89
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
Parij kelishuvini to‘ldiradi va 2050-yilga kelib
neytral iqlim, tabiatni asraydigan va barqaror
dunyoga yo‘l ochadi. Loyiha O‘zbekiston hukumatiga bioxilma-xillikni saqlash bo‘yicha
milliy strategiya va
harakatlar rejasini, shuningdek, tegishli siyosat, monitoring hamda
ekologik faoliyatni moliyalashtirishni qayta ko‘rib chiqishda yordam beradi.
• Xalqaro tog‘lar yiliga bag‘ishlangan ekologik tadbir.
https://livingasia.online/2022/05/09/
god-gor-v-samarkande/
• O‘zbekistondagi Global ekologik jamg‘armaning (GEF KGD)
ekologik tashabbuslarni
qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kichik grantlar dastur loyihalari,
https://sgp.uz/
Bundan tashqari, Orol dengizi va mintaqani muhofaza qilishga qaratilgan turli
ekologik hamda
ma’rifiy loyihalar, jumladan, Orol dengizi muammolarini jahon ommaviy madaniyati
sahnasiga olib
chiquvchi, mintaqaning madaniy-intellektual rivojlanishiga hissa qo‘shadigan «Orol orzusi» loyihasi,
«2019–2021-yillarga mo‘ljallangan Qoraqalpog‘iston Respublikasida sayg‘oq populyatsiyasini
saqlash va uning tabiiy ekotizimlarini tiklashga fuqarolik jamiyati va yosh avlodni jalb qilish dasturi»
va Orol dengizi muammosining innovatsion yechimlarini rag‘batlantirishga qaratilgan boshqa
aksiya va tadbirlar ham amalga oshirilmoqda.