M ualliflar www.ziyouz.com kutubxonasi Ma’ruza rejasi




Download 6,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/60
Sana04.12.2023
Hajmi6,43 Mb.
#110757
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Bog'liq
Arxitekturaviy kompozitsiya asoslari (X.Po\'latov va b.)

M ualliflar
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ma’ruza rejasi. 
Kompozitsiya tushunchasi. “ Kompozitsiya” iborasining lug‘aviy 
ma'nosi va ta’rifi. Adabiyot va san ’atning boshqa turlari (musiqa, ashula, raqs, kino 
kabilar)dagi asarlarda kom pozitsiyaning ko‘rinishlari. Misollar. Fanning ahamiyati 
va maqsadi. Klauzura va mashqlarning kompozitsion mahoratni o ‘stirishdagi roli. 
Badiiy vositalar. Kompozitsiya mashqlardagi mavhumlik, shartlilik. Asarva tomoshab­
in orasidagi munosabat. Asarni idrok qilish. Kompozitsion talablar. Qismlar va ji- 
hatlar ortasidagi munosabat. Qiyoslash. Qismlarni butunga kcltirish. Asaming tugal- 
ligi. Muvozanat. U yg‘unlik. Nisbat. Tartib vaxaos. Arxitekturaviy-badiiy vositalar. 
Hajmiy - fazoviy shakl xususiyatlari. Arxitekturaviy asarni idrok qilishdagi vaqtning 
ahamiyati.
M a’ruza. Har qanday badiiy ijod mahsuli bo‘lmish asaming mukam- 
malligi, saviyasi, birinchi navbatda, kompozitsiya orqali namoyon bo‘ladi. 
«Kompozitsiya» so‘zi «yaxlitlik», «birlik», «o‘zaro bog'liqlik» degan 
m a’nolarni bildiradi. Boshqacha qilib aytaganda, qismlaming butunlikka 
bog‘liqligini ta'm inlovchi sifatlar kompozitsiyani tashkil etadi.
Umuman olganda, asarning tuzilishi uning kompozitsiyasini tashkil 
qiladi. Asarning tuzilishi, kompozitsiyasi qancha puxta bo‘lsa, uning savi­
yasi ham shuncha yuqori b o ‘ladi. Adabiyotda, musiqa, ashula, raqs, kino 
va san’atning boshqa turlaridagi har qanday turfa asarlarda kompozitsiya mavjud. 
Masalan, Abdulla Qodiriyning “0 4 g a n kunlar” romanidagi kompozitsiya 
negizini syujet (Otabekning M arg‘ilonga borishi, Kumushga uylanishi, Ho- 
midning fitnasi, Kum ushning zaharlanishi va nihoyat Otabekning shahid 
bo‘lishi) tashkil qiladi. Klassik ashula asarlarida aksari kompozitsiyalar shun- 
day: boshi past ovozda boshlanadi, o‘rtasida avjga chiqiladi, oxiri ovozni 
biroz cho‘zish orqali tugatilayotganligi bildiriladi.
Arxitekturada kompozitsiya deb m e’morlikning tashkil etuvchilari bo‘lgan 
hajm bilan fazoviy m uhitning o ‘zaro bog‘lanishiga aytiladi. Kompozitsi- 
yadagi har qanday hajm va fazoviy muhitdan tashkil topgan yaxlitlik hajmiy
fazoviy shakl deb yuritiladi. Unga xos bolgan sifatlar m e’moriy shakllarga 
ham xosdir.
Hajmiy-fazoviy shakllarning asosiy xususiyatlari shakl geometriyasi, 
fazodagi o ‘rni, kattaligi va massasidan iborat. Ularning qo‘shimcha xusu­
siyatlari qatoriga fakturasi, yorug‘ligi va rangi kiradi. Bu xususiyatlarning
www.ziyouz.com kutubxonasi


har bin m a’lum miqdorda o ‘zgarib, turli-tum an holatlar vujudga kelishi 
mumkin. Arxitekturani idrok etishning o ‘ziga xos xususiyati shundan ibo- 
ratki, u to‘g‘risidagi tasaw urjuda qisqa m uddatda idrok etiladigan rassom- 
lik, haykaltaroshlik yoki amaliy san’at asarlaridan farqli o ‘laroq uzoq m uddat 
davomida idrok etiladi. Bu, ayniqsa, shaharsoziik asarlariga taalluqlidir.
“Arxitekturaviy kom pozitsiya asoslari” fani m e ’morlik asarlarida 
qo‘llaniladigan muhim badiiy yaxlitlikni ta ’m inlovchi vositalarni (rang, 
masshtab, ritm va boshqalami) o ‘rgatishga qaratilgan. Bu vositalar tabiatda 
alohida holda uchramasa-da, ular ajratib olingan holda klauzuralar va vazi- 
falar orqali o‘rganiladi. Klauzura tezkorlik bilan bajariladigan loyihadir. Klau- 
zuraning loyihadan asosiy farqi shundan iboratki, unda mo'ljallangan ish- 
ning - loyihaning g‘oyasinigina, asosiy jihatlarinigina ochib beriladi. Faqat 
darsxonada bajariladigan klauzuralardan farqli o ‘laroq, vazifalarda dars- 
xonalardan tashqari uy sharoitida ham ish (m aketlash, loyihalash) davom 
ettiriladi. Klauzura tez ishlashga o ‘rgatsa, vazifa sarishtalik, qunt, sabr bilan 
ishlashga o‘rgatadi.
Ijodiy jarayonda dastlabki g‘oya eskiz tariqasida amalga oshiriladi. Bu 
ijod mahsuli nihoyatda ham tezkorlik bilan bajariladi. Bir necha eskiz yon- 
ma-yon qo'yilib, o ‘zaro qiyoslanadi va eng yaxshisi tanlab olinadi ham da 
nihoyasiga yetkaziladi.

Download 6,43 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Download 6,43 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



M ualliflar www.ziyouz.com kutubxonasi Ma’ruza rejasi

Download 6,43 Mb.
Pdf ko'rish