97
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
ekspertlar ishtirok etdi. Samarqand sessiyasi doirasidagi chang va qum bo‘ronlari bo‘yicha yuqori
darajadagi tadbir ushbu mavzudagi birinchi global tadbir sifatida e'tirof etildi va chang hamda
qum bo‘ronlari muammolarining global mohiyati BMTning to‘liq formatida rasman e'tirof etildi.
O‘zbekiston chang va qum bo‘ronlari bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasini ishlab
chiqish
tashabbusini ilgari surdi va uni 2024 yilning dekabr oyida Saudiya Arabistonida bo‘lib
o‘tadigan Konventsiya Tomonlarining 16-konferentsiyasida (COP-16) ko‘rib chiqish va qabul
qilishni taklif etdi.
Iqtiboslar:
Dunyo bo‘ylab biz kuzatayotgan qurg‘oqchilik, o‘rmon yong‘inlari va jazirama to‘lqinlar
bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan iqlim va tabiat inqirozlarining alomatlaridir. 2015 yildan beri
taxminan 4 million kvadrat km sog‘lom va unumdor yerlar — taxminan O‘rta
Osiyo hajmiga
teng maydon yo‘qolgan. 2030 yilga borib yerdan foydalanish bo‘yicha global maqsadlarga
erishish uchun yerning keyingi degradatsiyasini zudlik bilan to‘xtatishimiz va kamida 1 milliard
gektar maydonni tiklashimiz kerak.
Ibrohim Tiau,
BMTning cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi konventsiyasi
ijrochi kotibi
CRIC-21 ko‘rgazmasining O‘zbekistonda o‘tkazilishi bejiz emas, chunki u, yer
degradatsiyasining barcha salbiy oqibatlarini — qurg‘oqchilik, qum va chang bo‘ronlaridan
tortib qishloq xo‘jaligi mahsuldorligi va biologik xilma-xillikni yo‘qotishgacha
boshdan
kechirayotgan eng zaif mamlakatlardan biriga misoldir.