Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston 6-rasm




Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/107
Sana16.06.2024
Hajmi2,81 Mb.
#264081
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   107
Bog'liq
uzbekistan-state-of-the-environment-uz

83
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
6-rasm. 
O‘zbekistonda umr ko‘rish davomiyligi 
Manba: Statistika agentligi.
Xususan, 2020-yil 25-sentabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ichimlik 
suvi ta’minoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish hamda sohadagi investitsiya 
loyihalari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PF–6074-sonli Farmoni bilan 
2021–2025-yillarga mo‘ljallangan respublika va viloyatlarga bo‘ysunuvchi shaharlar hamda 
tuman markazlari kesimida ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimlarini kompleks rivojlantirish 
dasturlarining yig‘ma parametrlari tasdiqlandi. Ularga ko‘ra, aholini sifatli ichimlik suvi bilan 
ta’minlash darajasini – shaharlarda 98,5 foizga, qishloq joylarda 87 foizga oshirish nazarda tutilgan. 
Sanitariya xizmatlari darajasini – shaharlarda 87 foizga, qishloq joylarda 53,7 foizga oshirish 
rejalashtirilgan.
O‘zbekistonda 2015–2020-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasi aholisining sog‘lom 
ovqatlanishini ta’minlash Konsepsiya va chora-tadbirlar kompleksi qabul qilindi va amalga 
oshirildi. Respublikada FAO, JSST va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda aholini 
sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash borasidagi ishlar davom ettirilmoqda. 
Shu munosabat bilan 2020-yil 10-noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholining 
sog‘lom ovqatlanishini ta’minlashga bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» PQ–4887-
sonli qarori bilan aholi salomatligini ta’minlash tartibi belgilandi, unga ko‘ra: a) 2021-yil 1-iyundan 
boshlab 6–23 oylik bolalar uchun uy sharoitida tayyorlangan taomlarni boyitish maqsadida 
mikronutriyent kukuni bilan; 6 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun A vitamini; 2–10 
71
72
73
74
75
76
77
78
Toshkent viloyati
Qashqadaryo viloyati
Fargona viloyati
Sirdaryo viloyati
O‘zbekiston
Respublikasi
Navoiy viloyati
Samarqand viloyati
Buxoro viloyati
Jizzax vilioyati
Qoraqalpogizton
Respublikasi
Toshkent shahri
Andijon viloyati
Surxondaryo viloyati
Namangan viloyati
Xorazm viloyati
2019
2018
2021
2022
2020


84
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
yoshdagi bolalar gelmintoz profilaktikasi bo‘yicha maxsus preparatlar bilan bepul ta’minlanadi; 
b) 2022 yil 1 iyuldan boshlab – homilador va bola emizuvchi ayollar hamda 3–15 yoshdagi bolalar 
yod preparati bilan; 35 yoshgacha tug‘ish yoshidagi ayollar temir va foliy kislotasi preparati bilan 
bepul ta’minlanadi; v) 2021-yil 1-apreldan boshlab birinchi nav bug‘doy uni bilan bir qatorda 
oliy nav bug‘doy uni mikronutriyentlar bilan boyitilgan taqdirda respublika hududida realizatsiya 
qilishga ruxsat etiladi.
Qonunchilik bilan bir qatorda oziq-ovqat xavfsizligi masalalari davlat siyosatining asosiy 
yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oziq-
ovqat xavfsizligi, oziq-ovqat mahsulotlarini markalash va sog‘lom ovqatlanishga oid qaror va 
farmonlarining qabul qilinishiga olib keldi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qishloq 
xo‘jaligini rivojlantirishning 2020–2030-yillarga mo‘jlallangan strategiyasi tasdiqlandi va 
2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi qabul qilindi. 
(Prezident qarori, 2019-yil; Prezident farmoni, 2019-yil; Prezident farmoni, 2022-yil) asosiy 
e’tibor sog‘lom va to‘yimli oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va iste’mol qilishni ilgari 
surish, shuningdek, agrar sektorda o‘sishni rag‘batlantirishga qaratilgan.
Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, ona va 
bola salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan qator maqsadli davlat dasturlari amalga oshirildi. 
Jumladan, irsiy va tug‘ma kasalliklarga chalingan bolalar tug‘ilishining oldini olish maqsadida 
respublika va hududiy skrining markazlari tashkil etildi. 2019–2021-yillarda respublika aholisiga 
endokrinologiya yordami ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha milliy dasturi doirasida bemorlarga 
kasalliklarni diagnostika qilish va davolashning yangi standartlari tasdiqlandi. 75 mingga yaqin 
bemor davlat budjeti hisobidan 40 mlrd. so‘mdan ortiq summaga 100 foiz bepul insulin bilan 
ta’minlandi; 14 ta hududiy endokrinologiya muassasasining qariyb 200 mlrd. so‘mlik moddiy-
texnik bazasi mustahkamlandi, ular 3,3 mln. AQSH dollariga teng zamonaviy asbob-uskunalar 
bilan jihozlandi. Shunga qaramay, mamlakat miqyosida yagona yaxlit tizim sifatida endokrinologik 
xizmatni yaratish tadbirlari, yod tanqisligi bilan bog‘liq kasalliklarning oldini olish, qandli diabet 
va uning oqibatlarini oldini olish, qandli diabet bilan kasallangan bemorlarni zamonaviy klinik 
tekshirish tizimini (onlayn reyestr) joriy etish orqali har bir bemorni nazoratga olish bilan bog‘liq 
tibbiy-ijtimoiy chora-tadbirlar samaradorligini tahlil qilish ishlari olib borilmoqda.
Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash bolalar va o‘smirlar salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha 
davlat kompleks dasturining bir qismidir. Shuning uchun u majburiy va bepuldir. Har yili bolalar 
va o‘smirlarning 95–99 foizi GAVI dasturi doirasida davlat hisobidan, shuningdek, YuNICEF 
va JSSTning texnik va moliyaviy yordami bilan emlanadi. Qishloq vrachlik punktlari, shahar va 
qishloq oilaviy poliklinikalarini tashkil etish orqali birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish 
tizimini yaratish, ushbu yordamni aholiga yanada qulayroq qilish imkonini berdi.
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimi, jismoniy tarbiya va sportni 2025-yilgacha 
rivojlantirish hamda yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini 
qo‘llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligini oshirish bo‘yicha 2022-yilgacha bo‘lgan 
konsepsiyalar, shuningdek, sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni yanada rivojlantirish 
choralari tasdiqlandi va amalga oshirilmoqda. Salomatlik uchun xavf omillari bo‘yicha ikkita 
tadqiqot natijalari aholining jismoniy faolligi va ovqatlanish me’yorlariga rioya qilmasligini 
ko‘rsatadi. Bundan tashqari, aholi tomonidan tuz, shakar va yog‘ miqdori yuqori bo‘lgan oziq-
ovqat va shirinliklarni ortiqcha iste’mol qilish, shuningdek, vitaminlar va minerallarni yetarli 


85
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
darajada iste’mol qilmaslik holatlari kuzatilmoqda. Barcha tuman (shahar) markaziy ko‘p tarmoqli 
poliklinikalarda «To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi kabinetlari» tashkil etilgan bo‘lib, 
ularda ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan shifokor va 
hamshiralar faoliyat yuritmoqda.



Download 2,81 Mb.
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   107




Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston 6-rasm

Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish