Keskich va yordamchi asboblarni tayyorlash




Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana28.03.2023
Hajmi0.76 Mb.
#47305
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
AMALIY MASH.GA NAMUNA p65-77
Документ Microsoft Word, Узбекистон ПТЗ устави, Маҳмудбоева Феруза (4), dinara opa, Masofaviy ta’lim modellari, Tiggo-7-Pro-price-UZ, TALABA, Madeniyat filosofiyasinin konseptual tiykarlari, k-krak -afasi va -l suyaklari sinishlari, 7-Mavzu, 1-amaliy ish, KDIRBAYEV NADIRBEK, Hajm birliklari, О‘zbekistonda oliy ta’lim sohasida olib borilgan islohotlar va u-fayllar.org (1)
Keskich va yordamchi asboblarni tayyorlash
noaniqligi va ularning yeyilishi
Keskich va yordamchi (mahkamlash moslamasi, opravkalar, pat-
ronlar, ushlagichlar, borshtangalar) asboblarni tayyorlash aniqlik da-
rajasi ishlov berish aniqligiga katta ta’sir qiladi.
Xatoliklar o‘lchamli asboblar (parmalar, zenkerlar, protyajka-
lar, shakldor asboblar) qo‘llanilganda ham paydo bo‘lishi mumkin. 
O‘lchamli asboblar xatoligi ishlov berilayotgan zagotovkaga o‘tadi, 
shu sababli asboblarni tayyorlash aniqligi oshishi bilan detallarni 
tayyorlash aniqligi ham oshib boradi. 
Asboblar o‘lchamlari uchun ruxsat etilgan noaniqliklar standart-
lar bilan reglamentlanadi. Bu u yoki bu asbobdan foydalanib detalni 
tayyorlashda, ma’lum aniqlikni ta’minlash imkonini beradi.
Asbobning yeyilishi ham ishlov berish aniqligiga sezilarli ta’sir 
qiladi. Asboblarning oldingi sirti (qirindi bilan ishqalanish natijasida) 
va orqa sirti (zagotovka bilan ishqalanish natijasida) yeyilishi mum-
kin. Asbobning old sirti yeyilganda yeyilish chuqurchasi, orqa sirti 
yeyilganda esa yeyilish yuzasi hosil bo‘ladi. Odatda asbobning orqa 
sirti bo‘yicha yeyilishi ishlov berish aniqligiga kuchliroq ta’sir etadi. 
Ammo ishlov berish sharoiti va ishlov berilayotgan material turiga 
qarab, old sirti yeyilish ta’siri kuchliroq bo‘lishi yoki ikkala xil ye-
yilish ta’siri bir xil bo‘lishi mumkin.
Kesish qirrasining o‘tmaslashishi kesish kuchining radial ta’sir 
etuvchisi oshishiga, binobarin, butun texnologik tizimning deforma-
tsiyalanishiga olib keladi.
Kesish asbobi yeyilishining kesish yo‘liga bog‘liqligi kesish qirra-
sining moslashish va normal yeyilish qismlari mavjudligi bilan tav-


73
siflanadi. U o‘lchamli yeyilish orqali ifodalanadi va nisbiy o‘lchamli 
yeyilish bilan tavsiflanadi.
Moslamani ekspluatatsiya qilish jarayonida o‘rnatish elementlari-
ning jadal yeyilishi yuz beradi. O‘rnatish elementlari yeyilishi mos-
lamani 1 mkm ga yeyilishiga sabab bo‘luvchi o‘rnatishlar soni bilan 
tavsiflanadi.
Yakka tartibda ishlab chiqarishda asbobni o‘lchamga moslab 
o‘rnatish detalni tayyorlovchi ishchi tomonidan bajariladi. Seriyali 
va yalpi ishlab chiqarishda esa zagotovkalarga sozlovchi tomonidan 
o‘lchamga sozlangan stanoklarda ishlov beriladi.
Yakka tartibda ishlab chiqarishda kerakli o‘lcham yordamchi 
o‘tishlar orqali sinov qirindi olish usuli bilan olinadi. Bunda detal 
yuzasining kichik qismidan yupqa qirindi qatlami kesib olingani-
dan keyin hosil bo‘lgan o‘lcham asbob bilan o‘lchanadi. Natijaga qa-
rab kesish asbobi limb bo‘yicha yoki indikator ko‘satkichi bo‘yicha 
yakuniy o‘lchamga sozlanadi. Ammo keyinchalik ishlov berishda de-
tal yuzasining sinov qirindi olingan va olinmagan qismlarida kesish 
chuqurligi har xil bo‘lishi qo‘shimcha xatoliklar keltirib chiqaradi. 
Talab qilingan o‘lchamni avtomatik tarzda olish eng takomillash-
gan usuldir. Bu usulda talab qilingan o‘lchamga stanoklar oldindan 
sozlanadi, ya’ni stanok, moslama va asbobning ishchi zvenolari 
shunday o‘zaro joylashish holatiga keltiriladiki, bunda stanok aso-
siy va surish harakatlarini bajarishi natijasida talab qilingan o‘lcham 
avtomatik tarzda kelib chiqadi. 
Zagotovka moslamaga o‘rnatilganda u ma’lum o‘lchamga o‘rnatil-
gan asbobga nisbatan aniq bir holatni qo‘shimcha sozlamasdan 
avtomatik tarzda egallaydi. Asbobning detalga nisbatan egallagan 
holati partiyadagi barcha detallarga ishlov berib bo‘lmaguncha yoki 
asbob o‘tmaslashib, uni alamashtirish zarurati yuzaga kelmaguncha 
o‘zgartirilmaydi.
Asbob almashtirilganda uni qayta o‘rnatish xatoligi ham ishlov 
berish noaniqligini keltirib chiqaradi.


74

Download 0.76 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Keskich va yordamchi asboblarni tayyorlash

Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish