• O‘rta maxsus va professional ta’lim tizimida
  • «Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish»
  • Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston O‘zbekistonning  umumta’lim maktablarida




    Download 2,81 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet91/107
    Sana16.06.2024
    Hajmi2,81 Mb.
    #264081
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   107
    Bog'liq
    uzbekistan-state-of-the-environment-uz

    91
    Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
    O‘zbekistonning 
    umumta’lim maktablarida
    ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish 
    bo‘yicha maxsus fanlar mavjud emas. Ekologiya masalalari biologiya, kimyo, botanika, zoologiya, 
    geografiya va boshqa fanlar uyg‘unlashtirib yuborilgan. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim 
    standarti va o‘quv dasturlari mazmuni quyidagi malakalar bilan boyitilgan: o‘quvchilarda ekologik 
    madaniyatni shakllantirishga xizmat qiluvchi bilim, ko‘nikma va malakalarni ta’lim mazmuniga 
    keng singdirish; o‘quv fanlari doirasidagi ekologik bilimlarni amaliyotga joriy etish. Bir qator oliy 
    o‘quv yurtlarida ekologiya bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. Mamlakatdagi 
    oliy ta’lim muassasalarida har yili 300 ga yaqin ekolog mutaxassis tayyorlanadi.
    O‘rta maxsus va professional ta’lim tizimida
    ta’lim muassasalarining yo‘nalishini inobatga 
    olgan holda o‘quvchilarga ekologik bilimlar berib boriladi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim 
    muassasalarida umumekologik ta’lim talablari bilan bir qatorda atrof-muhitni muhofaza 
    qilishning kundalik qoidalari va mahalliy miqyosda barqaror rivojlanishning ekologik xususiyatlari 
    ochib beriladi. Shu munosabat bilan muayyan umumkasbiy va maxsus fanlar tarkibiga 
    «Asosiy 
    ekologik omillar va ekologik tizimlar to‘g‘risida tushuncha», «Tabiatda biologik, geologik bosqichlar, 
    turli ekologik muammolarning kelib chiqishi sabablari», «Tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan 
    oqilona foydalanish», «Ekologiya sohasida innovatsion g‘oyalar va texnologiyalardan foydalanish» 
    kabi 
    mavzular kiritilgan.
    Oliy ta’limning 
    «Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish»
    (5630100) yo‘nalishi bo‘yicha 
    o‘quv rejasi va bakalavriat dasturlari ekologiya va zamonaviy pedagogik texnologiyalar sohasida 
    amalga oshirilayotgan islohotlarni hisobga olgan holda takomillashtirildi. Vazirlik va idoralardan 
    talab va taklif, kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj hamda mavjud ekologik vaziyat tahlili asosida «Oliy ta’lim 
    yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori»ga yangi yo‘nalish va mutaxassisliklarni kiritish 
    bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.
    O‘zbekistonda Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green 
    University) tashkil etildi. Universitet O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori 
    bilan tashkil etilgan. Universitetning asosiy vazifasi – mahalliy, mintaqaviy va global ekologik 
    muammolarni samarali boshqarish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida 
    mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, O‘zbekistonning ilmiy va intellektual salohiyatini 
    ro‘yobga chiqarishda innovatsion g‘oyalar, amaliyot va texnologiyalarni tatbiq etishdan iborat.
    O‘zbekistonning 

    Download 2,81 Mb.
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   107




    Download 2,81 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston O‘zbekistonning  umumta’lim maktablarida

    Download 2,81 Mb.
    Pdf ko'rish