|
II.Bob Korxonaning foydasini moliyaviy hisobotlarda aks ettirilishi
|
bet | 6/7 | Sana | 26.01.2024 | Hajmi | 461,62 Kb. | | #146452 |
Bog'liq Korxona foydasining taqsimlanishi va ishlatilishi Y.JamshidII.Bob Korxonaning foydasini moliyaviy hisobotlarda aks ettirilishi
2.1Mamlakatimiz korxonalarida tannarxni pasaytirish orqal foyda normasini oshirishning asosiy yo‘nalishlari.
Korxonalarning faoliyatiga baho berishda sotilgan mahsulotlarning hajmi, ularga qilingan sarf-harajatlar va foyda tushunchalaridan keng foydalaniladi. Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablag‘lar, ularning pul tushumlari yoki pul daromadlari deyiladi. Korxona, pul daromadlaridan sarflangan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi foyda deb yuritiladi. Ayrim adabiyotlarda bu iqtisodiy foyda deb ham yuritiladi. Tovar va xizmatlar sotilganda ularning umumiy qiymati pul daromadlariga, undagi qo‘shimcha qiymat esa foydaga aylanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki foydaning haqiqiy manbai qo‘shimcha mahsulot yoki qo‘shimcha qiymatdir. Lekin shu narsani aytish lozimki butun jamiyatda ba’zan alohida olingan bir mamlakatda foyda massasi bilan qo‘shimcha qiymat massasi miqdor jihatdan bir-biriga teng bo‘lishi mumkin. Lekin alohida olingan korxonalarda va tarmoqlarda yaratilgan qo‘shimcha mahsulot olingan foyda miqdoran teng bo‘lmasligi mumkin. Chunki talab va taklif nisbatlarining va baho mexanizmining o‘zgarishi ta’sirida bir tarmoqda yoki bir guruh korxonalarda yaratilgan qo‘shimcha mahsulotlar boshqa korxona va tarmoqlarga foyda shaklida o‘tib ketadi. Korxonaning umumiy foydasidan budjetga (asosan soliq to‘lovlari) banklarga (olingan ssuda uchun foiz) to‘lovlar va boshqa majburiyatlar chiqarib tashlansa korxona sof foydasi qoladi. Buxgalteriya foydasi sotilgan mahsulot uchun tushgan umumiy pul summasidan ishlab chiqarishning tashqi xarajatlari chiqarib tashlanishi natijasida hosil qilinadi. Shu sababli buxgalteriya foydasi iqtisodiy foydadan ichki xarajatlar miqdoriga ko‘proqdir. Bunda ichki xarajatlar har doim o‘z ichiga normal foydani ham oladi.
Korxona foydasining mutloq miqdori uning massasini tashkil qiladi. Foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga nisbati va uning foizda ifodalanishi foyda normasi deyiladi.
Amaliyotda foyda normasini hisoblashning ikki variantidan foydalaniladi. Bular foydaning joriy sarflarga-korxona xarajatlariga yoki avanslangan mablag‘larga (asosiy va aylanma kapital) nisbatidir. Bular quyidagicha aniqlanadi:
1. R'=(P/W)*100
bu yerda: R' – foyda normasi; P – foyda massasi; W – iqtisodiy yoki ishlab chiqarish xarajatlari;
2. R'=(P/Kavans)*100
bu yerda: R' –foyda normasi; P –foyda massasi; Kavans (Asosiy kapital+Aylanma kapital) –korxona avanslangan mablag‘lari yoki asosiy va aylanma kapitalning o‘rtacha yillik qiymati. Foyda normasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga to‘g‘ri mutanosib hamda foydalanilgan avanslangan mablag‘lar qiymatiga teskari mutanosibdir. Shu tufayli foyda normasi korxona ish samaradorligini integral ko‘rsatkichi hisoblanadi.Foydaning o‘sishiga, chiqarilayotgan mahsulot umumiy hajmi o‘zgarmagan holda ikki yo‘l bilan: yoki ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hisobiga, yoki bahoni oshirish hisobiga erishish mumkin. Bahoning o‘sishi ba’zi iqtisodchilarning foyda normasi ko‘rsatgichini bartaraf etib bo‘lmaydigan qusurga ega bo‘lgan va shu sababli samaradorlikni o‘lchash uchun mutlaqo yaroqsiz ko‘rsatgich sifatida tanqid qilishlariga sabab bo‘ldi.
2000 yilda Respublikamizda faoliyat ko‘rsatib kelgan 169 ming korxonalar yil yakuni bo‘yicha 307,6 mlrd. so‘m foyda olgan bo‘lsa, ulardan 139 korxona 24,7 mlrd. so‘mlik zarar ko‘rgan. Butun olingan foydaning 35 foizi sanoat, 20,3 foizi transport, 11,1 foizi savdo va umumiy ovqatlanish va 5,2 foizi qurilish korxonalari ulushiga to‘g‘ri kelgan1 .
Xar Qanday korxonaning, xissadorlik jamiyatining moliyaviy axvoli barcha uchun befarq emas. Chunki, ularning moliyaviy axvoli davlat, xissadorliklar va ta’sischilarning manfatlariga bevosita ta’sir etadi. Shuning uchun korxonalarning moliyaviy axvolini baxolash katta axamiyatga ega. Korxonalarda mulkiy va moliyaviy munosabatlarni rasmiy xujjatlashtirish uchun buxgalteriya xisobi olib boriladi. Davr oxirida u moliyaviy xisobot tuzish bilan yakunlanadi. Xujjatning moliyaviy xisobotlari esa xar 1 xo‘jalik yili oxirida xissadorliklarning yoki ularning vakillarining umumiy yigilishida muxokama etiladi xamda tasdiklanadi.Xujjatning ta’sis xujjatlari va ta’sis shartnomasida kuzda tutilgan takdirda unga kredit ajratuvchi bank muassasasiga, jamiyat ixtiyoriy a’zo bo‘lgan assotsiatsiyalarga, birjalarga va boshka tashkilotlarga buxgalterlik xisobining nusxasi topshiriladi. Uz mablagi yoki mulkini xujjat faoliyatiga safarbar etgan investor yoki kreditor mulkdan jamiyatning nechogli samarali foydalanganini baxolay olishi, foydaning va dividentning tugri xisoblanganiga ishonch xosil kilishi kerak. Moliyaviy xisobotning asosiy shakli buxgalterlik balansidir.Yangicha xisobot balansida aktivlar va passivlarning tavsifi bozor iqtisodiyoti munosabatlariga muvofik keladigan darajada uz ifodasini topgan. Xujjatning aktivlari balansda jamiyat tomonidan xisobot davrida tasarrufida bo‘lgan va uning nazoratiga olingan vositalar xamda bergan karzlarning Qiymati sifatida ifodalangan. Passiv uzilishi vositalar Qiymati va tushadigan daromadlarning kamayishiga olib keladigan karz xamda kreditorlik karzi buyicha jamiyat zimmasidagi majburiyatlardir. Aktivlar Qiymatining passivlar Qiymatidan oshishi jamiyatning uziga karashli vositalarini tovarlar etadi va uning Qiymati xisobot balansining passivida, uziga karashli vositalar manbai bulimida ifodalanadi. Shu yerda jamiyat foydasi xam uz foydasini topadi. Xujjatning yangicha balansi aktivlarning 3 ta bulimi va passivlarning 3 ta bulimidan iborat. Balans aktivlarining 1-bulimida asosiy vositalar nomaterial aktivlar, sarmoya sarflari va pudratchilarga berilgan avanslar, uzok muddatli moliyaviy kuyilmalar Qiymati ifodalanadi. Shu yerda foydaning ishlatilishi, ziyonlar, xissador kuygan vositalar amalga oshirilgan xisob kitoblar xam ifodalanadi.Balansning aktiv kismi 2-bo‘limida jamiyat ixtiyoridagi moddiylashgan aylanma vositalar: ishlab chikarish zaxiralari Qiymati, tugallanmagan ishlab chikarish, tayyor