• Fotometrlar
  • Ko‘p rangli fotoelektrik fotometrning ishlash prinsipi
  • Fotoelektron ko‘paytirgichlar




    Download 8.4 Mb.
    bet2/10
    Sana07.12.2022
    Hajmi8.4 Mb.
    #33627
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    11-Astrofizik instrumentlar. Teleskoplar
    hisobotlar, dilshod, 336

    Fotoelektron ko‘paytirgichlar

    Fotoelektrik ko‘paytirgichlar (FEK) fotokatodlar qo‘llaniladigan eng muhim moslamalar hisoblanadi. Bu qurilmada fotokatoddan chiqqan elektronlar dinodga borib uriladi. Dinodga borib urilgan har bir elektron bir nechta boshqalarni bo‘shatadi. Bir nechta dinod ketma-ket turgan bo‘lsa, boshlang‘ich kuchsiz oqim millionlab marta kuchayishi mumkin. Fotoelektrik ko‘paytirgichlar ularga tushgan xamma yorug‘likni o‘lchaydi, ammo ular tasvirlarni hosil qilishmaydi. FEKlar asosan fotometriyada ishlatiladi, va ularning aniqligi 0.1-1% bo‘lishi mumkin.


    1-fotokatod, 2-fokuslovchi sistema,
    3-diodlar, 4-anod.

    Fotometrlar

    Ravshanlikni o‘lchovchi detektor – fotometr odatda teleskopning orqasida, Kasegren fokusida joylashgan bo‘ladi. Fokal tekisligida kichik o‘lchamli teshik – diafragma bo‘ladi, u kuzatilayotgan obyektdan kelayotgan yorug‘likni o‘tkazadi. Diafragma ortidagi maydon linzasi (a field lens) yorug‘likni sindirib, fotokatodga yo‘naltirib beradi. Chiquvchi oqim keyinchalik predusilitelda (preamplifier) kattalashtiriladi. FEKlar ishlash uchun 1000-1500 voltga teng kuchlanishni talab etadi.

    Ko‘p rangli fotoelektrik fotometrning ishlash prinsipi

    CCD kamera

    Yangi detektorlardan eng muhim ahamiyatga ega bo‘lgani bu CCD kameralardir (Charge Coupled Device - Zaryad yig‘uvchi qurilma). Detektor yorug‘likka sezgir kremniyli diodlardan tashkil topgan yuzaga ega va ular tasvir elementlari yoki piksellarning to‘g‘riburchak massiv shaklida joylashgan bo‘ladi. Uning sezgirligi asosan qizil rang, to‘lqin uzunligi 600-800 nm atrofida eng yuqori, bu diapazonda kvant effektivligi 80-90 % yoki undan ham balandroq bo‘lishi mumkin.

    (a) Ekspozitsiya paytida elektronlar kameraning piksellariga mos keladigan potensial o‘ralarga tushib qolishadi. Xar bir pikseldagi son ito‘plangan elektronlar sonini ko‘rsatadi. (b) Ekspozitsiyadan so‘ng xar bir gorizontal chiziq o‘ng tomonga bir pikselga siljiydi; o‘ng tomondagi eng chetki satr o‘qib olish buferiga suriladi. (c) Beferdagi qiymatlar pastga yuir pikselga surilvadi. Eng pastdagi zaryad A/D almashtirgich tomonga siljiydi, u esa elektronlar sonini kompyuterrga uzatadi. (d) Bufer pastga bir necha marta xarakatlanganidag so‘ng bitta vertikal qator o‘qib olingan bo‘ladi. (e) Tasvir yana bir bor o‘ng tomonga bir pikselga siljiydi.


    Download 8.4 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 8.4 Mb.