WI-MAX TEXNOLOGIYASI: GLOBAL TARMOQQA
CHIQISHNING EVOLYUTSIYASI
S o’ ng gi yillarda tarmoq texnologiyalarining rivojlanishi personal
kompyuterlarning yagona tarmoqqa ulash, hamda umumjahon Internet
tarmog’iga chiqish imkoniyati usullarini oshirib yubordi. Hozirgi kunda deyarli
barcha turdagi kompyuterlarda tarmoqqa ulanish yohud internetga chqish
imkoniyati mavjud. Keling ana shu hozirgi kunda deyarli barcha
foydalanuvchilar foydalana olishi mumkin bo’lgan tarmoqqa ulanish usullarini
biroz ko’rib chiqamiz.
1. Dial-Up. Telefon liniyasi orqali kommutatsiyalangan ulanish. Ushbu
texnologiya ulanishdagi oddiylik sababli yaratilganidan buyon ishlatilib
kelinmoqda. Ikki modem bir-biri bilan telefon liniyasini ishlatgan holda
aloqa
o’rnatadi. Oddiy holda ulanish birga-bir amalga oshiriladi hamda ma’lumot
uzatish uchun barcha mavjud ovoz diapazoni chastotasidan foydalanadi. Lekin
ushbu texnologiyaning ko’pgina kamchiliklari mavjud. Masalan: ma’lumot
uzatishdagi past tezlik, tashqi ta’sir tufayli yuborilayotgan paketlarning qismi
yo’qolish extimoli, ulanishning uzilib qolish extimoli hamda ulanish davrida
telefon liniyasining butunlay band bo’lishi.
2. Keng polosali ma’lumot uzatish texnologiyasi xDSL. Ushbu texnologiya
statsionar obyektlar uchun juda ham maqbuldir. Mavjud telefon
tarmog’idan
foydalangan holda bemalol ushbu texnologiya orqali yuqori tezlikka ega
bo’lish
mumkin, lekin liniyalar mavjud bo’lmasachi? Yangi liniyasini
foydalanuvchi
manziligacha olib borish, juda ham qimmatga tushishi aniq. Uning ustiga
ushbu
22
texnologiyani har bir yangi foydalanuvchiga o’rnatish uchun ham
foydalanuvchi
ham uzatuvchi liniyasi tomonda ma’lum o’rnatish va tuzatishlar amalga
oshirilishi lozim.
3. Ethernet texnologiyasi. Lokal tarmoq texnologiyasining eng keng
tarqalgan
turi bo’lib, 10 Mbit/s, 100 Mbit/s (Fast Ethernet), 1 Gbit/s hattoki 10 Gbit/s
tezlik bilan ulanib turish imkoniyatiga egadir. Ethernet ning yutug’i tarmoq
strukturasi tanlanishidagi qulayligidir. Ammo ushbu texnologiya kamchiligi, bu
uning ma’lum masofadagina ishlay olishidir. Agarda vitaya para kabelini
oladigan bo’lsak, u holda tarmoq masofasi 100 metrdan oshmasligi aniq.
Uzaytirish uchun esa har 100 metrda qurilma qo’yishga to’g’ri keladi yoki optik
toladan foydalanish zarur. Lekin qo’shni binolarni bir tarmoqda jamlash uchun
bu juda qiyin hamda qimmatga tushishi mumkin.
4. Wi-Fi texnologiyasi orqali ma’lumot uzatish. Ushbu texnologiya Wi-Fi
(802.11a/b/g/n standartida) ishlab, bino ichida 45 metr uzoqlikda, 100 metr
ochiq joyda bemalol katta tezlikda stabil tarmoqqa ulanish imkonini beradi.
Lekin kata hududda sifatli tezlikni ta’minlash uchun esa juda ham ko’p Wi-Fi
nuqtalari o’rnatilishi lozim bo’ladi. Bu esa texnologiyaga bo’lgan harajatni
oshishiga olib keladi. Muammolardan yana biri shuki, abonent, yani
foydalanuvchini bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga ko’chganida, ma’lumot
almashinish hamda ulanishda to’xtovlar vujudga kelishidir.
Yuqorida ko’rib chiqilgan tarmoq texnologiyalari bugungi kunda
qo’yilayotgan
yuqori o’tkazuvchanlik, ishonchlilik hamda mobillik darajalarini o’zida
qizman
yohud to’liq aks ettira olgani bilan, narh bo’yicha bugungi operatorlarga
to’g’ri
kelmaydi. Aynan ushbu muammoni simsiz texnologiyaning yangi avlodi
bo’lmish IEEE 802.16 standartli Wi-MAX (Worldwide Interoperability for
Microwave Access) texnologiyasi hal qilishi mumkin.
