ta’lim, axborotlar, kommunikatsiya va boshqaruvning qo‘yilgan ta’lim maqsadini
amalga oshirish va keysda bayon qilingan amaliy muammoli vaziyatni hal qilish
jarayonida bashorat qilinadigan o‘quv natijalariga kafolatli yetishishni vositali tarzda
ta’minlaydigan bir tartibga keltirilgan optimal usullari va vositalari majmuidan iborat
bo‘lgan ta’lim texnologiyasidir [1-30]. Keysda tavsiflangan aniq vaziyat o‘rganishni
voqelikka bog‘lab qo‘yadi: sizga muammoni hal etish bo‘yicha vaziyatni tahlil qilish,
tahminlarni
shakllantirish, muammolarni aniqlash, qo‘shimcha ma’lumotni yig‘ish,
tahminlarni aniqlashtirish va aniq qadamlarni loyihalashtirish imkonini beradi. O‘quv
uslubi sifatida quyidagilarni ta’minlaydi:
• o‘rganilgan o‘quv mavzu, kursi bo‘yicha (nazariy ta’limdan so‘ng) bilimlarni
mustahkamlashni;
• muammolarni tahlil qilish va qarorlarni yakka tartibda va guruhli qabul qilish
ko‘nikmalarini egallashni;
• ijodiy va o‘rganish qobiliyatlar, mantiqiy fikrlash, nutq va muhit sharoitlariga
moslashish qobiliyatlarini rivojlantirishni;
• yangilikka, qarorlarni mustaqil qabul qilishga tayyorgarlikni;
• mas’uldorlik, mustaqillik, kommunikativlik va empatiya,
refleksiyaning
shakllanishini; o‘quv ma’lumotlarini o‘zlashtirish sifatini o‘z tekshirishini (o‘quv
dasturi yakunida).
O‘quv mashg‘ulotlarida keyslarni hal qilish algoritmi quyidagicha:
1. Topshiriqni berish. Doimo ijobiy javobga erishadigan murakkab mulohaza
tuza olasizmi?
2. Ta’lim beruvchining kirish so‘zi. Asosiy savollarning qo‘yilishi - teng kuchli
formulalarga doir teoremalardan foydalanib, tavtologiya bo‘ladigan kamida ikkita
propozitsional o‘zgaruvchi qatnashgan formulani tuzish.
3. O’quvchilarni 4-6 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratish. 24 ta o’quvchi
qatnashgan guruhni 4 ta 6 tadan o’quvchi qatnashgan kichik guruhga ajratamiz.
4. O’quvchilarning mikroguruhlardagi faoliyatini tashkil qilish. 4 ta teng kuchli
formulalarga doir teorema taqsimlab beriladi.
5. Mikroguruhlardagi javoblar bilan tanishishini tashkil qilish.
Masalan: 6-sinf Texnologiya darslarida
Qatlama pishirish ketma-ketligini aytib bering?
Ushbu savolga o’quvchilar Qatlama pishirishni
ketma-ketligini tushuntirib
beradilar.
1. Un, suv vа tuzni qo‘shib, yaхshilаb хаmir qоrib, yoyish mumkin bo‘lgаn
dаrаjаdа tindirilаdi, tinishi uchun 15-20 dаqiqа kifоya qilаdi.
2. Tingаn хаmirni judа hаm yupqа bo‘lmаgаn qаlinlikdа yoyilаdi.
3. Yoyilgаn хаmirni yarmigа, mаrgаrinni yumshоq bo‘lsа qo‘ldа ezib, sаl qаttiq
bo‘lsа qirib surtilаdi .
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
1129
4.Mаrgаrin surtilgаch, хаmirning yuqo ridаgi bo‘sh qismi pаst qismining ustigа
yopilаdi
5. Mаrgаrin chiqib ketmаsligi uchun ikkin chi qаvаtning pаst qismi ustigа
qаyrilаdi.
6. Endi ikki yon tаrаfi o‘rtаgа tах lаnаdi.
7. So‘nggi bоsqichdа chаp bo‘limdаgi qаtlаm o‘ng tаrаfgа tахlаnаdi,
аksi hаm
bo‘lishi mumkin.
8. Shu tахlаngаn хаmirni yelim xaltaga sоlib, 20-30 dаqiqаgа muzlаtkichdа
tindirilаdi. Tingаn хаmir bоsib, yanа yoyilаdi vа хuddi shundаy tахlаnаdi, аmmо bu
sаfаr mаrgаrinsiz. Ikkinchi mаrtа yoyib, tахlаngаn хаmirni yanа 20-30 dаqiqаgа
muzlаtkichdа tindirib qo‘yilаdi.
9. Tingаn хаmir uchinchi mаrtа yoyilаdi vа kesilаdi. Kesish uchun ха mir yupqа
bo‘lmаgаn
qаlinlikdа yoyilib, enini 3-4
sm dаn tаsmа qilib kesilаdi.Hаr bir хаmir
tаsmаni 30-40
sm uzunligidа o‘rаymiz vа bir uchini оstigа bоs tirib qo‘yamiz
10. O‘rаlgаn хаmirni jo‘vа bilаn diametri 20-25
sm, qalinligi 0,5-1
sm bo‘lgunga
qadar yoyiladi.
11. Qizdirilgan qozonda yoki tovada atrofiga yog‘ surtib, avval bir tomoni,
so‘ngra ikkinchi tomoni qizartirib pishirilаdi. Ba’zan pishgan qatlamaning yuziga
ta’bga ko‘ra shakar yoki qand upasi sepiladi.
12. Pishgаn qatlamalаrni likopchаlаrgа sоlib, dаsturхоngа tоrtilаdi
6. Mikroguruhlararo munozarani tashkil qilish. Keltirib
chiqarilgan formulalar
tushuntiriladi va isbotlanadi. Boshqa formulalarni keltirib chiqarish usullari munozara
qilinadi.
7. Ta’lim beruvchining umumlashtiruvchi so‘zi, uning vaziyat yechimi
to‘g‘risidagi fikri.
8. O’quvchilarni baholanishi.
9. O’quvchilarning mashg‘ulot haqidagi fikrlari.
10. Ta’lim beruvchining yakunlovchi so‘zi. Mashg‘ulot bo‘yicha xulosalar
chiqarish.
Keyslarni hal qilishda ta’lim beruvchi o’quvchilarni yo‘naltirib turishi va
ulardagi faollikni qo‘llashi, hal qilinayotgan muammoga nisbatan qiziqish uyg‘otib
turishi darkor.
Keyslardan ta’lim jarayonida foydalanish o’quvchilar
shaxsida quyidagi
professional-pedagogik zaruriy sifatlarni shakllantiradi:
- mustaqil, ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi;
- haqqoniy bo‘lishiga o‘rgatadi;
- nazariya va amaliyot o‘rtasida uzviy bog‘liklikni shakllantiradi;
- muammoli vaziyatni yangicha shakllantirishga yordam beradi;
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
1130
- vaziyatlarni hal etishda, unga ta’sir etuvchi omillarning mavjudligi va ularning
ta’sirini e’tiborga olishga imkon beradi;
- boshqalar fikrini ham qabul qila olish malakasini shakllantiradi;
- savol berish madaniyatini tarkib toptiradi;
- qabul qilingan qaror uchun mas’ullik hissini tarbiyalaydi.
Keyslarni hal qilishda quyidagilarga e’tibor berish zarur: asosiy muammoni va
unga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, asosiy va ikkinchi darajali omillarni ajratish,
muammoni hal qilishning muqobil yechimini ham ko‘rib chiqish,
eng maqbul qaror
qabul qilish.