Xavfsizlik (безопасность, security)
- 1.
Tizim yoki tarmoq axboroti
muhofazasini, saqlanishi, ishonchliligini va puxtaligini ta’minlash qobiliyati. 2.
Obektning tasodifiy va ataylab qilingan tahdidlarga qarshi tura olish qobiliyati.
Xavfsizlik ma’muri (администратор безопасности, security administrator)
-
ma’sul mansabdor shaxs. U o’rnatilgan ish maromi doirasida ikki davrda o’z
vakolatlariga muvofiq belgilangan tartibda axborot bo’yicha ish olib boradi.
Ya’ni, u ham axborot muhofazasi bilan muntazam shug’ullanadi, ham
axborotlashtirish obekti (ma’lumotlarni uzatish tarmog’i)
ni sanoat miqyosida
ishga solish va uni ishlatish bosqichlari davrida
zarur muhofaza darajasini
ta’minlash bo’yicha ish olib boradi.
Xavfsizlik obekti (объект безопасности, security object)
-
tizimning passiv
tizimlashgan tashkil qiluvchisi. Unga xavfsizlik uslubiyati qo’llaniladi.
Xost (Хост, Host)
- maxsus Kompyuter yoki ularning guruhi bo’lib,
Internetga
to’g’ridan-to’g’ri ulanadi. Tarmoqdagi boshqa Kompyuterlarga o’z resurslaridan
foydalanish imkoniyatini beradi.
Xosting (Хостинг, Hosting)
- mijozlarning Web-saytlarini
Web-serverlarda
joylashtirish va doimiy ravishda faoliyat yuritishini ta’minlash xizmati.