23
Wi-MAX texnologiyasini kengaytirish va rivojlantirish maqsadida 1999-
yilda Wi-MAX-forumi ochildi va Wi-MAX texnologiyasiga quyidagi talablar
qo’yildi:
1. Katta bo’lmagan hududlarga shu qatori ajratilgan rayonlar, chetki
(chetlashtirilgan)
obyektlar
Wi-MAX
texnologiyasi
asosida
kommunikatsiya va
axborot xizmatlaridan foydalanishga ega bo’lishi, rivojlanayotgan
davlatlardagi 1,5 million aholini shu hisob ichidan 100 ta odam ATs larga
ulanmagan va yirik
shaharlar bilan simli aloqa orqali axborot, ma’lumot almashish sharoitiga
ega
bo’lmagan aholini kommunikatsiya va axborot xizmatlaridan foydalanish
imkoniyatini yaratish.
2. Wi-MAX texnologiyasi orqali yer kurrasidagi aholining teng yarmini
kommunikatsiya va axborot xizmatlaridan foydalanishga erishish. Wi-
MAX texnologiyasining asosiy maqsadlaridan biri universal simsiz aloqa orqali
katta hududlarga ishonchli, sifatli kommunikatsiya va axborot xizmatlaridan
foydalanish sharoitini yaratish bo’ldi. Bu orqali Wi-MAX texnologiyasi
quyidagi farqlarga ega bo’ldi:
1. Simli aloqa va yo’ldoshli aloqa tizimlaridagi servis-provayderlarga
iqtisodiy
tomondan effektivligini hal etish va bu orqali faqat potentsial abonentlarga
erishibgina qolmay, balki bir joydan foydalanuvchi, (statsionar) abonentlar
sonini oshirish bilan birga ularga kommunikatsiya va axborot xizmatlaridan
foydalanishni sifatli yo’lga qo’yish.
2.
Simsiz
aloqa
tizimlari
boshqa
simli
texnologiyalar
bilan
moslashuvchanligi.
Bu orqali simsiz aloqa maydonini kengaytirish (masshtablashtirish)
imkoniyati
paydo bo’ladi.
24
3. O’rnatish, ulanish sodda arxitekturasi bu orqali unga ketadigan
xarajatlarni
kamaytirilishiga olib keladi.
4 . Radioaloqa tizimlarida aloqa qamrab olish hududi uzoqligi muhim
hisoblanadi. Hozirgi davrda yuqori maydonlarga mo’ljallangan ko’p simsiz
aloqatarmoqlarida obyekt va tarmoq oralig’ida to’g’ridan-to’g’ri ko’rinishga ega
bo’lishi kerak.
5. Wi-MAX texnologiyasi tarkibida IP protokollari bo’lganligi sababli
lokal va
korporativ tarmoqlarda qo’llanilishi mumkin.
Wi-MAX texnologiyasi imkoniyatlari:
Wi-MAX texnologiyasi har qanday, shu jumladan zich shahar imoratlari
sharoitlarida ishlashga, aloqa yuqori sifati va malumotlar uzatish katta tezligini
ta’minlashga imkon beradi. Wi-MAX texnologiyasidan simsiz ulanish
nuqtalarini tashkil qilib, kompaniyalar bo’limlari o’rtasida tarmoqni tashkil qilib
va ilgari ananaviy texnologiyalar sababli imkoni bo’lmagan boshqa masalalarni
hal etib “oxirgi nuqta” keng polosali ulanishlarni yaratish uchun foydalanish
mumkin. Wi-MAX texnologiyasi yuqori tezliklarda Internetga ulanishni, Wi-Fi
tarmoqlariga qaraganda keng zonalarni qoplash va ishonchlilikni
ta’minlashga
imkon beradi. Wi-MAX texnologiyasi -bu butun shahar hududida tashkil
qilinadigan keng polosali simsiz ulanish tarmog’i, resiverdan baza
stantsiyasigacha masofa esa kilometrlar bilan o’lchanadi. Wi-MAX qayd etilgan,
mobil va harakatdagi ulanish senariylarini ta’minlaydi. Aloqa bilan ta’minlash
masofasi-60 km, ulanish tezligi — 60 Mbit/s gacha. Wi-MAX texnologiyasi
ishlash prinsiplari: Wi-MAX sistemasi ikki asosiy qismdan iborat.
