Respublikamizda avtomobilsozlikning rivojlanish bosqichlari




Download 2,94 Mb.
bet3/6
Sana19.05.2024
Hajmi2,94 Mb.
#243649
1   2   3   4   5   6
Respublikamizda avtomobilsozlikning rivojlanish bosqichlari
Respublikamiz mustaqillikka erishgan kundan boshlab Prezidentimiz tashabbuslari bilan avtomobil sanoati rivojiga katta e'tibor qaratildi. Jumladan, 1992-yil iyun oyida Janubiy Koreya tashrifi chog'ida «Daewoo» zavodi bilan tanishib, hamkorlikda Andijon viloyati Asaka shahrida avtomobil zavodini qurish to'g'risida Memorandum imzolandi va shu tariqa «UzDaewoo» zavodiga asos solindi. 1996-yil 19-iyulda zavod ishga tushishi bilan O'zbekiston dunyodagi o'z avtomobiliga ega bo'lgan 28-davlatga aylandi.
«UzDaewoo» bu Markaziy Osiyodagi birinchi avtomobil ishlab chiqaruvchi zavod hisoblanadi. Zavod jahon standartlari talablariga javob beruvchi o'ta zamonaviy texnologiya bilan jihozlangan bo'lib, o'sha vaqtda umumiy hisobda yiliga 200 000 dona avtomobil (o'rta sinfli «Nexia» avtomobillari-100000 dona, «Tico» avtomobillari-50000 dona, «Damas» avtomobillari-50000 dona) ishlab chiqarish quvvatiga ega edi. Bu avtomobillarga ehtiyot qism va materiallarning o'zimizda mahalliylashtirish dasturiga asosan ishlab chiqarish joriy qilinmoqda. Tinimsiz izlanishlar natijasida «Tico» avtomobili o'rniga «Matiz», «Spark», «Damas» avtomobilining kuchaytirilgan varianti, «Nexia» avtomobili o'rniga «Nexia-2», «Lacetti» avtomobillari ishlab chiqarilib, Respublikamiz va chet mamalakatlarda avtoishqibozlar e'tiborini tortmoqda.
O'zbekiston avtomobil sanoatini yanada rivojlantirish maqsadida GM korporatsiyasi bilan shartnoma tuzilib, zavod «GM-Uzbekiston» qo'shma korxonasiga aylantirildi va quvvati yiliga 250000 donaga oshirildi.
Shu bilan bir qatorda 1999-yil Samarqand shahrida O'zbekiston-Turkiya qo'shma korxonasi «Sam-Koch-avto» zavodidan «Otoyo'l» markali kichik rusumdagi avtobuslar va ixtisoslashtirilgan yuk avtomobillari ishlab chiqarilib, ekspluatatsiya qilindi. Keyinchalik bu zavod negizida O'zbekiston-Yaponiya qo'shma korxonasi «SamAvto» zavodi tashkil etilib, bu zavoddan ham «Isuzu» markali kichik rusumdagi avtobuslar va ixtisoslashgan yuk avtomobillari ishlab chiqarilib, ekspluatatsiya qilinmoqda.
Shuningdek, Samarqandda yana bir O'zbekiston-Germaniya qo'shma korxonasi «MAN» yuk avtomobillari ishlab chiqarishga mo'ljallangan zavod o'z ishini boshlab yubordi.
Avtomobilning yuragi hisoblangan motor dunyoda sanoqli davlatlarda ishlab chiqariladi. Shu bois, «GM-Powertrain» zavodi qurilishi bilan O'zbekiston ham shu davlatlar qatoriga qo'shildi. Zavodning hozirgi kundagi quvvati yiliga 340000 dona dvigatel ishlab chiqarishga mo'ljallangan.

Download 2,94 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 2,94 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Respublikamizda avtomobilsozlikning rivojlanish bosqichlari

Download 2,94 Mb.