maxsulotlar va boshkalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar beriladi. Ishlab chikarishdagi arzon vositalar, maxsus jixozlar va moslamalar, maxsus kiyimlar va poyafzal dastlabki Qiymatida ifodalanadi. Jamgarilgan yemirilishi, eskirish Qiymatiga esa aloxida modda shaklida balans passivida ifodalanadi. Balans aktivlarining 3- bo‘limida g‘aznadagi va bank schotidagi mavjud pu l mablaglari, kiska muddatli Qiymatli kogozlar sotib olishga Qilingan sarflar va boshka sarmoya sarflari, tovarlar va xizmatlar buyicha debitorlik qarzlari to‘g‘risida ma’lumotlar jamlangan.Balans passivining 1-bo‘limida xujjatning uziga karashli aktivlari manbai tugri ma’lumotlar uz ifodasini topgan. Bu yerda ustav fondi, maxsus fondlar, ta’minlash fondi, kelgusi davr daromadlari va balans foydasi, xisob-kitoblar va moliyaviy kapital kuyilmalari buyicha kreditorlik karzlarining xajmi kayd etiladi. Ushbu bulimda asosiy fondlar va nomaterial aktivlarining eskirishiga Qilingan ajratmalar, kam Qiymatli vositalar, kutilayotgan xarajatlar va to‘lovlarni koplashiga ajratilgan rezerv mablaglari, xam sotilmagan tovarlar savdo ustamasining jamlangan Qiymati foydalaniladi. Balans passivlarining 2- bo‘limida banklardan va boshka mablaglardan olingan kredit to‘g‘risidagi ma’lumotlar ifodalanadi. Shu bulimda barcha turdagi uzaytirilgan ssudalar buyicha jamiyatning bankdan karzi to‘g‘risidagi ma’lumotni xam ifoda etiladi. Balansda bank kreditlari 3 modda buyicha turlarga ajratiladi:
qisqa muddatli kreditlar (1yilga);
o‘rta muddatli kreditlar (1yildan 3yilgacha);
uzoq muddatli kreditlar (3 yildan ortik muddatga olingan kreditlar)
Balans passivlarining 3 - bulimida tulash muddati yuzaga kelgan kunidan boshlab, 1 yil mobaynida tugaydigan kiska muddatli kreditorlik karzlari ifodalanadi.Ushbu bulimda tulash muddati 1 yildan oshmaydigan veksel evaziga olingan karzlar xam ko‘rsatiladi. Uzok muddatli veksellar bilan rasmiylashtirilgan karzlar esa balans passivining 2- bulimida “uzok muddatli karzlar” tarkibida ifodalanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida xujjatning barQarorligi sarmoyadorlarning dikkatini tortishi, boshka korxonalar bilan raqobatlashga olishi uning rentabellik darajasiga boglik. Xo‘jalikning rentabelligi uning foydaliligi bo‘lib, foyda summasining vositalar Qiymati va sarmoyaga nisbatan foiz xisobidagi darajasini bildiradi. Tahlil amaliyotida 3 turdan iborat rentabellik ko‘rsatkichlari:
maxsulot rentabelligi;
ishlab chikarish fondlari rentabelligi;
korxonalarga kuyilgan kuyilmalar rentabelligi -hisoblanadi.
Ishlab chikarish fondlarining rentabelligi sotilgan maxsulot rentabelligi, fondlarning xajmi va tarkibi, aylanma vositalar aylanishi tezligi uzgarishi, foyda uzgarishi va boshka kuplab omillar ta’sir etadi.
Rentabellik ko‘rsatkichlari sof foyda bo‘yicha hisoblanadi.