1 . Wi-MAX baza stansiyasi (yuqori qavatli binolar yohud maxsus ustinga
o’rnatilishi mumkin).
2. Wi-MAX qabul qilgich (qabul qilgichli antenna, PC card yoki tashqi
kartalar
form faktori asosida).
25
Baza stansiyasi va qabul qiluvchi abonent antennasi bog’lanishi uchun o’ta
yuqori chastota diapazonidan(O’YuCh) foydalaniladi. 2-11 GHz. Bu bog’lanish
agar ideal darajada bo’lsa, unda ma’lumot uzatish tezligi 20 Mbit/s gacha
bo’ladi. Bu bog’lanish abonent va server orasida to’g’ridan-to’g’ri ko’rinish
talab etmaydi. Shuni yodda tutish lozimki, Wi-MAX texnologiyasi nafaqat
«oxirgi nuqta» («so’nggi mil»), balki regional tarmoqlar (ofis hamda rayonlar)ni
bir biri bilan bog’lashda bemalol qo’llash mumkin. Q o’shni baza stansiyalari
bilan O’YCh (o’ta yuqori chastota 10-66 GHz) to’g’ridan-to’g’ri radioaloqa
rejimida doimiy bog’lanish o’rnatiladi. Bunday bog’lanishlar 120 Mb/s tezlikda
ma’lumot almashish imkonini beradi. Albatta baza stansiyalarining to’g’ridan
to’g’ri ko’rish orqaligina bir biri bilan ma’lumot almashinishi bu Wi-MAX ning
minus tomoni. Lekin yuqori qavatli binolarda joy olgan baza stansiyalariga nima
ham yuqorida bir-biri bilan bog’lanishga orada to’siq bo’la olardi.
3-rasm. Wi-MAX stansiyalararo aloqa tarmog’I
Wi-MAX ning ishlash rejimlari:
Fixed Wi-MAX — fiksirlashgan kirish.
Nomadic Wi-MAX — seansli kirish.
Portable Wi-MAX — qaytadan joylashtirish rejimi bo’yicha kirish.
Mobile Wi-MAX — mobillashgan kirish.
Fixed Wi-MAX . Fiksatsiyalangan aloqa 10-66 GHz chastota diapazonini
ishlatadi. Ushbu chastotali diapason kuchli so’nish tufayli uzatuvchi hamda
qabul qilgichlarning to’g’ridan to’g’ri bir biriga ko’rish orqali signal uzatishni
talab etadi. Boshqa tomondan esa ushbu chastotali diapazon radioaloqadagi eng
asosiy muammo bo’lmish signalning ko’pnurli tarqalishini oldini oladi va signal
uzatish tezligini 120 Mbit/s gacha ko’tarilishiga olib keladi.
Nomadic Wi-MAX. Seansli aloqa orqali foydalanuvchi bemalol joydan
joyga
ko’chib yurishi hamda aloqaning uzilgan joyidan ulanib, foydalanishda
davom
etishi mumkin. Portable Wi-MAX. Portable rejimida foydalanuvchining
baza stansiyalar aro aloqani uzmagan holda avtomatik ravishda ulanishi imkoni
26
mavjud. Lekin ushbu rejimda foydalanuvchining joydan-joyga ko’chish tezligi
40 km/soat dan oshmasligi lozim. To’g’ri, ushbu rejimdan shaxarda foydalanish
mumkin, lekin avtomobillarda foydalanish biroz muammoni tug’diradi.
M obile Wi-MAX. 802.16e-2005 standartida ishlab chiqilgan bo’lib,
foydalanuvchining joydan-joyga ko’chib yurish tezligini maksimal 120
km/soatgacha bo’lganda sifatli aloqani taminlay oladi. Mobile rejimning
yutuqlarini quyidagi keltirilganlar orqali sanab o’tishimiz
mumkin.
Ko’p nurlanishli tarqalishdan ishonchli himoyalanganligi.
Yuqori o’tkazuvchanlik qobiliyati.
TDD (Time Division Duplex) texnologiyasi bilan ta’minlanganligi,
bu
texnologiya orqali assimetrik trafiklarni qayta ishlashga va antennalarning
ishlashi qiyin bo’lgan kanallarni normallashtiradi.
H-ARQ (Hybrid-Automatic Repeat Request) texnologiyasi bilan
ta’minlanganligi, bu texnologiya abonent serverdan boshqa serverga o’tish
paytida aloqani uzmasdan ishonchliligini ta’minlaydi.
