boshqa umumiy foydalanish mumkin bo’lgan tizim
bilan ulanganda bevosita
xizmatni taqdim qilish. O’zgacha qilib aytganda, foydalanuvchi
bilan bevosita
o’zaro aloqada ishlash maromi (foydalanuvchi talabnomalarini paket ishlash
tizimlaridan farqli). 2. On-line (sifat).
- elektron, tarmoqli nashrlarga,
ma’lumotlar bazalariga nisbatan. Masalan, online
magazine - tarmoq jurnali; -
online documentation – tarmoq dasturining ichiga o’rnatilgan elektron shakldagi
hujjatlar; online help – ichiga o’rnatilgan aytib turish.
Onlayn (Онлайн, On-line)
- tarmoqqa ulangan holatda ishlash tartibi.
Onlayn texnologiyalar (онлайновые технологии, online technologies)
-
tarmoq
axborot fazosida, haqiqiy vaqtda axborotni sinxron almashuvini
ta’minlab
beruvchi, xabarlarni kommunikattsiya vositalari: «suhbat kanallari»
(chatlar), audio- va videokonferentsiyalar va boshqalar.
Oyna (Окно, Window)
- ekranning to’g’ri to’rtburchak shaklida chegaralangan
qismi bo’lib, unda dasturlarning ishlashi yoki jarayonlarning
borishi ifoda
etiladi. Windows operatsion tizimi muhitida bir vaqtda bir qancha oynalar bilan
ishlash mumkin. Oyna bilan bajarish mumkin bo’lgan amallarga oynani yopish,
bir joydan boshqa joyga ko’chirish, o’lchamini o’zgartirish, yig’ishtirish
kabilarni kiritish mumkin.