Mahalliy ekologik muammolar




Download 237.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana31.10.2022
Hajmi237.64 Kb.
#28666
1   2   3   4   5
Bog'liq
E4fbHH3OBrCkAPirNmo3NmXdFCquJipqtQwhicCR
маьлимот ва тавсианома, 401 bet, Волейбол тугарак (1), Кружок развитие речи, Ro’ziboboyeva Hulkar Alisher qizi, Mavzu, BLUM TAKSONOMIYASI, 2 amaliy ish Ruslan, Doc1, Internetga ulangan buyumlarni dasturlash 465-Qarar dstur, Internet ilovalarini ishlab chiqish 465-Qarar dstur, Magisterskaya dissertaciya Roon Mariya, 1. Borliq tushunchasi va uning asosiy turlari. Harakat va rivojl, JMB SLAID 1
Mahalliy ekologik muammolar. Xalq xo`jaligining barcha tarmoqlarida 
“chiqindi” deb nom olgan qo`shimcha mahsulot paydo bo`lganligidir. Shahar 
havosining 80% dan ortig`ini avtomobil transporti chiqindilariga to`g`ri keladi. 
Ekologik 
muammolar 
orqali 
kelib 
chiqayotgan 
kasalliklar. 
Avtomashinalarda gaz yoqilg`isidan unumli foydalanish masalasi amalga 
oshirilmoqda. Gaz ballonli avtobus motori ishlab turgan vaqtda 0,1% zaharli gaz 
chiqaradi, benzinda ishlovchi avtomobillar esa havoga 2-3% zaharli gaz chiqaradi. 
Demak, gazdan foydalanish ifloslanishni 20-30 barobarga kamaytiradi. 
Yaponiyada dudburonlarga maxsus moslama o`rnatilib, gazlar tozalanadi, 
bunda yoqilg`ilarni oxirigacha yonishi issiqlik va katalizator hisobiga amalga 
oshadi. Hozirda avtotransport vositalari 30-60% azot oksidlari, 40-90% is gazi va 
karbonat angidridi, 35-95% Pb ni, 10% qattiq zarrachalarni, 5% SO
2
va 
kantserogen moddalarni havoga tashlaydi. 
Havodagi changlar tarkibida qo`rg`oshin, margimush, aerozollar kamqonlik, 
flyuoroz, poliartrit, polinevrit kasalliklarni keltirib chiqaradi. Ayniqsa, radioaktiv 
xususiyatga ega bo`lgan changlar o`ta xavfliligi bilan ajralib turadi, bunga 
Chernobil fojeasi, Semipalatinsk poligonining asoratlari misol bo`ladi. 
Zaharli bo`lmagan yirik diametrli chang zarrachalari surunkali rinit, laringit 
faringit, bronxit kabi kasalliklarni chaqiradi. Masalan, Olmaliq, Chirchiq, Navoiy 
va boshqa shaharlarning atmosfera havosining tarkibida 10 va undan ortiq turli 
gazlar mavjud. 1952 yilda Londonda 3-4 kun davomida havoning nihoyatda 
ifloslanishidan 4000 kishi o`lgan. Tekshirishlar ko`rsatishicha, havo tarkibida juda 
ko`p miqdorda tutun, oltingugurt oksidlari va boshqalar bo`ladi. Neft kimyo 
kombinati joylashgan rayon havzasida allergiya, pnevmaniya, bronxial astma, 
dermatitlar avj oladi. 
Zaharli tumanlar aksariyat surunkali o`pka, yurak, jigar, buyrak va asab 
kasalliklari bilan og`rigan bemorlar juda qiynaladilar. Masalan, AQSH ning Yangi-


Orlean shahrida, Yaponiyaning Iokoacha shahrida kuzatilgan. Shuningdek, 
simobning metil guruhi bilan birikmasi “minamata” kasalligini keltirib chiqaradi, 
bu kasallik Yaponiya, Gana, Eron va Iroqda kuzatilgan. Ma’lumotlarga qaraganda 
1950 yilda atmosferaga 70 mln t., 1975 yilda 120 mln t., 1980 yilda 181 mln t., 
2000 yilda 280 mln t., 2005 yilda 320 mln tonna chiqindilar chiqarib yuborilgan. 
Orolbo`yi mintaqalarida yurakning ishemiya kasalligi ayollar o`rtasida- 
15,2%, arterial gipertoniya erkaklarda 13,1%, ayollarda- 11,6%. Bo`ka tumanida 
ishemiya ayollarda- 1,6%, erkaklarda 5,7% ni tashkil qiladi. Olimlarning keltirgan 
ma’lumotlariga qaraganda Olmaliq va CHirchiq shaharlarida o`simta kasalliklari 
Toshkent viloyatining o`rtacha ko`rsatkichiga qaraganda 7,5 va 6,8% ga 
ko`paygan. 
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik tarbiya masalasi pedagogika va 
psixologiya masalalarining eng muhim tarkibiy qismidir. Insonlarda tabiat 
qonunlariga to`la rioya qilish to`g`risida va bu sohada Vatan, xalq, davlat va 
kelajak avlod oldidagi burch tuyg`usi va mas’uliyat hissi hosil etilmasa, ularda 
to`la ekologik ong va tafakkur hosil bo`lmaydi. Ekologik tarbiya- axloqiy 
tarbiyaning ajralmas qismidir. Insonlarda ekologik ong va tafakkurni, ekologik 
dunyoqarashni hosil qilish natijasida ekologiyani asrab qolish mumkin. 

Download 237.64 Kb.
1   2   3   4   5




Download 237.64 Kb.
Pdf ko'rish