|
Andijon mashinasozlik instiuti avtomobilsozlik fakulteti e. M. Yo’nalshi
|
bet | 6/6 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 2,94 Mb. | | #243649 |
Yuk avtomobillari yuk ko‘tara olish qobiliyatiga qarab: yengil vazn- 0,3÷1,0 t, kichik vazn-1,0÷3,0 t, o‘rtacha vazn -3,0÷5,0 t, katta vazn-5,0÷8,0 t va juda katta vazn-8,0 tonnadan ortiq yuk ko‘taradigan avtomobillarga bo‘linadi.
Transport avtomobillarining kuzovlarida bir vaqtning o‘zida yo‘lovchi va yuk tashilsa yuk-passajir avtomobillari dеb yuritiladi. Bunday avtomobillar asosan yengil avtomobillar turkumiga kirib, ular univеrsal kuzovga ega.
Maxsus avtomobillar ma'lum ishlarni bajarishga imkon bеradigan mеxanizm, qurilma va uskunalar bilan jihozlangan. Masalan, o‘t o‘chirish, ko‘cha supirish va yuk ortish avtomobillari.
Poyga avtomobillari sport avtomobillari bo‘lib, avtomobil-sport poygasida qatnashishga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Har xil yo‘llarda harakatlanish xususiyatiga qarab oddiy va o‘tag’on avtomobillar bo‘ladi:
Avtomobil qatnoviga moslashtirilgan qattiq qoplamali yo‘llarda harakatlanuvchi bitta o‘qi yetakchi bo‘lgan avtomobil oddiy avtomobil deyiladi.
Yomon va moslashtirilmagan yo‘llarda harakatlanuvchi ikkita yoki uchta o‘qi yetakchi bo‘lgan avtomobil o‘tag’on avtomobil deyiladi.
|
| |