HHO(Network-Optimized Hard Handoff) texnologiyasi bilan
ta’minlanganligi, bu texnologiya orqali 50 ms ichida abonent va server
orasida ishonchli va uzviy aloqani ta’minlaydi va boshqa texnologiyalar
bilan ta’minlangan. Bir so’z bilan aytganda, bu rejim ishonchli va
mustahkam aniq aloqani ta’minlashga ega.
Hozirgi paytda simsiz aloqaning qurilish texnologiyasi soddaligi va
tizimlararo
ma’lumot almashish qulayligi, har qanday ob-havo sharoitida aloqani
uzatish bir
xilligi va simli aloqa liniyalari texnologiyalari orqali (bog’langan holda)
qulay
aloqa qilishi orqali samaraliligi oshishi kabilar qulaylik yaratmoqda. Wi-
MAX
27
texnologiyasi orqali qo’shimcha xizmatlar yaratish (Internet tizimga
ulanish
qulayligi va yuqori tezlikda ma’lumot almashishi) va ularni ishonchli
ishlatilishi
texnologiyaning ustuvorligini ko’rsatmoqda.
Britaniyaning Cable portali keng polosali internet tezligi bo‘yicha dunyo
mamlakatlari reytingini tuzib chiqdi.
Unda Cable mutaxassislari 12 oy davomida 200ta mamlakat bo‘yicha
to‘plagan ma’lumotlari joy olgan. Bunda, mamlakatda mavjud bo‘lgan
internetning o‘rtacha tezligida HD sifatli va 5Gb o‘lchamga ega videoni yuklab
olishga qancha vaqt sarflanishi hisoblab ko‘rilgan.
Ro‘yxatda birinchi o‘rinni Singapur egalladi. Bu mamlakatda internet
tezligi sekundiga 60 megabitni tashkil qilgan. 5 Gb o‘lchamga ega faylni yuklab
olish uchun Singapurda 11 daqiqa vaqt talab qilingan.
Reytingda ikkinchi va uchinchi o‘rinni Shvetsiya va Daniya egalladi. Bu
mamlakatlarda internet tezligi mos ravishda 46 va 43 Mb/s.ni tashkil qiladi.
Sobiq ittifoq mamlakatlari orasida eng yuqori ko‘rsatkichni Latviya qayd
etgan — 28 Mb/s. Boltiqbo‘yi davlati mazkur dunyo reytingida 13-o‘rinda
ko‘rsatib o‘tilgan.
Reytingda
O‘zbekiston
184-pog‘onadan
joy
olgan.
Unda
mamlakatimizdagi internet tezligi o‘rtacha 1,02 Mb/s.ni tashkil etishi qayd
qilingan. Misol tariqasida, HD sifatdagi va 5Gb o‘lchamga ega videoni yuklab
olish uchun O‘zbekistonda 11 soatdan ortiq vaqt sarflanishi ko‘rsatib o‘tilgan.
28
Taqqoslaydigan bo‘lsak, reytingda Rossiya 47-o‘rinni (13 Mb/s) band
etgan bo‘lsa, Qozog‘iston 95-o‘rinni (4,4 Mb/s), Qirg‘iziston 163-o‘rinni (1,52
Mb/s) egallab turishibdi. Faqatgina Tojikiston (188-o‘rinda, 0,94 Mb/s)
va Turkmaniston (198-o‘rinda, 0,56 Mb/s) O‘zbekistondan pastroq o‘rinlarda
joylashgan.
XULOSA
Xulosa qilib shuni ta’kidlash kerakki, simsiz aloqa texnologiyasi
rivojlanishi natijasida qimmat bo’lgan simli va sun’iy yo’ldoshli aloqa
tizimlaridan kam foydalanilib, iqtisodiy jihatdan tejamkorlikka erishish mumkin.
Bunday texnologiyalarni qo’llash orqali foydalanuvchi mobil va statsionar
holatda,
ixtiyoriy geografik muhitda ham aloqa almashinuvini va boshqa aloqa
xizmatlaridan samarali foydalana oladi va vaqtdan ham, iqtisodiy jihatdan
yutuqqa erishiladi. Shularni e’tiborga olib, biz ham Wi-Fi, WiMax va Wi-Bro
texnologiyalarining ochilmagan qirralarini o’rganish, ularni qo’llash choralarini
topish, parametrlarini optimallashtirish va yangi ko’rinishdagi tarmoq
29
topologiyalarini loyihalashtirish oldimizga qo’yilgan dolzarb va muhim
masaladir.
|