Andijon shaxridagi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joylaridagi yo‘l transport hodisalarini taxlil qilish. Azimjonov Samandar Baxtiyor oʻgʻli, Andijon mashinasozlik instituti, Transport va logistika fakulteti




Download 39,17 Kb.
bet2/6
Sana14.02.2024
Hajmi39,17 Kb.
#156549
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Azimjonov S tezis

Abstract: In this article, accidents, minor accidents and violations of traffic rules occur in the city of Andijan. Compiling a report on accident and organizing accounting work is one of the main areas of activity of traffic safety officers. Accident statistics are the basis of a comprehensive analysis to study the cause of the accident. The correct accounting of accidents in motor vehicles and the preparation of other preliminary documents on traffic safety are the basis for giving a true assessment of the work carried out on the prevention of accidents.
Key words: Car carrier, traffic rules, accounting for traffic accidents, internal affairs bodies, about incidents, statistical data, traffic safety officer, protocol and Europrotocols, quantitative method, qualitative method and topographic method, histogram and cyclogram, material damages.
Kirish. O‘zbekiston Respublikasi xududida yo‘l-transport hodisalarini hisobga olish tartibi to‘g‘risida Nizomga asosan yo‘l-transport hodisalarini hisobga olish ularning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini tahlil etish,shuningdek ushbu sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish maqsadida olib boriladi. Yo‘l-transport hodisalarini hisobga olish quyidagi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi:
-ichki ishlar organlari;
-faoliyati transport vositalaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan yuridik shaxslar;
-tasarrufida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko‘chalari bo‘lgan maxsus vakolatli va mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar;
-tibbiyot muassasalari tomonidan yo‘l-transport hodisalari tufayli halok bo‘lgan yoki tan jarohat olgan shaxslarning hisobi olib boriladi.
Yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha statistik hisobotga faqat yo‘l-transport hodisalari oqibatida halok bo‘lgan yoki tan jarohati olgan shaxslar mavjud bo‘lgan hodisalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi. Statistik hisobot idoraviy hisobot sifatida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Statistik hisobot O‘zbekiston Respublikasi hamda Qoraqolpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha yuritiladi. Yo‘l-transport hodisasiga oid barcha ma’lumotlar ichki ishlar organlari tomonidan statistik hisobotga asoslanib tayyorlanadi hamda vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarga belgilangan tartibda tegishli so‘rov asosida beriladi. Ichki ishlar organlarida yo‘l-transport hodisalarini hisobga olish va statistik hisobotlarni shakllantirish tartibi Nizomga asosan, quyidagilardan iborat: - Tuman (shahar) ichki ishlar bo‘lim (boshqarma)larining tegishli tarkibiy bo‘linmasi tomonidan yo‘l-transport hodisalarining kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini o‘rganish, ularni bartaraf etish maqsadida tegishli hududda sodir tbo‘lgan har bir yo‘l-transport hodisalarini hisobga olish. Toshkent shahrida yo‘l-transport hodisalarini hisobga olish Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan olib boriladi [1].
Yo‘l harakati xavfsizligining ishonchli ta’minlanishi xaydovchilar va pyodalarning hayoti va salomatligini ta’minlash yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunda BMT Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra og‘ir jarohatlarga olib keladigan shikastlanishlar orasida kriminal jarohatlardan so‘ng yo‘l-transport hodisasi ikkinchi o‘rinni egallaydi. Har yili 1,2 millionga yaqin odam yo‘l-transport hodisasi qurboni bo‘lmoqda, qariyb 50 million kishi turli og‘irlikdagi jarohatlar olmoqda [2].

Download 39,17 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 39,17 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Andijon shaxridagi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joylaridagi yo‘l transport hodisalarini taxlil qilish. Azimjonov Samandar Baxtiyor oʻgʻli, Andijon mashinasozlik instituti, Transport va logistika fakulteti

Download 39,17 Kb.