordamida harakatga keladigan «samokatka»sini yaratdi. Rama ostida joylashgan maxovik ekipajning ravon yurishini ta'minlaydi (2-rasm). Undan tashqari «samokatka»da tezliklar qutisi va tormoz qurilmasi mavjud edi.
2-Rasm. Klubinning samokatkasi
Samokatning maksimal tezligi soatiga 30 kilometrni tashkil etib, kuzovga ikki odam joylashishi mumkin bo'lgan, uchinchi odam esa «samokat»ning orqasida turib uni oyoqlari bilan harakatga keltirar hamda ekipajni boshqarar edi. Klubinning «samokatka»si avtomobilning yaratilishidagi muhim ixtirolardan biri bo'ldi.
XIX asrning 80-yilligiga kelib, Amerika, Buyuk Britaniya va boshqa Yevropa davlatlarida neft qazib chiqarishning keng yo'lga qo'yilishi va neftni qayta ishlash zavodlarining barpo etilishi, benzinli yoki dizel yonilg'isida ishlaydigan ichki yonuv dvigatellari bilan (ichki yonuv dvigateli - bunday dvigatellarda issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylanish jarayoni dvigatelning ichida amalga oshiriladi) jihozlangan avtomobillarning takomillashishiga yetarli zamin tayyorlagan edi.
Germaniyadagi Reyn daryosi qirg‘og‘ida joylashgan Mangeym shahri dunyodagi birinchi avtomobilining vatani deb yuritiladi. 1885-yilning bahorida Karl Bens ichki yonuv dvigateli bilan jihozlangan uch oyoqli o'zi yurar aravani yaratdi (3a-rasm).
3-Rasm. Birinchi avtomobil: a-Karl Bens; b-Gotlib Daymler
Daymler Bensdan mustaqil ravishda o'zining havo bilan sovitiladigan benzinli dvigatelini yaratib, 1883-yili unga patent oladi. Dastlab Daymler bu dvigatelni maxsus velosipedga o'rnatdi. Velosipedning yon tomonlariga esa qulamasligi uchun roliklar o'rnatilgan. Shu asnoda Daymler tomonidan 1885-yili dunyoda birinchi mototsikl yaratildi.
Daymler Bensdan farqli ravishda 1886-yilda o'zining to'rt g'ildirakli avtomobilini yaratdi (3b-rasm).
Fransiya-Prussiya urushi «Daymler» avtomobillarining Fransiya bozoridagi mavqeiga jiddiy putur yetkazadi. Buni bartaraf etish uchun nemis markasi «Daymler»ni boshqa nom bilan almashtirishiga to'g'ri keladi, ya'ni «Daymler» markasi - firma savdo vakilining 12 yoshli qizining ismi «Mersedes» bilan almashtiriladi. «Mersedes» avtomobili shu tariqa dunyoga keladi.
Ko'p yillik raqobatdan so'ng 1926-yili «Daymler» va «Bens» firmalari birlashadilar, uch qirrali «baxtli yulduz» sobiq raqobatchining «lavr gardishi» bilan birlashtirilib, dunyoni o'zining avtomobillari bilan hayratga solib kelayotgan «Daymler-Bens» firmasi tashkil topdi. Firma «Mersedes-Bens» markasi ostida avtomobillar ishlab chiqara boshladi.
Amerikada Genrix Fort avtomobilsozlikni otasi hisoblanadi. U avtomobilsozlikda konveyer usulini olib kirdi va avtomobillarni keng miqiyosida ishlab chiqarishga asos bo'ldi.
1960-yilgacha avtomobil dvigatel quvvati har xil kattalikdagi o'lchov birliklarida o'lchanib kelindi. Shu yili o'tkazilgan og'irlik va o'lchamlarga bag'ishlangan XI xalqaro konferensiyada, yagona Xalqaro birliklar sistemasi (SI) qabul qilindi. Ushbu sistemaga binoan quvvat vattlarda (Vt) ifodalanadigan bo'ldi. Quvvat o'lchov birligi Djeyms Uatt sharafiga atalgan bo'lib Vt (Vatt) deb yoziladi. 1 ot kuchi (o.k.) 735 Vt (75 kg. m/s) ga teng. Buning ma'nosi shuki, agar mashina 75 kg yukni chuqurlikdan 1 sekund vaqt ichida 1 metr masofaga ko'tarsa, uning quvvati 1 o.k. ga teng.
|
| |