Ekologik omillar. Har qanday tirik organizm ekologik omillar bilan
bog`langan bo`lib, ular uchga bo`linadi:
1.
Jonsiz tabiiy omillar, ya’ni abiotik omillar.
2.
Jonli tabiiy omillar, ya’ni biotik omillar.
3.
Antropogen omillar.
Abiotik omillar- tirik organizmlarga bevosita va bilvosita ta’sir o`tkazuvchi
tabiiy kuch va sabablar bo`lib, ularga quyosh radiatsiyasi, harorat, yog`in-sochin,
dovullar, vulqonlar, iqlim, tuproqning mexanik va kimyoviy tarkibi, rel’ef sharoiti,
zilzilalar va gidrologik omillar kiradi.
Biotik omillar- ma’lum biologik turga mansub bo`lgan tirik organizmlarning
boshqa tur unsurlarga ta’sir o`tkazishi tushuniladi.
Antropogen omillar- lotincha “antropos” – inson, «genez»- yaratilgan,
tug`ilgan bo`lib, insonlar faoliyati tufayli atrof-muhitda ekologik o`zgarishlarning
sodir bo`lishi tushuniladi. Masalan, o`rmonlarning yonishi yoki qirqilishi, ayrim
hayvon turlarini qirg`in tufayli qirilib ketishi. Bundan tashqari turli ishlab chiqarish
korxonalarini qurish orqali tabiiy muhit va omillarning sifat-miqdor
ko`rsatkichlarining o`zgarishini ko`rsatish mumkin.
Biotsenoz (lotincha “bios”- hayot, “tsenoz”- umumiy) yoki hamjamoa
deyilganda bir xil muhitga moslashib olgan bir joyda yashaydigan organizmlar
yig`indisi tushuniladi.
Ekologik muammolar.Hozirgi davrda jamiyatdagi ishlab chiqarish
kuchlarining tez sur’atlar bilan o`sishi, tabiatdan pala-partish foydalanish va
o`zlashtirish natijasida ekologik muvozanat buzilib, ekologik tanglik yuzaga keladi.
Ekologik tanglikni tinmay kuchayib borishi ekologik muammolarni keltirib
chiqaradi.
Ekologik muammo deganda insonning tabiatga ta’siri bilan bog`liq holda
tabiatning ham insoniyatga aks ta’siri tushuniladi. Ekologik muammolarni uch guruhga ajratish mumkin: 1) umumbashariy; 2) mintaqaviy; 3)mahalliy.
Dunyo miqyosidagi tabiiy va antropogen hodisalar umumbashariy