• Transport avtomobillari
  • Yengil avtomobillar
  • Andijon mashinasozlik instiuti avtomobilsozlik fakulteti e. M. Yo’nalshi




    Download 2,94 Mb.
    bet5/6
    Sana19.05.2024
    Hajmi2,94 Mb.
    #243649
    1   2   3   4   5   6
    Tarmoq (sistema) - bitta umumiy vazifani bajaradigan qismlar yig’indisi (masalan, ta'minlash tarmog’i, moylash tarmog’i yoki sovitish tarmog’i va boshqalar).
    Avtomobillar, traktorlarning, tasniflanishi va ularning turlari
    Ba'zan avtomobillar kеng ko‘lamli maxsus ishlarni bajaradi. Avtomobillarni turli yo‘llar va xatto yo‘lsizlik sharoitlarida ham yura olishi, boshqaruvchanligi yaxshilanganligi, avtomobillardan foydalanish sifatining yuqoriligi avtomobillarni qulay transport vositasi ekanligini ko‘rsatadi va uning yanada rivojlanish va qo‘llanish ko‘lami kеngayishi uchun sharoit yaratadi.
    Avtomobil - quruqlikda harakatlanuvchi transport vositasi bo‘lib, mustaqil enеrgiya manbaiga ega bo‘lgan dvigatel bilan jihozlangan, hamda katta qulaylik va xavfsizlikka ega bo‘lgan holda rеlssiz yo‘llarda yuk va odamlarni tashishga yoki o‘ziga o‘rnatilgan qurilma yordamida maxsus ishlarni bajarishga mo‘ljallangan mashinadir.
    Transport avtomobillari yo‘lovchi, yuk va yuk-yo‘lovchi avtomobillar turlariga bo‘linadi.
    Yo‘lovchi avtomobillari yo‘lovchilarni tashishga mo‘ljallangan bo‘lib, ular o‘z navbatida ikkiga bo‘linadi: avtobuslar va yengil avtomobillar. Passajir avtomobillari sakkiztadan ko‘p o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lsa, avtobus, sakkiztadan kam o‘rinli bo‘lsa, yengil avtomobil dеb ataladi. Avtobuslar vazifasiga qarab shahar atrofida, shahar ichida, shaharlararo, ma'lum joylarda qatnaydigan va umumiy ishlarda foydalaniladigan bo‘ladi.
    Yuqorida aytilgan vazifalarga qarab avtobuslarda o‘rinlar soni 10 dan 80 gacha bo‘ladi. Uzunligiga qarab avtobuslar: 5 m - juda kichik (mikroavtobus), 6,0÷7,5 m kichik, 8,0÷9,5 m o‘rtacha, 10,5÷12,0 m katta va 16,5÷24,0 m bo‘lgan qo‘shaloq avtobuslarga ajratiladi.
    Yengil avtomobillar ikki, to‘rt, еtti hamda sakkiz o‘rinli bo‘ladi. Ularga o‘rnatilgan motorlarning ish hajmiga qarab, yengil avtomobillar bir-biridan farq qiladi: 1,2 l gacha mikrolitrajli - o‘ta kichik turkum, 1,2÷1,8 l - kichik litrajli turkum, 1,8÷3,5 l - o‘rtacha litrajli va 3,5 litrdan ortiq - katta litrajli.

    Download 2,94 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 2,94 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Andijon mashinasozlik instiuti avtomobilsozlik fakulteti e. M. Yo’nalshi

    Download 2,94 Mb.