Stanoklarning geometrik noaniqliklari




Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana28.03.2023
Hajmi0.76 Mb.
#47305
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
AMALIY MASH.GA NAMUNA p65-77
Документ Microsoft Word, Узбекистон ПТЗ устави, Маҳмудбоева Феруза (4), dinara opa, Masofaviy ta’lim modellari, Tiggo-7-Pro-price-UZ, TALABA, Madeniyat filosofiyasinin konseptual tiykarlari, k-krak -afasi va -l suyaklari sinishlari, 7-Mavzu, 1-amaliy ish, KDIRBAYEV NADIRBEK, Hajm birliklari, О‘zbekistonda oliy ta’lim sohasida olib borilgan islohotlar va u-fayllar.org (1)
Stanoklarning geometrik noaniqliklari
Stanokning hali yuklanmagan holatdagi aniqligi uning geometrik 
aniqligi deyiladi. Bu aniqlik stanok detallari va uzellarining qay da-


71
rajada aniq tayyorlangani va ularni yig‘ish aniqligiga bog‘liq bo‘la-
di. Detallar o‘lchamlari va shakllaridagi hamda detallarning o‘zaro 
joylashuvidagi xatoliklar stanokning geometrik xatoliklari deyiladi.
Bu xatoliklarning qiymati stanok yuklanmagan holda, uning qism 
va uzellari harakatsiz bo‘lganda yoki ularni qo‘lda sekin harakatlan-
tirib tekshiriladi. Tekshirishlar o‘lchash asboblari, indikatorlarga ega 
bo‘lgan moslamalar, aniq lineykalar, adilaklar kabi o‘lchash vositalari
yordamida amalga oshiriladi. 
Aniqlik me’yorlari va tekshirish usullari standartlar bilan regla-
mentlangan. Masalan, tokarlik va frezalash stanoklari shpindellari 
chekka qismining yuklanmagan holatdagi radial tepishi 0,01 ... 0,015 
mm gacha bo‘lishiga ruxsat etiladi. Tokarlik stanoklari va bo‘ylama 
randalash stanoklari yo‘naltirgichlarining 1000 mm uzunlikdagi to‘g‘ri 
chiziqdan va parallelikdan og‘ishi 0,02 mm gacha ruxsat etiladi, butun 
uzunligi bo‘yicha esa chekli og‘ishi 0,08 mm dan oshmasligi kerak. 
Vaqt o‘tishi bilan stanoklar qismlari yeyilib boradi, ularda tayyorla-
nayotgan detallardagi xatoliklar ham orta boradi. Shu sababli ma’lum 
vaqt o‘tishi bilan stanoklarning aniqlik darajasi tekshirb turilishi, ularga 
zaruriy xizmatlar ko‘rsatilishi va ta’mirlanib turishi zarur. Ekspluatatsi-
yadagi metall kesish stanoklarida avvalo eng katta solishtirma yuklama 
ostida bo‘ladigan bir-biriga nisbatan harakatlanuvchi detallari yeyiladi.
Tozalik va moylab turish ta’minlanmagan ish joylarida abraziv 
changlarning mavjudligi ishqalanib ishlovchi detallar yeyilishini tez-
lashtiradi.
Tokarlik stanoklarining shpindellari va podshipniklari yeyilishi
detalning geometrik noaniqligi ortishini keltirib chiqaradi. Bu sta-
noklarda yo‘naltiruvchilarning yeyilishi stanok old va orqa babkalar 
markazlarining o‘qdoshligi buzilishiga va pirovard natijada detal 
geometrik xatoligi hamda shakl xatoligi oshishiga olib keladi.
Moslama aniqligi ham ishlov berilayotgan detal aniqligiga ta’sir 
qiladi. Masalan, konduktor orqali detalga ishlov berishga moslangan 
parmalash stanogida konduktorlik vtulkalar markazlari orasidagi ma-
sofa xatoga ega bo‘lsa, bu xato butun detalga ham o‘tadi. Shu sabab-


72
li moslama detallarining aniqligi tayyorlanayotgan detal aniqligidan 
yuqoriroq bo‘lishi talab etiladi. Moslama o‘lchamlariga dopusklar 
detal o‘lchamlari dopusklarining 1/5 ... 1/10 qismini tashkil qilishi 
kerak.

Download 0.76 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish