94
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
«yo‘l xaritasi», O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston
Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF–5863-
sonli Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilgacha atrof-muhitni
muhofaza qilish kontseptsiyasi doirasida belgilangan. Hujjatda Konsepsiya uch yillik «yo‘l
xaritalari»ni qabul qilish orqali amalga oshirilishi nazarda tutilgan. Biroq, keyingi 2022–2024-yillar
uchun yo‘l xaritasi tasdiqlangan emas. Shu munosabat bilan yaqin kelajakda atrof-muhitni
muhofaza qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va kelishish masalasini
belgilangan tartibda ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Iqtisodiy o‘sish bilan bog‘liq tovar va xizmatlarga bo‘lgan talabning ortishi, xususan, energiya ishlab
chiqarish, ulardan foydalanish va sanoatda issiqxona gazlari tashlamalarining ko‘payishiga olib
keladi. Muqobil
energiya manbalaridan, asosan quyosh energiyasidan foydalanishni kengaytirish
bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida qayta tiklanadigan energiya manbalaridan
elektr energiyasini ishlab chiqarishda o‘sish kuzatilmoqda. Biroq, O‘zbekistonda energiyaning
qariyb 90 foizi atrof-muhit ifloslanishining muhim manbai hisoblanuvchi yoqilg‘ini yoqish orqali
ishlab chiqariladi. Havoning ifloslanishi va uning inson salomatligi, suv, tuproq, bioxilma-xillik va
boshqa tabiiy resurslarga ta’siri muammosini hal qilish muhim vazifadir.
Ushbu ma’ruzada atmosfera havosining holatini yaxshilashga qaratilgan sa’y-harakatlar va chora-
tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot taqdim etilgan. Shu bilan birga, energiya samaradorligini oshirish va
sanoat ishlab chiqarishida kam uglerodli texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha sa’y-harakatlarni
rag‘batlantirishga oid chora-tadbirlarning qonunchilik bazasini mustahkamlash kabi institutsional
xarakterdagi chora-tadbirlarni ham nazarda tutish zarur.
Resurslarni samarasiz boshqarish atrof-muhit holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Tabiiy
resurslardan oqilona foydalanish sog‘lom
atrof-muhit, biologik xilma-xillik, yuqori mahsuldorlik
va tur populyatsiyasining yashovchanligini saqlab qolishning asosiy usullaridan biri sanaladi.
Iqlim o‘zgarishi yerlar degradatsiyasi va cho‘llanishi jarayonlarini kuchaytirmoqda va shu bilan
ekotizimlar va yashash joylarining holatiga ta’sir qilmoqda.
Respublikada suv resurslari, shu jumladan xo‘jalik-ichimlik maqsadlari uchun yaroqli bo‘lgan
resurslarning yetishmasligi va muhim hududlarning cho‘llanishi respublikaning barqaror rivojlanishi
uchun dolzarb muammolarni yuzaga keltirmoqda (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
«O‘zbekiston Respublikasida cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ishlar
samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–4204-sonli qarori). Shu bilan birga,
qishloq xo‘jaligi suv resurslarining eng yirik iste’molchisi
hisoblanib, uning hissasiga ishlatilgan
suvning o‘rtacha 90% to‘g‘ri keladi. Ta’kidlash joizki, suvni tejaydigan texnologiyalarning yetarli
darajada joriy etilmasligi kanallardagi suvning yo‘qotilishiga olib keladi. Ayni paytda suv sarfini
kamaytirish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish va chiqindilarni qayta ishlashga
ko‘maklashish, shuningdek barqaror yechimlarni ilgari surish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha
harakatlar olib borilmoqda. Bundan tashqari, oziq-ovqat xavfsizligi zamonaviy ekologik va tabiiy
iqlim sharoitlariga moslashtirilgan ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni
kengaytirish bilan barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish
orqali qo‘llab-quvvatlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning
2020–2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF–6024-sonli Farmoni
95
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida suv resurslarini
boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2021–2023-yillarga mo‘ljallangan
strategiyasini
tasdiqlash to‘g‘risida»gi PQ–5005-sonli qarori iqlim o‘zgarishi va chuchuk suv taqchilligi ortib
borayotganini hisobga olgan holda aholini va respublika iqtisodiyotining barcha tarmoqlarini
barqaror ta’minlashga qaratilgan qator ustuvor chora-tadbirlarni, jumladan, moslashuvchanlikni
nazarda tutadi. Va, bu yo‘nalishda barcha suvdan foydalanuvchilarni suv resurslarini boshqarish va
ularning sifat holatiga birlashishi, shuningdek, suv siyosati bo‘yicha milliy muloqotlar doirasidagi
idoralararo sa’y-harakatlarni faollashtirish zarur.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, qishloq xo‘jaligi va energetikaga bevosita bog‘liq bo‘lgan
to‘qimachilik, yengil sanoat, oziq-ovqat, kimyo, paxtani qayta ishlaydigan va boshqa ko‘plab sanoat
tarmoqlari muhim rivojlanish istiqbollariga ega. Suv iste’molini qisqartirish, qayta tiklanadigan
energiya manbalaridan foydalanish va chiqindilarni qayta ishlashga
qaratilgan texnologiyalarni
joriy etish, shuningdek, shahar va qishloq aholisi uchun barqaror yechimlarni ilgari surish bo‘yicha
izchil harakatlar olib borilmoqda. O‘zbekiston iqlim o‘zgarishi, atrof-muhitni muhofaza qilish
va barqaror rivojlanish sohasidagi xalqaro mexanizmlarning faol ishtirokchisi ekanligini hisobga
olib, mazkur ishlarning salmoqli qismi BMT va boshqa xalqaro tuzilmalar, Yevropa Ittifoqi va
boshqa davlatlar, Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari hukumatlari va boshqa hamkorlar bilan
birgalikda amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish sohasidagi ko‘plab xalqaro
konvensiyalar, shuningdek, protokol, bitim va anglashuv memorandumlarining ishtirokchisi
hisoblanadi. O‘zbekiston 2030-yilgacha bo‘lgan davrda Parij kelishuvi doirasida issiqxona gazlari
tashlamalari bo‘yicha o‘z majburiyatlarini yangiladi va mustahkamladi. Shu bilan birga, Orolbo‘yi
mintaqasida bioxilma-xillikni saqlash, ekotizimlarni tiklash, ozon qatlamini muhofaza qilish
va iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha turli tashabbuslar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, aholining sog‘lom ovqatlanishi va toza suvdan foydalanishini ta’minlash bo‘yicha
strategiya va dasturlar mavjud. O‘zbekiston mintaqaviy darajada Markaziy Osiyoning boshqa
mamlakatlari bilan birgalikda Orol dengizi mintaqasida barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash
uchun zamonaviy energiya va resurslarni tejaydigan va issiqxona gazlari tashlamalari kam
bo‘lgan texnologiyalar, shuningdek, bioxilma-xillikni muhofaza va monitoring qilish dasturlari
va platformalaridan foydalanish hamda joriy etish bo‘yicha o‘zaro manfaatli ikki tomonlama va
mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish ustida ish olib bormoqda.
Ma’ruzada amalga oshirilgan axborot-ma’rifiy ishlar bilan bog‘liq misollar ham keltirib o‘tilgan,
ammo jamoatchilik va qaror qabul qiluvchi shaxslar o‘rtasida atrof-muhit holatini yaxshilashning
ahamiyati va yo‘llari to‘g‘risida xabardorlikning yetishmasligini bartaraf etish, atrof-muhitning
holati va ahamiyati to‘g‘risidagi ilmiy ma’lumotlarni nafaqat ekologiyaga yo‘naltirilgan strategiya
va siyosatda, balki iqtisodiy rivojlanishga yo‘naltirilgan strategiyalarda ham takomillashtirish
zarur. Bundan tashqari, mamlakatdagi jamoatchilik va tashkilotlar atrof-muhitni boshqarish va
o‘z sog‘lig‘ini yaxshilashda faol ishtirok etishi mumkin.
Va nihoyat, shuni e’tirof etish kerakki, ushbu ma’ruza 2012-yildan 2022-yilgacha bo‘lgan o‘n yillik
tendensiyalar davri haqidagi umumiy ma’lumotlarni qamrab olgan. Jamoatchilik va qaror qabul
qiluvchilarni atrof-muhit holati va undagi o‘zgarishlar, shuningdek atrof-muhitga bosimni keltirib
chiqaruvchi harakatlantiruvchi kuchlar to‘g‘risida xabardor qilish uchun
ikki yillikka asoslangan
ma’ruzalarni ishlab chiqishni davom ettirish uchun katta imkoniyatlar mavjud.