• Proton kattaligi jihatidan elektron zaryadiga teng bo’lgan musbat zaryadga ega. Neytronlar zaryadsiz bo’lgani uchun atom yadrosining musbat zaryadi undagi protonlar soniga qarab aniqlanadi.
  • 5. ATOMLAR ELEKTRON QOBIQLARINING TUZILISHI.
  • Atom tuzilishi




    Download 261 Kb.
    bet4/5
    Sana01.06.2022
    Hajmi261 Kb.
    #22681
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    1. Atom tuzilishi to’g’risida tarixiy ma‘lumotlar. Atom tuzilish
    Ахборотнома 2022 6-сон, 41ZKRB3O78ZFYEqRqKVvckdsf4ETi1mhpsdVVVOS, file (2) (2), Zamonaviy axborot texnologiyalari haqida umumiy tushunchalar. Ax, falsafa 4, TEST, Maple muxitining grafik imkoniyatlari, kura, 78f41715-aa0c-44fb-94b5-f65e430ee891, ATTESTATSIYA SAVOLLARI. @onlaynonatili uz, 8-9 sinf Iqtisodiy 11 tadbirkorlik ish reja 2021-yil, Mehnat 5-sinf kitobcha, 7-1 (3) splitPDF Page54-57, 5 labaratorya umumiy fizika
    4. ATOM YADROSINING TARKIBI.
    Yadro reaktsiyasini chuqur o’rganish natijasida Rossiya fizigi Ivanenko va u bilan bir vaqtda nemis fizigi Geyzenberg (1932y.da) atom yadrosi tuzilishining proton – neytron nazariyasini taklif qildilar. Bu nazariyaga muvofiq atom yadrosi proton va neytronlardan tuzilgan. Umumiy nom bilan nuklonlar deb ataladigan bu ikki xil zarrachalar deyarli bir xil massaga ega bo’lib, u taxminan bir uglerod birligiga teng. Massalar soni nuklonlarning umumiy sonini, ya‘ni ayni element atom yadrosidagi proton va neytronlar sonini bildiradi. Masalan, natriy atom yadrosining massalar soni 23; u 11 ta proton va 12 ta neytrondan iborat.
    Proton kattaligi jihatidan elektron zaryadiga teng bo’lgan musbat zaryadga ega. Neytronlar zaryadsiz bo’lgani uchun atom yadrosining musbat zaryadi undagi protonlar soniga qarab aniqlanadi.
    Masalan, natriy atom yadrosining musbat zaryadi 11 ga teng, demak unda 11 ta prton bor. Elementning tartib raqami atomning yadro zaryadiga teng. Demak neytronlar soni N massalar soni A bilan tartib raqam Z orasidagi ayirmaga teng:
    N = A – Z
    Masalan, Mg atom yadrosining massasi soni 24, tartib raqami 12, demak unda
    N = A – Z = 24 – 12 = 12 ta neytron bor.
    Yengil elementlarda massalar soni elementning tartib raqamidan taxminan ikki baravar katta, ya‘ni neytronlar soni protonlar soniga deyarli teng. Tartib raqamining ortib borishi bilan neytronlar soni bilan protonlar soni orasidagi farq ham ortib boradi.
    Bir xil zaryadli, lekin massalari turlicha bo’lgan atom yadrolarining (ya‘ni izotoplarning) protonlar soni teng bo’ladi. Ular bir – biridan neytronlar soni jihatidan farqlanadi. Masalan, massa soni 35 ga (17Cl35) teng bo’lgan xlor izotopining yadrosida 18 ta neytron massalar soni 37 ga (17Cl37) teng bo’lgan izotopi yadrosida esa 20 ta neytron bor.


    5. ATOMLAR ELEKTRON QOBIQLARINING TUZILISHI.
    Bosh kvant sonining n = 2 qiymatidan boshlab energetik qobiqlar (qavatlar) yadro bilan bog’lanish energiyasi jihatidan bir – biridan farq qiladigan qobiqchalarga (qavatchalarga) bo’linadi. Qobiqchalar soni bosh kvant sonining qiymatiga teng, lekin to’rttadan oshmaydi: 1 – qobiqda bitta qobiqcha, 2 – qobiqda – ikkita, 3 – pog’onada – uchta, 4 – pog’onada – to’rtta qobiqcha bo’ladi. Qobiqchalar o’z navbatida orbitallardan tarkib topadi. Qobiqchalarni lotin harflar bilan belgilash qabul qilingan: S – har qaysi energetik qobiqning yadroga eng yaqin birinchi qobiqchasi; u bitta s orbitaldan tarkib topgan; p – ikkinchi qobiqcha, uchta r – orbitaldan tarkib topgan; d – uchinchi qobiqcha, u beshta d – orbitaldan tarkib topgan; f – to’rtinchi qobiqcha bo’lib, unda 7 ta f – orbital bo’ladi. Shunday qilib, n ning har qaysi qiymati uchun n2 orbitallar bo’ladi (III.1 – jadval)

    Download 261 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 261 Kb.