Masalaning qо‘yilishi va tadqiqot usuli




Download 39,17 Kb.
bet3/6
Sana14.02.2024
Hajmi39,17 Kb.
#156549
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Azimjonov S tezis

Masalaning qо‘yilishi va tadqiqot usuli. Avtomobilda tashuvchi esa YTH to‘g‘risidagi axborotni ikki xil ko‘rinishda yuqori tashkilotlarga tezkor yuborishi lozim. - hodisa to‘g‘risidagi dastlabki og‘zaki xabar; - hodisa to‘g‘risida yozma xabar yuborish; - to‘g‘ridan-to‘g‘ri monitoring sektoriga yoki navbatchi xodim orqali; - transport vazirligi tuzilmasining tegishli qismiga; - xududiy transport tashkilotlariga; - xududiy avtomobil transporti tashkilotlariga. Hodisa to‘g‘risidagi dastlabki xabarda og‘zaki ko‘rinishda YTH sodir qilingan sanasi, vaqti, joyi va oqibatlari to‘g‘risida qisqacha ma’lumot beriladi. Hodisa to‘g‘risida yozma xabar yuborish monitoring sektorida ma’lumot olingandan so‘ng bir sutkadan kechikmasdan faks yoki elektron pochta orqali harakat xavfsizligiga javobgar shaxs tomonidan yuboriladi [3].
YTH kelib chikish sabablarini o‘rganish va tahlil qilishning asosan ikkita uslublari bor: bir qancha YTH ni to‘plamini birgalikda va har bir sodir bo‘lgan YTH ni aloxida tahlil qilish uslublari. Birinchi uslubda ko‘plab YTH lari matematik statistika aparati yordamida tahlil qilinadi va ularning asosiy qonuniyatlari, sabablari va xolati oldindan aniqlanadi. Masalan, ko‘rilayotgan davr oralig‘ida YTH ning necha foizi transport vositalarining konstruksiyasidagi kamchiliklar, texnik nosozliklar, haydovchi va piyodalarning harakat xavfsizligi bo‘yicha qonun me’yorlarini buzilishlari yoki yo‘l sharoitini belgilangan talablarga javob bermasligi oqibatida sodir etilgani. Bu uslub yordamida YTH sonining o‘zgarishini bashorat qilish, ularni keltirib chiqargan omillar orasidagi bog‘liqlikni va boshqa ko‘rsatkichlarni aniqlash mumkin. Bunday tahlil Respublika, viloyat, shahar yoki korxonalar miqyosida sodir etilgan YTH ni bir-biri bilan solishtirish, ularni keltirib chiqargan sabablarini aniqlash va bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda tadbirlarning samaradorligini baholash uchun xizmat qiladi. Ayni damda birinchi uslubni maqsad va vazifalariga qarab YTHni tahlil qilishning miqdoriy, sifat va topografik usullariga ajratiladi.. YTHni miqdoriy usul bilan tahlil qilishda halokatlarning absolyut, nisbiy va solishtirma ko‘rsatkichlari o‘rganiladi [4].
Transport vositalarining tezligini oshirish, ishtirokchilarning yo‘l harakati qoidalarini bilmasligi, shuningdek mensimaslik mamlakat yo‘llarida ro‘y berayotgan bunday fojiali statistikaning asosiy sabablari hisoblanadi. Yo‘l harakati qoidalarining yo‘lovchilar tomonidan buzilishi faqat ularning salomatligiga xavf solsa, transport vositalari haydovchilarining bunday xatti-harakatlari o‘zlari, ham yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilari – boshqa transport vositalarining egalari, yo‘lovchilar va, ayniqsa, piyodalar uchun og‘ir oqibatlarga olib kelishi bilan xavflidir.

Download 39,17 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 39,17 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Masalaning qо‘yilishi va tadqiqot usuli

Download 39,17 Kb.