Arxitekturaviy inshootning loyihasi, odatda chizmalardan va matndan (chiz-
malarning yozma sharhidan) iborat bo ‘ladi. Chizmalar kichiklashtirilgan
holda (masshtabda) bajariladi. Chizmalar ko'proq tarh, bosh tarh, tarz,
qirqim, lavha va umumiy ko‘rinish shakllarida bo‘ladi. Inshootning tashqi
tom onidan vertikal tekislikdagi izi (proyeksiyasi) «tarz», inshootni kesib
o‘tgan vertikal tekislikdagi izi «qirqim» va gorizontal holatda kesib o'tgan
tekislikdagi izi «tarh» deb ataladi. Bosh tarh inshootning gorizontal tekis
likdagi izini ko'rsatadi. Bunda uning atrofi ham ko‘rsatiladi. Odatda, u tarh-
ga qaraganda ko'proq marotaba kichiklashtirilgan tasvirini beradi. Umumiy
ko‘rinish tasvirlarida (perspektivada) masshtab bo'lmaydi.