Glossariy
Animatsiya (Анимация, Animation)
- Bir necha tasvir yoki kadrlarni ko’rsatish
orqali yaratiladigan harakat taqlidi. Televideniedagi multfilmlar animatsiyaning
bir turidir. Kompyuterlardagi animatsiya ko’ptashuvchili
taqdimotlarning eng
asosiy tarkibiy qismlaridandir. Kompyuter monitorida ko’rish mumkin bo’lgan
animatsiyalarni yaratish imkonini beruvchi ko’plab dasturiy qo’llanmalar
mavjud. Animatsiya va video o’rtasidagi farqqa e’tibor bering. Video davom
etuvchi harakatdan iborat bo’lib, diskret kadrlarga bo’lingan bo’lsa, animatsiya
mustaqil
rasmlar bilan boshlanib, ularni davom etuvchi harakat tasavvurini
yaratish uchun birlashtiradi.
Elektron matn (Электронная консультастия, Electronic text)
–
Axborot
tizimining
xotirasiga
yozilgan
matn
(hujjatlar,
kitoblar,
oynomalar,
ma’lumotnomalar va h.k.). elektron matnlar tizimlarda joylashgani sababli,
o’quvchilar (foydalanuvchilar) oldida yangi imkoniyatlar ochiladi.
Matnning
ixtiyoriy tahlilini bajarish, kerak bo’lgan qatorlar, xatboshi, bo’lim va h.k.larni
topish mumkin.