|
Avtomobil va traktorlarning energiya va kuch qurilmalari
|
bet | 4/6 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 2,94 Mb. | | #243649 |
Avtomobil va traktorlarning energiya va kuch qurilmalari
Dvigatel avtomobilning harakatlanishi uchun zarur bo‘lgan mexanik energiya xosil qiluvchi manba bo‘lib xizmat qiladi. Mexanik energiya esa dvigatelda yonilg‘i yonishi natijasida xosil bo‘lgan kimyoviy energiyaning issiqlik energiyasiga aylanishi natijasida xosil bo‘ladi. Dvigateldan olingan mexanik energiya bir qator mexanizm va agregatlar orqali yetakchi g’ildiraklarga yetkazib beriladi. Zamonaviy avtomobillarda, asosan, porshenli ichki yonuv dvigatellari o‘rnatiladi (karbyuratorli yoki siqish natijasida o‘z-o‘zidan alangalanuvchi dizel dvigatellari).
Kuch uzatmasi mexanizm va agregatlarning qo‘shilmasidan tarkib topgan bo‘lib, dvigatel validan kelayotgan burovchi momentni o‘zgartirgan holda yetakchi g’ildiraklarga uzatib beradi.
Avtomobil, g‘ildirakli va o‘rmalovchi-zanjirli traktorlarning umumiy konstruksiyasi. Asosiy agregatlari va mexanizmlari
Zamonaviy avtomobil juda murakkab mashina bo‘lib, u bir-biriga bog’liq holda ma'lum bir vazifani bajaruvchi bir necha mexanizm qurilma va qismlardan tashkil topgan. Ko‘pchilik avtomobillarning umumiy tuzilish sxemasi, ularning mexanizm va sistemalarining ishlash uslubi va ish sharoiti bir biriga o‘xshash. Shu sababli avtomobilning umumiy tuzilishini o‘rganish uchun ba’zi soddalashtirishlar kiritamiz.
Umuman olganda, avtomobil detallar, birikmalar, mexanizmlar, qurilmalar va tarmoqlar yig‘indisidan iborat.
Dеtal – mеxanizm va mashinalarning yig‘ish ishlarisiz tayyorlangan ayrim-ayrim qismlari (masalan, porshеn barmog’i, shеstеrnya va xokazo).
Uzеl – bir nеcha dеtallarning mashinada yoki mеxanizmda ma'lum mustaqil vazifani bajaruvchi birikmasi.
Mеxanizm – harakatni ma'lum tartibda uzatuvchi va o‘zgartiruvchi tuzilma.
Agrеgat – bir nеcha tuzilmalarni bir butun qilib birlashtirgan holda ishlovchi qurilma (masalan, avtomobil dvigatеli, uzatmalar qutisi, taqsimlash qutisi va yetaklovchi ko‘prik).
|
| |