102
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
12-rasm.
O‘zbekiston Milliy pavilyonida O‘zbekiston Ekologiya vaziri A.Abduhakimov va
BMT YeIK Ijrochi kotibi T.Molchanning
ikki tomonlama uchrashuvi
Manba: Ekologiya vazirligi.
13-rasm.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya vaziri A. Abduhakimov va Xalqaro tabiatni
muhofaza qilish ittifoqi Bosh direktori Dr. G. Agilar bilan SOR28 doirasida
o‘tkazilgan
uchrashuv
Manba: Ekologiya vazirligi.
103
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
9.2 O‘zbekistonda «Yashil energetika»
O‘zbekistonda quyosh, shamol va gibrid turdagi elektr stantsiyalarni davlat-xususiy sheriklik
asosida barpo etish bo‘yicha umumiy quvvati 6,3 gigavatt bo‘lgan 28 ta loyiha doirasida ish olib
borilmoqda. Shundan 2023 yilda umumiy quvvati 2,6 gigavattlik 7 ta
loyiha doirasida dastlabki
quvvatlar ishga tushirildi. Xususan, Samarqand, Jizzax, Surxondaryo, Buxoro va Qashqadaryo
viloyatlarida beshta
quyosh fotoelektr stantsiyasi, Navoiy viloyatida shamol elektr stantsiyasi
quvvatlari tarmoqqa ulandi.
Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy, Frantsiya va
Shveytsariya kabi
mamlakatlarning kompaniyalari bilan hamkorlikda «yashil» stantsiyalar va energiya saqlash
tizimlarini barpo etish bo‘yicha 12 ta loyiha ustida ish olib borilmoqda.
2024 yilda quyosh elektr stantsiyalarining umumiy quvvatini 2,6 gigavattga, shamol
elektr
stantsiyalari quvvatini 900 megavattga yetkazish va 400 megavattlik energiya saqlash qurilmalarini
ishga tushirish rejalashtirilgan.
Umuman, 2030 yilgacha «yashil» energetika manbalarini 27 gigavattga yetkazish rejalashtirilgan.
Bu har yili 25 milliard kub metr tabiiy
gazni iqtisod qilish, atmosferaga zararli tashlamalarni 34
million tonnaga qisqartirishga xizmat qiladi.