15
Boshqa mamlakatlardagi aloqa tugunlari tayanch tugunlariga to’g’ridan-
to’gri ulanadi, o’z navbatida u tugunlarga boshqa tugunlar ulanib tarmoq
daraxtsimon tuzilmadagi barglarga o’xshab ko’payib boradi.
Shu tariqa jahon kompyuter tarmog’i Internet shakllanib taraqqiy etmoqda.
Tayanch tarmoqqa bevosita yoki bilvosita ulangan boshqa tarmoqlar,
Internetning asosiy hizmatlarini o’zida mujassamlashtirgan holda Internet
qismlarini tashkil etuvchilari hisoblanadi.
World Wide Web (WWW, tarjimasi – Jahon o’rgimchak to’ri) Internetning
eng yaxshi hizmatlaridan bo’lib, matn, grafik axborot, tovushli fragmentlardan
tasgkil topgan hujjatlar bilan ishlash imkoniyatini yaratib beradi.
WWW foudalanuvchiga Internetning istalgan qismidagi serverdagi
hujjatni topib o’qishni ta’minlovchi tizimdir.
WWWning muhim hossalaridan biri hujjatlarga gipermatn ishoratlari
(«Ссылка»лaри) kiritilishi mumkinligidadir.
Bu
ishoratlarning
afzalligi
shundan
iboratki,
ular
yordamida
foydalanuvchi yangi hujjatni ekranga yuklash jarayonini juda oson yo’l bilan
amalga oshiradi: ya’ni sichqoncha ko’rsatkichi gipermatndagi kerakli ishoratga
keltirilib bosilishi kifoya.
Istalgan hijjat boshqa hujjatlarga ishoratlarni ma’lum ko’rinishda saqlashi
mumkin.
Agar matnda boshqa hujjatlarga ishorat bo’lsa, bunday hujjat Gipermatn
deyiladi.
Amalda WWW tizimida barcha hujjatlar gipermatn ko’rinishida bo’lib,
ko’pchiligi grafik tasvir, tovush ma’lumotlari va videofragmentlarni o’z ichiga
oladi.