|
Antennaning yo‘nalganlik tavsifi
|
bet | 4/8 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,38 Mb. | | #247886 |
Bog'liq Antenna Yakuniy YozmaAntennaning yo‘nalganlik tavsifi deb, nurlatuvchi antenna hosil qilgan maydon kuchlanganligining antennadan bir xil uzoqlikda joylashgan fazodagi kuzatuv burchaklari θ va φ ga bog‘liqligiga aytiladi.
Amaliyotda ko‘p hollarda me’yorlangan yo‘nalganlik tavsifidan foydalaniladi. F(θ,φ) - me’yorlangan qiymatni bildiradi va quyidagicha aniqlanadi
F(θ,φ) =| E(θ,φ )|/ |Emax (θ0,φ0)
|
Ushbu tavsifning grafik tasviri F(θ,φ) yo‘nalganlik diagrammasi (YD) deb ataladi.
Antennaning yo‘nalganlik xususiyatlarini tavsiflovchi parametrlar
Yo‘naltirilgan ta’sir koeffitsienti - nurlatuvchi antennaning berilgan yo‘nalishda hosil qilingan maydon kuchlanganligi kvadratining barcha yo‘nalishlardagi maydon kuchlanganliklarining o‘rtacha qiymati kvadratining nisbatiga teng, ya’ni
D = Ye2 (θ1,φ1) / Ye2o‘rt
Antennaning kuchaytirish koeffitsienti - nurlatuvchi antennaning berilgan yo‘nalishda hosil qilingan elektr maydon kuchlanganligi kvadrantasini umuman yo‘naltirilmagan nurlatgich hosil qilgan maydon kuchlanganligi kvadrantasining nisbatiga teng, ya’ni:
G= Ye2A / Ye2H
Antennaning foydali ish koeffitsienti deb, nurlatuvchi (PΣ) quvvatning antennaga uzatiluvchi (PO) quvvatga bo‘lgan nisbatiga aytiladi:
ɳ =PΣ/PO
Antennaning KK izotrop antennani yo‘naltirilgan antennaga almashtirish uchun beriladigan quvvatni necha martaga kamaytirish kerakligini ko‘rsatadi. Uni hisoblash YTK uchun keltirilgan ifodani foydali ish koeffitsientiga ko‘paytirish orqali amalga oshiriladi:
G=Dη
Antennaning elektr xususiyatlarini tavsiflovchi parametrlar
|
| |