Harakatlantiruvchi kuchlar, bosimlar, holat va ta’sir




Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/107
Sana16.06.2024
Hajmi2,81 Mb.
#264081
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   107
Bog'liq
uzbekistan-state-of-the-environment-uz

7.1 Harakatlantiruvchi kuchlar, bosimlar, holat va ta’sir
Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar
Ko‘pgina ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, keng tarqalgan yuqumli bo‘lmagan kasalliklar, 
masalan, saraton, yurak-qon tomir kasalliklari, qon va qon yaratuvchi (gematopoyetik) organlar 
kasalliklari va boshqalar multifaktorial hisoblanadi, ya’ni, irsiy, ekologik va tasodifiy omillarning 
kombinatsiyasi ta’siri ostida shakllanadigan kasalliklardir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
huzuridagi Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘lim holatlarining 
70 foizdan ortig‘ini yuqumli bo‘lmagan kasalliklar (YuBK) keltirib chiqaradi, bu esa jahon 
miqyosidagi ko‘rsatkichlar (71%) bilan deyarli bir xildir. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston 
fuqarolarining to‘rtta asosiy YUBK guruhidan (yurak-qon tomir kasalliklari (YuQTK), qandli 
diabet, surunkali respirator kasalliklari yoki saraton) bevaqt o‘lim ehtimoli (70 yoshgacha) 4 tadan 
1 ta ko‘rsatkichidan ortiq (26,9%) va bu ehtimol erkaklarda (32,9%) ayollarga (21,4%) nisbatan 
ancha yuqori (JSST, 2018-y.).
Umumiy tuzilmadagi solishtirma og‘irligi tartibga solinganida, aksariyat viloyatlarda nafas olish 
a’zolari kasalliklari, ayrim viloyatlarda, ayniqsa, Qoraqalpog‘istonda qon va qon yaratuvchi a’zolari 
kasalliklari birinchi o‘rinda turishi ma’lum bo‘ldi. Umuman olganda, aholi tibbiy yordamga eng 
ko‘p murojaat qiluvchi kasalliklar sirasiga nafas olish a’zolari, qon va qon yaratuvchi a’zolar, 
yurak-qon tomir tizimi, endokrin tizim va o‘simta kasalliklari kiradi (manba – Sog‘liqni saqlash 
vazirligi). O‘limga olib keluvchi sabablar tarkibida yurak-qon tomir tizimi kasalliklari alohida 
o‘rin tutadi. Ushbu kasalliklar guruhi barcha o‘lim sabablarining 50% dan ortig‘ini tashkil qiladi. 
Doimiy mehnat qobiliyatini yo‘qotgan har beshinchi nogiron yurak-qon tomir kasalliklaridan 
aziyat chekadi (manba – Sog‘liqni saqlash vazirligi; IHME, n. d.). 
Har yili respublikada saraton kasalligiga uchragan ko‘plab bemorlar ro‘yxatga olinadi. Barcha 
aholi orasida tashxisi birinchi marotaba aniqlanib, ro‘yxatga olingan xavfli o‘sma kasalliklari 
bilan kasallanish darajasi (100 ming aholiga) 66,1 dan (2013-y.) 72,4 gacha (2018-y.) o‘zgarib 


79
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
turibdi. Eng yuqori ko‘rsatkichlar Buxoro viloyati (mos ravishda 72,6 va 78,7), Toshkent shahri 
(mos ravishda 144,9 dan 176,4 gacha) va Toshkent viloyatida (mos ravishda 64,9 dan 80,8 
gacha) kuzatilmoqda. Ko‘plab epidemiologik tadqiqotlar quyosh radiatsiyasi odamlarda teri 
saratonini keltirib chiqarishini hisobga olib, melanoma bilan kasallanishning retrospektiv tahlili 
o‘tkazildi. Respublikaning bir qator hududlari – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Jizzax, 
Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida teri saratoni «melanoma» bilan kasallanish darajasining 
o‘sishi qayd etildi. Shu bilan birga, ayrim viloyatlar – Buxoro, Navoiy, Toshkent va Farg‘ona 
viloyatlarida melanoma bilan kasallanish darajasining kamaygani kuzatilgan (manba – Sog‘liqni 
saqlash vazirligi).

Download 2,81 Mb.
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   107




Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Harakatlantiruvchi kuchlar, bosimlar, holat va ta’sir

Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish