Tekislik bo'yicha klauzura va vazifalar




Download 6,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/60
Sana04.12.2023
Hajmi6,43 Mb.
#110757
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Bog'liq
Arxitekturaviy kompozitsiya asoslari (X.Po\'latov va b.)

Tekislik bo'yicha klauzura va vazifalar
Amaliy mashqlar tekislikning xossallarini o ‘rganishga qaratilgan. Dast- 
labki klauzuralarda kompozitsiyani (bog‘liqlikni) bera oladigan eng kam 
ikki ishtirokchi bor: fon (tekislik) va tasvir (nuqtani ifoladalaydigan doiracha 
va to‘g‘ri to'rtburchak). Talaba «yuqori - past», «o‘ng-chap», ta ’sir kuchi, 
ta ’sir maydoni kabi tushunchilarga ega bo‘ladi Keyingi klauzuralar kom- 
pozitsiyasida tasvirlaming soni ko£proq. Mashqlarda hal etiladigan masala- 
lar murakkablashadi.
1-klauzura. NUQTA VA FON
Biror unsumi (doirani) fon yuzasi bo'ylab asta-sekin harakatlantirib
doiraning fonga ta’sir kuchi topiladi. Unsurning eng yaxshi (komfort) joyi 
aniqlanadi. Mashq uchun 20x30 sm o ‘lchamli vatm an qog‘oz, diametri 3 
sm bo‘lgan doiracha kerak bo'ladi.
Ko‘rsatmalar:
- unsurlar qog‘oz yuzasida simmetrik yoki asimmetrik tarzda joylashishi 
mumkin;
- kompozitsiya bosh unsurga yoki markazga ega b o ‘lishi kerak. Bosh 
unsurning boshqalarga nisbatan alohida ahamiyati uchta belgisiga ko‘ra ya’ni: 
shakli, kattaligi va joylashishi orqali ochiladi;
- kompozitsiya muvozanati unsurlarning umumiy yuzasi, oraliqlar va 
bosh maydon (fon yuzasi) o ‘rtasidagi muvozanatdan iborat b o lad i.
2-klauzura. “ TASVIR” VA FON
Fon va maydonning orasidagi muvozanat holati, ya’ni tasvir ham
fon ham bir xilda e’tiborni tortadigan holat aniqlanadi. M ashq uchun 20 x 
30 sm o ‘lchamli vatman qog‘oz, yopishtirishga qora qo g‘oz, qaychi, 
chizg‘ich kerak bo'ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Klauzurada fon bilan bir necha shakllar: alohida nuqtalar, alohida 
chiziqlar, alohida to‘g‘ri to‘rtburchaklar (jami uch shakllar to ‘pi) o‘rtasidagi 
bogMiqlikni va muvozanatni topish kerak bo‘ladi. Har shakllar to'piga alo­
hida - uch kompozitsiya tuziladi.
Kompozitsiyalamingtuzilishlari o‘xshashdir. Ularda markaz bo‘lishi lozim. 
Kompozitsiya asosi uning yaxlitligi hamda unsurlarning o‘zaro bog‘liqligidir, 
M ashqda fonning frontalligini, ya’ni fonning tomoshabin oldidagi bir yuza 
tariqasida idrok etilishini ta’minlash z a ru r Kompozitsiyada ortogonal katak 
ham qoMlanilishi mumkin. Shakllar to 'g 'ri to'rtburchak bo‘lishi kerak. Aks 
h o ld a f r o n ta llik em as, b a lk i fazo v iy lik vujudga k e la d i. T o ‘g ‘ri 
to'rtburchaklarning nisbatlari 1:1 dan 1:5 gacha; shakllaming soni esa 
to‘qqiztadan oshmagani m a’qul. T o ‘g ‘ri to‘rtburchaklar bir-biriga va qog‘oz 
chetlariga nisbatan faqat parallel yoki perpendikularboMishi zarur. Unsur­
lar qog‘oz yuzasida simmetrik yoki asimmetrik tarzlarda joylashishi mumkin. 
Kompozitsiya bosh unsurga yoki markazga ega bo‘lishi kerak. Bosh unsur- 
ning boshqalarga nisbatan alohida ahamiyati shakli, kattaligi va joylashishi 
orqali ochiladi. Mashq uchun 30 x 40 sm oMchamli asos qog‘oz, yopish- 
tirish uchun qora qog^oz, qaychi, PVA yoki rezina yelimi (kleyster ham 
ishlatilishi mumkin), chizgMch, qalam kerak boMadi.
Klauzurani baholashda kompozitsion yechimning betakrorligi hamda 
biron-bir xaqiqiy narsalar tasvirini ko‘z o'ngimizga keltira olish sifati na- 
zarga olinadi hamda bunday ishlar yuqoriroq baholanadi.

Download 6,43 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Download 6,43 Mb.
Pdf ko'rish