o’zgaruvchilarning nomi,
buyruqlar va komandalar; foydalanuvchining
interfeysi uchun xos bo’lgan grafik ob’ektning ma’lum qismi bo’lib,
uning
o’lchami, shakli kabi parametrlarini o’zgartirish imkoniyati beradi.
Masofadan o’qitish (Дистанционное обучение, Distance learning)
- o’quv
jarayoni
zamonaviy axborot
va
telekommunikatsion
texnologiyalarlar
yordamida tashkil etilib, o’qituvchi va o’quvchi orasidagi masofa va munosabat
e’tiborga olinmaydigan o’qitish.
Masofadan o’qitish kurslari (Курсы дистанционного образования, Distance
education course)
- tartiblangan o’quv dasturi, ko’zlangan maqsad, egallanilishi
kerak bo’lgan bilim, malaka, ko’nikmalar aniq belgilab qo’yilgan o’quv kursi.
Kurslar axborot va kommunikatsion vositalar yordamida va malakali
o’qituvchilar yordamida tashkillashtiriladi.
Masofadan o’qitishning pedagogik texnologiyalari (Педагогические
технологии дистационного обучения, Pedagogical technologies of
distance learning)
- o’qitishning usul va uslublari majmuasi bo’lib, o’quv-
tarbiyaviy jarayonni amalga oshirish masofadan tashkil etiladi.