«Mamlakatimizning uzoq va davomli manfaatlari taqozo etgan holatlarda va keskin vaziyatlardan chiqish, ular tug‘diradigan muammolarni hal etish zarur bo‘lganda iqtisodiyotda davlat tomonidan boshqaruv usullari qo‘llandi va bunday yondashuv oxir-oqibatda o‘zini to‘la oqladi. Shu o‘rinda O‘zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, budjet, bank-kredit tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun yetarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilganini va zarur resurslar bazasi mavjud ekanini ta’kidlash joiz» Mamlakatimiz iqtisodiyotini mutanosib rivojlantirish, uning samarali tarkibiy tuzilmasiga ega bo‘lish va shu orqali barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlariga erishishni ta’minlash muhim shartlaridan hisoblanadi. Ushbu maqsadga erishish uchun esa, eng avvalo, iqtisodiyotning real sektorini jadal rivojlantirish zarur. Shunga ko‘ra, mamlakatimiz korxonalarini qo‘llab-quvvatlash dolzarb ahamiyat kasb etib, respublikamizda ushbu jarayon bir qator asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirishni taыozo etadi.Ayniqsa, real sektor korxonalarini qo‘llab-quvvatlashda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ichki talabni rag‘batlantirish masalalari alohida o‘rin tutdi. Iqtisodiyotning real sektori – iqtisodiyotning bevosita moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq soha bo‘lib, u o‘z ichiga sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, aloqa tarmoqlarini oladi. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash – ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o‘z ichiga oluvchi jarayon. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashning asosiy yo‘nalish va vositalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: korxonalardan eskirgan asbob-uskunalarni chiqarish; ishlab chiqarishni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash; mahalliy resurslar asosida ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni joriy etish; ishlab chiqarilayotgan mahsulot assortimentini kengaytirish; ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish va resurslarni tejash; sifatni boshqarish va sertifikatlash tizimini joriy etish; chiqitsiz va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish va boshqalar.
Bugungi kunda respublikamiz iqtisodiyotining deyarli barcha tarmoq va sohalarida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash tadbirlarining keng ko‘lamda amalga oshirilishi raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirmoqda.Biroq, bu boradagi jiddiy muammo – mahsulotlarimiz tannarxining yuqori darajada qolayotganligi ularning raqobatdoshligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi (2008 yil 28 noyabr) 4058-sonli Farmonida muhim chora-tadbirlar qatorida mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarning barcha resurslardan samarali foydalanishi hisobiga mahsulot tannarxini 20 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda pasaytirish orqali ularning raqobatdoshligini ta’minlash vazifasi ham belgilab berilgan edi. Ushbu vazifani amalga oshirish doirasida mamlakatimiz korxonalarida tannarxni pasaytirishning asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilarga alohida e’tibor qaratildiNatijada 2014 yil mobaynida sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxi 18 foizga, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, «O‘zmetkombinat» aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasi, «O‘zeltexsanoat» uyushmasi, «O‘zqurilishmateriallari» kompaniyasi singari va boshqa korxona va tarmoqlarda 20-25 foizga kamaydi. Jumladan, respublikamizda iqtisodiyot komplekslari bo‘yicha ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxini pasaytirish bo‘yicha erishilgan natijalarni quyidagi jadval orqali ko‘rishimiz mumkin (1-jadval). Jadvaldan ko‘rinadiki, 2014 yilda respublikamiz bo‘yicha mahsulot-lar tannarxini 2079,5 mlrd. so‘mga yoki 20,38 foizga qisqartirishga erishilgan. Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlashdagi muhim tadbirlardan yana biri – turli sabablarga ko‘ra vujudga kelgan hamda korxonaning sog‘lom moliya-xo‘jalik faoliyati yuritishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatib kelayotgan qarzlarini qayta ko‘rib chiqish (restrukturizatsiya qilish) hisoblanadi. Mazkur tadbir orqali korxonalarning mavjud qarzlarining vujudga kelish sabablari va ularni to‘lash imkoniyatlari o‘rganiladi. Xususan, 2014 yil davomida ham davlat tomonidan real sektor korxonalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 50 ta korxonaning budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlar bo‘yicha muddati o‘tgan hamda joriy kreditor qarzdorligi qayta ko‘rib chiqildi. Bu mazkur korxonalar tasarrufida 350 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ni qoldirish, ularning ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish imkonini berdi.
|
| |