74
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
27-jadval.
O‘zbekiston Respublikasi hududida chiqindilarni qayta ishlash darajasi
(01.01.2023-yil holatiga)
Korxonalar
soni
Aholi
qamrovi
Joylashtirilgan
chiqindilar
(tonna)
Chiqindilarni
qayta
ishlash
(tonna)
Qayta
ishlash
darajasi (%)
Respublika
bo‘yicha
256
36 024 947
6 816 840
2 208 235
32,4
Manba: Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi
Chiqindilarni saralash jarayoni, chiqindilarni yig‘ish stansiyalari, chiqindi tashish
mashinalari,
shuningdek, chiqindilarni ko‘mish obyektlarida amalga oshiriladi. Alohida yig‘ilgan qayta
ishlanadigan chiqindilar, asosan plastmassa, qog‘oz, temir-tersak, chiqindilarni qayta ishlash
kompaniyalariga sotadigan «olibsotar» yoki agentlar tomonidan sotib olinadi. To‘qqizta
shaharda
(Andijon, Nukus, Buxoro, Jizzax, Qarshi, Navoiy, Termiz, Guliston, Urganch) QMCh yig‘ish,
tashish, saralash, qayta ishlash va yakuniy utilizatsiya qilish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan klasterlarning
tashkil etilishi qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish samaradorligini oshirish yo‘lidagi muhim
qadam bo‘ldi. O‘zbekistonda elektron chiqindilarni qayta ishlash bilan «Toshrangmetzavod
Recycling LLC» MChJ shug‘ullanadi. Kompaniya bir necha turdagi elektron chiqindilar, jumladan,
termostatlar, ekranlar, monitor va boshqa yirik uskunalarni qayta ishlaydi.
Qator korxonalarda xromli galvanik kukuni, singan shisha, o‘tga chidamli g‘isht va
abraziv
materiallar, lok-bo‘yoq va plastmassa chiqindilari, alyuminiy shlaklari, avtomobil akkumulatorlari,
avtomobil shinalari kabi zaharli chiqindilarni qayta ishlash yo‘lga qo‘yildi. Yangi usullarning
amaliyotda qo‘llanishi natijasida shahar oqova suvlarini tozalash inshootlarining suvsizlangan
cho‘kmalari shaharlarga yaqin joylashgan xo‘jaliklarda organik o‘g‘it
sifatida muvaffaqiyatli
foydalanilmoqda.
Qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish uchun ajratilgan uchastkalar atmosfera havosi va
qo‘shni hududlarning yer usti suvlari ifloslanishini nazorat qilish uskunalari bilan jihozlanmagan.
2021–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi Dasturiga
muvofiq, qattiq maishiy chiqindilar to‘planadigan hududlarda, quyqa to‘plagich va xom
ashyo chiqindixonalari, sanoat chiqindilari joylashgan hududlarda yiliga ikki marta tuproqni
ifloslantiruvchi manbalar monitoringi olib boriladi. Bunday ma’lumotlarning yo‘qligi yoki yetarli
darajada
emasligi, QMCh joylashtirish uchun ajratilgan poligonlar va hududlar ta’siridan atrof-
muhit komponentlarining ifloslanishi o‘rtasida sabab-oqibat munosabatlarini o‘rnatishga imkon
bermaydi. Ekologik nuqtayi nazardan poligonlarda QMCh saqlash yer osti suvlarining ifloslanishi,
chang hosil bo‘lishi, metan va boshqa zaharli gazlarning ajralib chiqishi, yoqimsiz hidlarning
tarqalishiga sabab bo‘ladi.
Eng
kam xavfli chiqindilar, bu, kelib chiqishi organik bo‘lgan oziq-ovqat chiqindilari bo‘lib, ular
atrof-muhitga zarar yetkazmaydi va nisbatan tez parchalanadi (taxminan ikki hafta davomida).
Biroq, yuqori havo harorati ta’sirida ortiqcha organik chiqindilar mikroflora, shu jumladan,
patogen mikroorganizmlarning jadal rivojlanishiga, bu esa, zararli va xavfli bakteriyalarning
tarqalishiga olib keladi.